MAVZU: ARAB JAMIYATIDA AYOLLARGA YO’NALTIRILGAN IJTIMOIY SIYOSATNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
Kirish
BOB. Arab jamiyatida ayollarga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat va uning nazariy metodologik jihatlari
Ayollarga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat – davlatning ustuvor yo’nalishi sifatida
Xotin-qizlarning jamiyat boshqaruv tizimida huquq va erkinliklarining tashkiliy asoslari
BOB. Arab jamiyatida xotin – qizlarning davlat boshqaruv tizimidagi faoliyati
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida xotin-qizlarning tutgan o’rni
Arab davlatlariva mamlakatizdagi ayollar davlat dasturini hayotga tadbiq etishda ayollarning rolini solishtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugun jamiyatimizni biror bir sohasini xotin qizlarning faoliyati, ishtirokisiz tasavvur qilib bulmaydi. Oilada, maktabda, idora, ishlab chikarish korxonalarida, mehnat jamoalarida, o’quv yurtlarida mahallada ayollarimizning o’rni va roli benihoyat katta, tahsinga loyiq.
Ayniqsa Arab jamiyatida xalqida ayolga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom ifori o’zgacha. Yigitlarimiz ayollarni har qancha ulug’lab, ularga butun umrlarini baxsh etishsalar arziydi. Chunki, ayol-hayot, 7 iqlim, 7 falakda undan buyuk insonni topib bo’lmaydi. Shunday ekan, ayollarimiz bu nomga hech dog’ tushirmasligi, erkaklar ayol degan nomning buyukligini teram anglomog’i, u zoti mukarramani ko’z qorachigidek asramog’ini ham qarz, ham farz deb hisoblaymiz.
Ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa, ikkinchi qo’li bilan esa dunyoni tebratadi. U borki, xonadonlarda tinchlik, osoyishtalik, saranjon - sarishtalik, ozodalik, go’zallik, yurtda fayzu baraka hukmron bo’lgay. Xonadon chirog’i, farzandlar tayanchi, shodligu quvonchimiz sohibi ham ayollardir.
Insoniyat jamiyati paydo bo’lgan qadimgi davrlardan boshlab jaxondagi eng go’zal va olijanob fazilatlar hammasi ayollar timsolida o’z ifodasini topgandir. Shark mamlakatlarida yaratilgan badiiy asarlarda nazar tashlasak, ijtimoy hayotga xos ku’rkamlik ham ayollar timsolida o’z ifodasini topgandir. Muqaddas "Avesto" kitobida ham ayol qalbining buyuk salohiyati ona zamin bilan tenglashtirilgan. Allomalarimiz, mutafakkiru musavvirlarimiz asarlarida ham ayollarga xos boqiy nazokat, ibo, iffat, sabru qanoat, sof sevgi va muhabbat bilan bir qatorda ularning
o’z farzandlari va oila oldidagi, shuningdek, umuman inson va olam oldidagi burch va ma’suliyatlari extiros va extirom bilan tarannum etilgan.
Ayollikning bosh belgisi onalikdir. Har bir ayol onalik mehri muhabbatini buyuk va muqaddas deb biladi. Onalik baxtiga yolg’iz farzand emas, balki shu farzandlar yashaydigan vatan, ular so’zlashadigan til ham bor. Shuning uchun onalar ayollarchalik urushni yomon ko’radigan haromlikdan nafratlanadigan, erkinlik va xurlikni qadrlaydigan va unga xomiylik qiladigan biror qudratli kuch yo’k dunyoda. Har bir tirik jonda o’zi yaratgan onaning bir bo’lagi, ona zamin xalqning xususiyati yashaydi. Shark ayollariga xos bo’lgan ana shunday boqiy sahovat, ulkan jasorat ona Vatan, ona zamin va ona xalqqa fidoiylik ayollarni shu muqaddas tuproqda ushlab turuvchi tomirlarimizdandir1.
Arab jamiyatida ayollari nafaqat oila kamoli yo’lida, shuningdek mamlakat obodligi, yurt osoyishtaligi uchun ham kurashganlar.
Ayollar jamiyatning real ko’zgusiga aylanib bormoqda. Ayollarining faoliyati faqat oila, farzand tarbiyasi bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning qobilyat va iste’dodlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon qilishga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |