Shartli belgilar ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka, biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi yo‘nalishini bildirish uchun muayyan asar tuzilmasidagina qo‘llanadigan shartli belgilardir. masalan, maktab darsliklarida
qoida-ta'riflar, mashq-topshiriqlar, savol-javoblar, uy vazifalari, adabiy o‘qish materiallari uchun alohida shartli belgilar qabul qilingan bo‘ladi. ular haqida darslik rubrikasida ma'lumot berilgan bo‘ladi.
Qisqartmalar – so‘zning qismini yoki o‘zini to‘liqligicha qisqartirib berish shaklidir. qisqartmalarning 2 xil turi bor:
Me'yoriy hujjatlarda keltirilgan ommalashgan qisqartmalar va mazkur tadqiqot ishida muallif tomonidan qo‘llanib, tavsiya etilgan qisqartmalar. mualliflik qisqartmalari dastlab ishda to‘liq shaklda beriladi va qavs ichida keyingi
o‘rinlarda qisqartirib berilish shakli qayd qilib o‘tilgandan so‘nggina
qo‘llanilishi mumkin.
Illyustrasiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo‘lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so‘z raqam,
algebraik shakllarda berilishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati (bibliografiya) – ilmiy ishda yoki o‘quv adabiyotida foydalanilgan asarlar ro‘yxatini, shuningdek, ushbu fan bo‘yicha o‘rganishga tavsiya etilgan asarlar, tadqiqot ishlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bo‘limdir. adabiyotlar asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar qismlariga bo‘linadi va ishning oxirida maxsus ro‘yxatko‘rinishida beriladi. qo‘shimcha adabiyotlar fan mazmuni va o‘quvchilar yoshini hisobga olgan holda tanlanadi.
4. Ilmiy matnga reja tuzish, uni tahrir qilish
Ilmiy matn o‘zaro mantiqan bog‘liq gaplardan tashkil topadi.
Matndagi har bir yangi fikr yangi satrdan boshlanadi, shuning uchun satrboshi
deb ataladi. matnni tashkil qiluvchi har bir qism o‘zining asosiy g‘oyalariga ko‘ra ma'lum bir etakchi fikrga ega bo‘ladi. Bog‘lanishli matn tuzishda, oatda, rejadan foydalaniladi.
Reja – eng qisqa yozma matn bo‘lib:
fikrlar ketma-ketligini o‘zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
matn mazmunini ochib beradi;
manba mazmunini xotirada tiklaydi;
konspekt va tezislar o‘rnini bosadi;
har xil turdagi yozishmalar, ma'ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yorda beradi;
amaldagi yozma axborotni yaxshilaydi;
o‘z-o‘zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
e'tiborning bir nuqtada bo‘lishligiga va mashg‘ulotlarni
rag‘batlantirishga imkon beradi. nashr etilishdan oldin qo‘lyozma, albatta,
muharrir tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrir qilinadi. biroq avval o‘zini-o‘zi
tahrir qilish jarayoni matn nashr etilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
ham amalga oshiriladi. muallifning muharrir bilan ishlashi qo‘lyozmani
nashrga tayyorlashning muayyan bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichning tuzilmasi qachon, qaerda, qanday sharoit va qanday uslublarda nashr etilishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Muallif nashr etishning qanday uslubini tanlamasin, tayyorlash bosqichi, albatta, o‘z ichiga ikki - yuridik va texnik. jabhani qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |