7-tajriba. Dezoksipentozalarni difenilamin bilan reaksiyasi.
2-dezoksipentozalar kuchsiz kislotali muhitda furfuril spirti, oksilevulin aldegidi va ularga turdosh xromogenlar hosil qiladi, ular o‘z navbatida aromatik aminlar bilan kondensatsiyalanib ko‘k rangli birikmalarhosil qiladi.
Dezoksiriboza yoki DNK ning 1 ml eritmasiga 2 ml difenilamin eritmasi qo‘shing. Reaksion aralashmani 100oC da 10 minut davomida qizdiring. Bir necha soat davomida barqaror bo‘la oladigan ko‘k rang paydo bo‘ladi.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
8-tajriba. Barfed reaksiyasi.
5 ml Barfed reaktiviga (Barfed reaktivini tayyorlash uchun 13.3 gr natriy atsetat 200 ml qaynoq suvda eritiladi, eritma filtrlanadi, filtratga 1.9 ml muz sirka kislotasi qo‘shiladi) 1 ml tekshirilayotgan saxarid eritmasi qo‘shing. Aralashmani suv hammomida 10 minut davomida qizdiring. Bunda monosaxaridlar reaktivni mis (1) oksidgacha qaytaradi, disaxaridlar esa reaksiyaga kirishmaydi. Aralashmani uzoq vaqt qizdirmaslik kerak, aks holda dixaridlar monosaxaridlargacha gidrolizlanib ketishi mumkin.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
9-tajriba. Saxarozani qaytaruvchi xossaga ega emasligini isbotlash.
Probirkaga bir tomchi saxaroza eritmasi va olti tomchi natriy gidroksidning 10 % li eritmasi solinadi. Aralashmaga 5-6 tomchi suv va bir tomchi mis sulfatning 2 % li eritmasi qo‘shiladi. Bunda mis saxaratning ko‘k rangli tiniq eritmasi hosil bo‘ladi. Eritmaning yuqori qismi (pastki qismi kontrol vazifasini bajaradi) gorelka alangasida qaynaguncha (lekin qaynatilmaydi) ohista qizidiriladi. Bunda eritmaning rangi o‘zgarmaydi.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Nima uchun saxaroza qaytaruvchi xossasiga ega emas.
10-tajriba. Kraxmal va glikogenni iod bilan reaksiyasi.
2-3 ml kraxmal ertmasiga 1-2 tomchi Lyugol eritmasi qo‘shing (Lyugol eritmasi 1 gr iod va 2.5 gr kaliy iodidni 20 ml suvda eritib tayyorlanadi). Eritma ko‘k rangga bo‘yaladi. Probirkadagi aralashmani 3 qismga bo‘ling: 1-qismiga 1-2 ml 10 % li o‘yuvchi natriy eritmasi, 2- ga 2-3 ml etil spirti quying, 3-qismini esa qizdiring. Uchchala holatda ham ko‘k rang yo‘qoladi, 3-probirka sovutilganda rang yana paydo bo‘ladi.
Probirkaga 2-3 ml glikogen erimasida quying, unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasi qo‘shib aralashtiring. Bunda qizg‘ish-qo‘ng‘ir rang paydo bo‘ladi. Aralashmaga bir nechta natriy xlorid kristallari qo‘shilsa rang quyuqlashadi, natriy gidroksid eritmasi qo‘shilsa yoki qizdirilsa rang yo‘qoladi.
Kraxmal va glikogen iod bilan qanday ta’sirlashadi? Nima uchun aralashma qizdirilsa ko‘k rang yo‘qoladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |