Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni


Mavzu: Alyuminiyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi. Tabiatda uchrashi va olinishi. Darsning maqsadi



Download 3,81 Mb.
bet56/131
Sana22.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#691736
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
Bog'liq
9-sinf kimyo

Mavzu: Alyuminiyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi.
Tabiatda uchrashi va olinishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : Alyuminiyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi.Tabiatda uchrashi va olinishi. haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. 4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya-1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish.3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi,3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi,4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi,5)Milliy va umummadaniy kompitensiya,6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Alyuminiyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni.
2.Atom tuzilishi. 3. Tabiatda uchrashi va olinishi
Yangi darsning bayoni.
Metall qancha faol bo'lsa, u shuncha tez oksidlanadi. Aluminiy temirdan ancha faolroq bo'lsa-da, nima uchun u havoda barqaror?Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Aluminiy davriy sistemaning III guruhi bosh guruhchasida 13-tartib raqami bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi- Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Aluminiy p-elementlar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Aluminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor.
Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, aluminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Tabiatda tarqalishi. Aluminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida aluminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Aluminiyning asosiy qismi alumosilikatlar shaklida uchraydi.

A1 (+13) 2-8-3 ls2 2 s2 2 p63s23p1

Ts, °C

Tq, °C

D, g/sm3

E°, v

Kashf etilgan

660

2500

2,7

-1,66

X.K.Ersted, 1825

Aluminiy asosan quyidagicha ishlatiladi:Yengil qotishmalar Elektrotexnikada Maishiy turmushda Alum ino term iyada Po'lat va cho'yan sirtini qoplashda.Alumosilikatlar - anion sifatida tarkibiga aluminiy va kremniy, kationlar sifatida tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kiradigan tuzlardir. Alumosilikatlarga dala shpatlciri K/J-Al/J/^SiO, yoki K(AlSi3Os), slyudalar K20-2H20-3Al2 O3-6Si02 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH), kiradi. Alumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil - kaolin Al10/2Si01-2H10-Odatda, gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida aluminiy A12 O3 shaklida bo'ladi. Boksitlar - АЦО^пН.,0 tog' jinslari ham aluminiy tutadi. Ular tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Aluminiy aluminiy oksid, boksitlar va nefelin (Na,K)10-Al1 O3-2Si01 yoki (K, Na) [AlSiOJdan olinadi.Aluminiy muskul to'qimasida 0.07-2.8-10 4 %, ilikda (4-27)-10 4 %, qonda 0,39 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi.Olinishi. Aluminiy elektrotermik usulda olinadi. Bunda suyuqlantirilgan kriolitda (Na3AlF6) erigan aluminiy oksid elektrolit bo'ladi. Bu suyuqlanmaga biroz miqdor aluminiy ftorid qo'shiladi. Bunday elektrolit elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Elektroliz 950°C da olib boriladi.



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish