Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Fizik xossasi 2. Kimyoviy xossasi
Yangi darsning bayoni.
Aluminiy olish juda ko'p elektr energiyasini talab qiladi: 1 tonna aluminiy olish uchun 20000 kVt/soat energiya sarf qilinadi. Fizik xossalari. Aluminiy - kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Aluminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kg/m3; izotop soni 11 (22-31);
Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda aluminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi:
4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3
Agar oksid pardasi olib tashlansa, aluminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib
2A1 + 6H2O — 2A1(OH)3 + 3H2 2A1 + 6H2O — 2A1(OH)3 + 3H2
Aluminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislota bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib
2A1 + 6HC1 — 2A1C13 + 3H2 2A1 + 3H2SO4 - A12(SO4)3 + 3H2
Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta' sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislota aluminiy idishlarda saqlanadi.Aluminiy ishqorlaming suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi: 2A1 + 2NaOH + 6H20 — 2Na[Al(OH)4] + 3H2
Aluminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi:
2A1 + N2 — 2A1N aluminiy nitrid. Al + P — A1P aluminiy fosfid.
2A1 + 3S — A12S3 aluminiy sulfid. 4A1 + 3C — A14C3 aluminiy karbid
2A1 + 3C12 — 2A1C13 aluminiy xlorid 2A1 + 3C1, — 2A1C13 aluminiy xlorid
Aluminiy ko'pchilik metallarning oksidlari bilan ham ta'sirlashadi. Agar aluminiy va temir (II, III)-oksidlami aralashtirib, cho'g'lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi: 8A1 + 3Fe3O4 — 4AL2O3 + 9Fe + 3300 kJ
Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari aluminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi.Aluminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba'zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.Aluminotermiya - metall oksidlarini aluminiy bilan qaytarib, metall olish usuli.Aluminotermiyani rus olimi N.N.Beketov ochgan. Ahiminotermiya metallurgiya sanoatida xrom, marganes, vanadiy, sirkoniy, titan kabi metallarni ularning oksidlaridan olishda ishlatiladi.Ishlatilishi. Aluminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganligi uchun xalq xo'jaligida keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |