Ilmiy-amaliy qiymati - bu tadqiqotda mavjud bщlgan axborotni ilm-fan uchun muhimlik darajasi. taqriz ilm-fan rivoji uchun mazkur ishning foydaliligini ochib berishi lozim.
Yangiligi - olimning tadqiqotda fanga nomalum, bo'lgan dalil, hodisa, qonuniyatlarni aniqlab, tavsiflashdan hamda dastlab hech qachon qo'llanilmagan o'rganish metodi yoki tavsiflash uslubini yaratishdan iboratdir.
Ishonchliligi - ilmiy tadqiqotning muhim xususiyatlardan biri bo'lib, uning mohiyati ilmiy tavsif, tasnif, tasvir qay darajada obekt- ga muvofiqligidan iboratdir.Taqrizda tadqiqotning ishonchliligini baholash uchun quyidagi jihatlarni
tahlil qilish lozim:
- mazkur tadqiqot uchun dastlabki Bo'lgan nazariy holatlar
qay darajada mantiqan asoslanganligi;
- nazariy bazaning qo'llanilishining amaliy jabhalariga muvofiqligi;
- tadqiqot uslubining tavsiflanayotgan til materialiga qay darajada javob berishi;
- tadqiq etilayotgan til materialining dalillari etarli darajada turi ajratilganligi;
- mazkur material tahlili qay darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi va u qay darajada tadqiqotchi chiqargan xulosalarni asoslab berishi;
Ilmiy-tadqiqot ishining ishonchliligini baholash uchun olim tomonidan
"o'zga" g’oya, gipoteza, taxmin, nazariya, uslub va maolumotlardan foydalanish tщriligi darajasini aniqlash ham o'ta muhimdir. yaoni mazkur tadqiqotda erishilgan natijalar keyinchalik qay darajada keng, kщpqirrali va muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkinligi haqida mulohaza lar berishi lozim.
Istiqbolillikning omillaridan biri olingan natija yoki o'zlashtirilgan uslublarni qo'llanilish darajasidir. Taqrizchi muallif erishgan natijalarni qaerda, qanday holatlarda, qanday sohalarda qo'llash mumkinbщlganligi haqida o'z fikrini ifoda
etadi. Bunda olinganyangi bilimni qo'llash borasidagi muallif va
taqrizchining fikrlari bir-biri- dan juda uzoq bщlishi
mumkinligini hisobga olish lozim. taqrizda tuzilmaviy-mantiqiy
va tahlil-uslub omillari bahosiga ahamiyatli щrin ajratiladi.
taqrizda muallif ilmiy matn tuzilmasi va kompozitsiyasida taqriz
qilinayotgan ishning mazmunini qanday mahorat bilan ifoda etgani
tahlil qilinadi. bunda quyidagi holatlar alohida eotiborga
olinadi:
Tadqiqotning bo'limlari bir-birlariga muvofiqligi, ularning hajmi va
o'zaro joylashuvi ularda rnavjud bo'lgan axborotning muhimligi va ichki mantiqiyligiga mutanosibligi, atamashunoslik apparatining qo'llanilishi
to'g'riligi, taqriz qilinayotgan ilmiy matn janr talablariga muvofiqligiga
e’tibor berilishi lozim.
Tilning uslubi borasida resenziya muallif ilmiy uslubning O'ziga xosligini tashkil etuvchi leksik, sщz yasash, morfologik, sintaktik vo- sitalarni tanlash va tizimlashtirish ko'nikmalariga professional mahoratga egalik darajasini, matnni tuzish uslubi uni kitobxonlar tomonidan optimal idrok etilishini taminlab
berishini baholashi lozim.
Taqrizchi taqriz qilinayotgan matn (tadqiqot) muammolarini To'liq tushunishi lozim. Taqrizchi tomonidan berilgan har qanday baho ( salbiy, ijobiyj batafsil va isbotlangan tahlil bilan asoslanishi lozim. Ishning bahosi ishda rnavjud bщlgan jabha, aspekt, jihatlaridan kelib chiqib beriladi. taqrizchi ishda o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ishda yщq jabha, aspekt, jihat taqdim etilishi lozimligini ko'rsatib щtishi mumkin, biroq yakuniy baho taqriz qilinayotgan tadqiqotda mavjud bo'lgan jabha, aspekt, jihatlarni hisobga olgan holda beriladi. Taqrizchi va taqriz berilayotgan tadqiqot muallifi turli nuqtai nazarlarda bo'lishlari, ilm-fandagi turli yo'nalish va maktablarga mansub bo'lishlari mumkin. Biroq, agar ishning ichki mantii ishonchli bo'lsa, dastlabki holatlar ziddiyatli bo'lmasa, xulosalar qщyilgan maqsad va vazifalarga javob bersa, muvofiq bo'lsa, taqrizchi
faqatgina umumiy konsepsiya bilan yakdil bщlmaganligi uchun ishni salbiy baholashga haqli emas. tanqidiy tahlil faqatgina aynan shu berilgan matnga, unda
щz aksini topgan isbot, dalil, g‘oya, uslublargagina tegishli bo'lishi lozim. Ishi taqrizga taqdim etilgan tadqiqotchi shaxsi tanqid qilinmasligi kerak.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkin: ma'lumki, fanlarni tadqiq qilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. tadqiqot metodini tanlash – til materiallarini tanlashdan keyingi bosqich bo‘lib, ilmiy adabiyot, jumladan metodologik adabiyotga ishlov berib, til materialini to‘plab qayd etgandan so‘ng tilshunos o‘z tahliliga kirishadi, buning uchun u materialni tahlil qilish metodini tanlashi lozim.
metodlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning asosiy qoidasi uslubning fanga, ob'ektga mutanosib bo‘lishidir. bu har bir uslub har qanday ob'ektga ham to‘g‘ri kelavermasligini ko‘rsatadi, tadqiqot ob'ektiga mutanosib tanlangan uslubgina uning xususiyatlarini to‘liq va aniq ko‘rsatish imkoniyatini beradi. metod va ob'ektning mutanosibligi, nafaqat uslubni qo‘llashning, uslubning o‘ziga xosligi va ob'ektning xususiyligi bilan, balki boshqa omillar, ya'ni tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari, ob'ektning o‘rganilganlik darajasi, uni kuzatish, o‘rganish osonligi kabi omillar bilan shartlanadi. fonetikada inson nutqidagi tovushlarning balandligi, qisqaligi, uzunligi, intensivligini o‘rganish, hatto kuzatish jarayoni ham maxsus vositalar va jihozlarsiz amalga oshirish mumkin emas. semantikani o‘rganish esa deyarli bir yarim asr apparat vositalarini qo‘llash uchun imkoniyat bermagan va faqatgina XX asrning 2-yarmidan boshlabgina mazmun bilan bog‘liq bo‘lgan ba'zi bir sohalarda ehmni qo‘llash imkoniyati yaratilgan. shunda ham mazkur vositadan kuzatuvlar uchun emas, balki ko‘proq olingan natijalarni saqlash va tartibga solish uchun foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |