4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Azotli organik birikmalar.tuzilishi, ishlatilish sohalari va ahamiyati
Aminokislotalar. tuzilishi, ishlatilish sohalari va ahamiyati
Oqsillar tuzilishi, ishlatilish sohalari va ahamiyati
Yangi darsning bayoni.
Azot tutuvchi organik birikmalar turli sinflarni o`z ichiga oladi: nitrobirikmalar, aminlar, aminokislotalar va boshqa azot tutuvchi moddalarning tabiatdagi roli beqiyosdir, barcha tirik organizmlarning muhim tarkibiy qismi bo`lgan oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan. Aminlar deb, ammiakdagi NH3 bitta, ikkita yoki barcha vodorodatomlarining uglevodorod radikallariga almashishidan hosil bo`lgan murakkab moddalarga aytiladi. Ammiakdagi bitta vodorod almashgan bo`lsa, birlamchi amin deb ataladi:NH`-R1. Ammiakdagi ikkita vodorod almashgan bo`lsa, ikkilamchi amin deb ataladi: R`-NH-R2 (R`R2 bo`lishi mumkin). Ammiakdagi barcha vodorod almashgan bo`lsa, uchlamchi amin deb ataladi: Uglevodorod radikali tabiatiga qarab, aminobirikmalar: alifatik aminlar; alitsiklik aminlar; aromatik aminlar; geterotsiklik aminlar kabilarga bo`linishi mumkin.
Nomlanishi. Birlamchi aminlar tegishli uglevodorod nomiga -amin qo`shimchasini qo`shish bilan nomlanadi. Uglevodorodning qaysi uglerodida aminoguruh turgan bo`lsa, nomlanishda shu uglerod raqarni oldin yoziladi: CH3-NH2 metilamin CH3-CH(NH2)-CH2-CH3 2-butilamin
Oksidlanishi. Inson va hayvonlar organizmida glukoza oksidlanishi natijasida hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan energiya ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |