Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet13/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Muqumiy lirikasi
REJA:


  1. Shoirning hayoti va faoliyati.

  2. Shoirning ijodiy merosi. Lirikasi.


Muqimiy XIX asr o'zbek adabiyoti ravnaqiga juda yirik hissa qo'shgan yuksak iste'dod sohibidir. Muqimiy ijodi o'zbek ad­abiyoti taraqqiyotida muhim bosqich bo'ldi. Asosan XIX asrning ikkinchi yarmida anchagina jonlangan Qo'qon adabiy muhitining ko'zga ko'ringan namoyondasi ham Muqimiydir.
Shoirning hayoti va faoliyati.
Muqimiyning asl ismi Mu­hammad Aminxo'ja, otasining oti Mirzaxo'jadir. Muqimiy esa shoirning adabiy taxallusi bo'lib, arabcha "muqim" (arabcha "turg'un" degani) so'zidan olingan. Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li Muqimiy 1850-yilda Qo'qonda novvoy oilasida tug'ildi.

Otasi Mirzaxo'ja asli toshkentlik bo'lib, 1835 — 36-yillarda Qo'qonga ko'chib kelgan va shu yerda turg'un yashab qolgan. Onasi Bibioysha (Oyshabibi) xo'jandlik bo'lgan. Mirzaxo'ja bilan Bibioysha turmushlarida to'rt qiz va bir o'g'il ko'rganlar Qizlarining ismlari Tojinisa, Ulug'bibi, Saydinisa, Mehrinisa bo'lgan.

Muhammad Aminxo'janing onasi Bibioysha adabiyot va san'atni sevgan, o'qimishli, zukko, so'zamol, ayollardan bo'lgan. U o'z ertaklari, naqllari, qo'shiqlari bilan o'tirishlarga fayz bag'ishlagan, dugonalari yuragida zavq-shavq uyg'otgan o'qimshli ayol edi. Shuning uchun ham Qo'qon ayollari o'rtasida katta obro' va samimiy muhabbat qozongan Bibioyshani dugo­nalari sevib "Xumorbibi" deb chaqirishgan. Xumorbibidagi bu ma'naviy xislat, shubhasiz, o'g'li Muqimiyga ham ta'sir etdi va unda juda erta estetik zavq uyg'onishiga sabab bo'ldi.

Bo'lajak shoir ibtidoiy savodni eski maktabda oladi. Keyinroq Qo'qondagi "Hokim oyim" madrasasida ta'limni davom ettiradi. 1867-yilda onasi vafot etadi. Bir oz vaqt o'tgach, otasi Mirzaxo'ja Ziyodabibi ismli ayolga uylanadi.

Muhammad Aminxo'ja 1872 — 73-yillarda Qo'qon madrasasini bitirib, Buxorodagi "Mehtar Oyim" madrasasida o'qishni davom ettiradi. Shu yillari uni o'gay onasining qizi Sanambibiga uylantirishadi Muhammad Aminxo'ja avval Qo'qon, so'ngra Buxoro madrasalarida uzoq muddat davom etgan o'qish davrida ijodiy ish shug'ullanadi va "Muqimiy" taxallusi bilan talaygina she'rlar ham yozadi. Muqimiyning madrasa hayoti o'n yildan ko'proq davrni, ya'ni 1864—1865-yillardan 1875—1876-yillargacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

1877-yilda u Qo'qondagi yer qurilish mahkamasida mirzalik vazifasida ishlaydi. Bu yerda shoir ayrim yer o'lchovchi amaldorlarning turli hiyla-nayranglarini ko'radi. Mehnatkash xalqning og'ir turmushi-yu tekinxo'r boylarning shohona hayotini ko'zi bilan ko'rgan Muqimiy, shularning taassurotida "Tanobchilar" hajviyasini yozadi. Muqimiy bu vazifada uzoq ishlamaydi, ishini o'zgartiradi. Sirdaryo bo'yidagi Oqjar paromida pattachi bo'lib ishlay boshlaydi. Shoir bu yerdagi ahvolni, ba'zi shum, battol odamlarning badqiliqlarini shunday hajv qiladi:
Kelganim ushbu makonga qiladur manga alam,

Loyiqi tab' yo'q odamki, desam hasratu g'am.

Gaplashurga kishi yo'q ertadin oqshomg'acha ham,

Кип sovaq, qora chiroq, go'rdek uyu o'tun kam.

Chiqsam eshikka qilur to'rg'ayi chuldur-chuldur.

Kema vajhini demaslarki, beribon qutulay,

Tarzi bir hiyla qilib, derki yukumni yashuray,

Bilsa sarkori, "pocho!" deb etagiga osulay

Iki pul ber yana buyruqqa qarab, — desa, degay:

"Na qilursan, chaqamiz yo'q, mana o'ldir-o'ldir".
Shundan keyin shoir Oqjar paromidagi pattachilik ishidan voz kechib, Qo'qonga qaytadi. Bu vaqtda u butun kuchini ijodga bag'ishlaydi, xalqchil she'rlari bilan xalq e'tiborini qozonadi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan, 1885 —86-yillarda oilada yana bir noxushlik bo'ladi, otasi Mirzaxo'ja vafot etadi. Shoir otasidan qolgan hovlini sotib, o'gay ona va singillariga bo'lib beradi. O'zi esa madrasadan bir hujra olib, umrining oxiriga qadar o'sha yerda yashaydi.

Muqimiyning ilmi va dunyoqarashi anchayin keng bo'lgan. U riyozat, handasa va tib ilmidan o'z davriga ко'га yaxshigina xabardor bo'lgan.



Muqimiy ilk bora 1887- 1888-yillarda Toshkentga keladi. Un­ing bu ilk sayohati samarali kechdi, ota urug'larini topdi, ijodkor do'stlar davrasida bo'ldi. Nodim Namangoniy, Almaiy, Karimbek Kamiy kabi davrning ilg'or shoirlari bilan shaxs va shoir sifatidagi do'stlashuvi ham shu yerda ro'y berdi.

Shoir umri davomida iqtisodiy qiyinchilikda yashadi. Uning birdan-bir tirikchilik manbai xattotlik edi. Kishilardan buyurtmalar qabul qilib, ular uchun xat yozib, kitob ko'chirib, shundan tushadigan daromad hisobiga kun o'tkazgan.

Hujradagi faqirona hayot, turli noxush voqealar, oilaviy mojarolar, jamiyatdagi tengsizlik va haqsizlik, jismu joniga kelgan kasalliklar uning hayotini yemira bordi. Alal oqibat, xalq shoiri Muqimiy 1903-yil 25-mayda 53 yoshida vafot etdi.
Shoirning ijodiy merosi. Lirikasi.
Muqimiydan bizgacha, taxminan 10 ming misra atrofidagi ijodiyoti yetib kelgan. Muqimiy asarlari ilk bora 1907 yilda N. P. Ostroumov tomonidan nashrga tayyorlandi va "De­voni Muqimiy" nomi bilan Toshkentda bosildi. 1920— 1912-yil-larda esa "Devoni Muqimiy maa hajviyot" deb nomlangan ikkinchi devoni chop etildi. Sho'ro davrida Muqimiyning ijodiy merosini to'plash, nashr etish, ilmiy tahlil qilish borasida profes­sor G'ulom Karimov xizmatlari beqiyos bo'ldi. Uning 1960-yilda chop ettirgan Muqimiy ijodiy merosining ikki jildlik nashri shoir ijodiyotini o'rganishda yaxshi manba bo'lib xizmat qildi.

Shoir ijodining asosiy qismini an'anaviy lirika, hajviyot, sayohatnoma va maktublari tashkil qiladi. Muqimiy lirikasi mumtoz adabiyotimiz hazinasida saqlanayotgan asarlar orasida o'zining soddaligi, samimiyligi, xalqqa yaqin bo'lganligi bilan ajralib turuvchi asarlardir. Bu jihatdan uning g'azallari xalq she'riyatiga yaqin turadi. Shu boisdan, mehnatkash xalq uning asarlarini g'oyat sevgan va qadrlagan, hatto qo'shiq qilib kuylagan. Shoir she'rlarida uchraydigan Mamajon makay, Nizomxon, Farzinxon, Ismoil naychi kabi ismlar uchraydiki, bular o'z davrining dovrug'dor san'atkorlari bo'lgan.

Muqimiy lirikasining asosiy xususiyatlaridan biri hayotiylikdir. Bu narsa she'rga qanot baxsh etadi. Inson go'zalligini, uning his-tuyg'ularini va ichki kechinmalarini kuylash bu davr lirikasiga ham xos xususiyatlardir. Shoirlar g'oyaviy pozitsiyasini lirik shoir sifatida ishq mavzusida ham izchil ravishda ifodalay oldilar.

She'r naqadar samimiy, zukko mushohada bilan boshlangan bo'lsa, shunchalik teran hayotiy o'g'it va murosa bilan yakunlanadi. Shu yo'sinda oshiq muhib qalbining muddaosini nazokatli tarzda anglatiladi, ya'ni, nihoyat mahbubani ko'rib oshiq bo'lgan va uning vasliga vosil bo'lolmay, subhu shorn hajr iztirobida yongan muhib duogo'y bo'lib turishga rozi, hech bo'lmasa, qaerda bo'lmasun, shundan oshufta ko'ngli taskin topgusi, duolari muhabbat izhori sifatida sog'inchlarga xumor bosdi bo'lgusi. Demak, murabba'ning badiiy tugallanmasi shunday:


Sultonisan, barcha xo’blar nadiming,

Doyim erdim duogo'yi, qadiming,

Bovujudi so'rmay o'tting Muqiming,

O'zim har joydaman, ko'nglum sandadur.
Murabba’ ulkan badiiy mahorat mahsuli sifatida Muqimiy hayotligidayoq shuhrat topdi, xalqqa sevilib, tildan-tilga, dildan-dilga ko'chdi, nash'u namo topdi.
Tayanch tushunchalar:

  • Muqumiy

  • Hajviyot

  • Tanobchilar

  • Hajvi xalifai Mingtepa

  • Ko’sa

  • Gumashta

Savol va topshiriqlar:


  1. Shoirning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Muqimiy adabiy merosining asosiy g'oyasini aniqlang.

  3. Muqimiyning hajviy qahramonlari haqida nima deya olasiz?

  4. "Tanobchilar" satirasida qanday hayotiy lavha aks etgan?

  5. Shoir lirikasi haqida nima deya olasiz?

  6. "Yolg'uz", "Toleim", "Navbahor" g'azallarini badiiy tahlil qiling.

  7. Murabba’ nima? Muqimiyning bu boradagi xizmatlari qan­day bo'lgan?

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



Mavzu: Muqimiy hajviyoti va sayohatnomalari.
REJA:

  1. Muqimiy hajviyoti.

  2. Shoirning shayohatnomalari


Muqimiy nafaqat lirik shoir, balki o'tkir hajvgo'y ham edi. U o'z hajvlarida tekinxo'r va yulg'ich boylarning jirkanch qiyofasini ro'yi -rost ochib berdi. Shuningdek, "tanob" voqeasini o'z ko'zi bilan ko'rgan shoir tanobchilarni o'zlaricha "kashf etgan siyosati " haqida yozadi.

Tanobchi — yer o'lchovchi degani. Har erta bahorda dehqonning ekkan yerini maxsus kishilar chiqib o'lchab, shunga qarab soliq belgilab beradi. Bu yer solig'i "tuproq titkilab" kun o'tkazayotgan dehqon uchun juda azob edi. She'r qiyinchilikda qolgan dehqonning arznomasi tarzida yozilib, shunday boshlanadi:
Bo'ldi taajjub qiziq hangomalar,

Aiz etayin emdi yozib nomalar.

O'n ikki oyda keladur bir tanob,

O'zgalara rohat-u menga azob.
Keyingi misralarda o'shandayin dehqonni azoblash evaziga "rohat ko'ruvchilar" bilan tanishtiradi. Bular — yer o'lchovchi amaldorlar Suit on Alixo'ja va Hakimjonlar. Ular insofsizlik, makkorlik va ochko'zlikda ustasi farang odamlar. Bu ikki amaldorni nafs balosi o'zaro yaqinlashtirgan. Ular bir-biriga g'oyat mehribon, oralaridan qil o'tmaydigangina emas, balki ularning biri yoki ikkinchisi pilikdek bir-birlariga singib ketgan "qadrdonlar":
Osh yesalar o'rtada sarson ilik,

Xo'ja - chiroq yog'i, Hakimjon pilik
Bir so'zbilan aytganda, '"Tanobchilar" - Muqimiyning o'zxalqiga achinib, Chor hukumati o'rnatgan tartibning jirkanch mo-hiyatidan kuyunib yozilgan asar.

Muqimiyning satirik merosi ichida "To'yi Iqonbachcha" she'ri alohida o'rin tutadi. Bu satira syujet asosiga qurilgan bo'lib, unda bir gumashtaning to'y qilish hangomasi beriladi. Voqea shun­day: Toshkentdagi bir boyning Iqondagi gumashtasi to'y qilmoqchi va bu haqda xo'jayinga xabar berish uchun "sim qoqdi". Biroq, xo'jayindan kutilmaganda tanbehona javob oladi.

Gumashtaning boshi qotti. To'y qilmay desa elga ovoza bolgan, qilay desa xo'jayinga qarshi borolmaydi. Na qilsin?! Xullas, yashirincha, yeng uchida to'y bo'ldi. To'yga tayyorgarlik ham shundayki, "O'choq ustidagar yo'talsa birov, yer edi yelkasiga kasov" bo'ldi. Qo'shni bilmasin deb hech kim ovozini qattig' chiqarmadi.



Ikkinchi bir "qahramon" Laxtin deganlari ham Muqimiy hajviyotining taniqli va doimiy obektlaridan. U bir qator zavod va fabrikalar, bosmaxonalar ochgan, badnafslikni shior qilgan yulg'ich boylardan bo'lgan. Shoirning yetti baytli "Dar shikoyati Laxtin" she'ri aynan shu haqda.

"Maskovchi boy ta'rifida" she'ri mahalliy boylarimizdan Hodiho'ja haqida hikoya qiladi. U badqiliq va badxulq, oilaga ham muhabbatsiz, ma'naviy порок, aqlsiz va uquvsiz bo'lgani uchun singan boylardan.

"Voqeai ko'r Ashurboy hoji" deb nomlangan masnaviyda hajga borib kelganligi uchun o'zini "muborak" kishilarday tutgan, ammo qarib quyilmagan, hajga borib kelsa ham, axloqi buzuqligicha qolgan bir boyning qilmishi va qo'lga tushganida suvdan quruq chiqishi hajviy yo'sinda tasvir etilgan. Ya'ni ko'r Ashurboy de­ganlari shunchalik tubanlikka boradiki, kambag'al qo'shnisining qiziga tajovuz qiladi, ko'tarilgan shovqin-surondan ko'pchilik bundan xabar topib, uni qo'lga tushiradi, ammo zamona boylarniki bo'lganligi uchun mahkama ma'murlari ham, qozilar ham ko'r Ashurboyga hech qanday chora ko'rmay, bu ishni bosdi-bosdi qilib yuboradilar. "Qachon kambag'alning so'zi o'tar" deb kuyunadi shoir.

Bulardan tashqari "Hajvi xalifai Mingtepa", "Dar mazammati qurbaqa" satiralarida ham yuqoridagilarga xos qiyofani Dukchi eshon timsolida ko'ramiz.

"Aroba", "Loy", "Pashshalar", "Bezgak", "Saylov" deb nom­langan she'rlarida ham, "Ot", " Ko'sa" turkumidagi yumorlarida ham turmushning turli manzaralarini, o'sha davr hayoti uchun xarakterli bo'lgan mayda-chuyda kamchiliklarni, Ismoil otadek kamsuqum, kamsuxan zamondoshlariga ishora qilib, uning kasb-kori, yotish-turishi bilan bog'liq kulgili voqealarni yengil hazil bilan bizgacha yetkazadi.

Bir so'z bilan aytganda, Muqimiy hajviyoti o'sha davr zahmatkash xalqning hayqirig'i, nidosi edi.

Muqimiy "Sayohatnomalar"i. Shoir "Sayohatnoma"larining mukammal asar sifatida xususiyati shundan iboratki, u o'z davri ilg'or farzandining ona-yurt haqidagi, uning kishilari, tabiati to'g'risidagi she'riy o'ylaridir. Shoir xalq hayotini qanday muhabbat va achinish bilan tasvir etsa, chor amaldorlari va ularning kirdikorlarini shunday nafrat va g'azab bilan fosh etadi.

Shoirning mazkur "Sayohatnoma"si Farg'ona bo'ylab, ya'ni Qo'qon-Farg'ona, Qo'qon-Shohimardon, Qo'qon-Isfarasayohatlari taassurotida yozilgan. Har uch asar yaxlit bir badiiy asar sifatida berilgan. Hajman 244 misrani tashkil qilib, hammasi bir vaznda — rajazi murabbai solimda yozilgan. Shuningdek, har bandi to'rt misradan iborat bo'lib, misraning oxirida "ekan" so'zi takrorlanadi. Asarda, avvalo, sayohat sababi beriladi, so’ng ko'rgan-kechirgan qishloq, shaharlardagi hayot, kishilarinina yashashi, udumlari, tabiati, manzaralari tasvirlanadi. "Sayohatnoma" shunday boshlanadi:
Faryodkim, garduni dun

Aylar yurak-bag'rimni xun.

Ko'rdiki, bir ahli funun-

Charx anga kajraftor ekan.
"Garduni dun" ("pastkash dunyo")dan yurak-bag'ri "xun" ("qon") bo'lgan "ahli funun" film ahli")ga nisbatan "charx" doimo "kaj­raftor" ("teskari dunyo") bo'lganidan norozi bo'lgan shoir qishloq va sahrolarga chiqib, ko'nglini yozmoqchi bo'ladi:
Qolmay shaharda toqatim,

Qishloq chiqardim odatim.

Xohi yayov, bo'lsun otim,

Goh sayr ham darkor ekan.
Muallif kayfiyati, atrof-muhitga, odamlarga munosabati, "ma'yus", " ko'ngli mahzun" shoir kechinmalari satrlarda yaqqol seziladi:
Ma'yus bordim "Zohidon"

Bir ko'cha ketguncha do'kon,

Sho'x odami ichmay piyon,

Mast, otasi bezor ekan.
Yoki:
Chun shahridin chiqdim "Qudash",

Ko'ngul bo'lub mahzunu g'ash,

Majnun sifat, devonavash,

Ser chashma-yu kam chang ekan.
Shoir qayerga bormasin, turmushning bir xil manzarasinj ko'radi, yana o'sha mingboshiyu qozilar, boylaru "yurt kattalarining ozorlari. Tikso'z shoir bu yerda ham ularga jim qarab turolmay” yuragidagi nafratni to'kib sochadi:
Mingboshilik kimning ishi,

Desam, dedi: bedonishi,

Bir qo'shtegirmonlik kishi

Iso badkor ekan.
Do'rmoncha qishlog'ining dilozor "bo'lis'-hokimi G'ozi ham Muqiniiy tanqididan qutula olmaydi:
Unda bo'lis G'ozi dedi,

Ham mufti, ham qozi dedi,

Yurt barcha norozi dedi,

Qilgan ishi ozor ekan.
Shuningdek, shoir "Sayohatnoma"larda juda ko'p qishloqlarni tilga oladi. Shohimardon tomon yo'l olar ekan, Ultarma, Do'rmoncha, Bo'rbaliq, Oq yer, Roshidon, Zohidon, Oltiariq, Chimyon, Vodil qishloqlari bilan tanishtirsa, Farg'ona sari sayohatda Qudash, Yaypan, Nursux, Beshariq, Konibodom kabi qishloq va shaharlar tafsilotini beradi. Shoir qaerga bormasin, shu yerning go'zal tabiati, qir-adirlarini, dasht-u sahrolarini ta'rif-tavsif qiladi:
Vodil maqomi dilfizo,

Ko'chalahdur dilkusho,

Anhorida obi safo,

Sebarga obishor ekan.
Shoir Isfaraga borganda, uning ko'zni oluvchi manzaralarini, sho'h "anhoru soyu cho'llarini", "shirin zardolularini" zavq bilan tanflaydi;
Anhor-u soy-u cho'llari,

O'ynab kelodur suvlari,

Shirinki zardolulari,

Qand-u asal bekor ekan.
Muqimiy ona-vatanini betimsol tabiatini, soya-salqin go'shalarini ko'rib, ko'zi quvonadi va iftixor bilan ta'rib-tavsif etadi. Muhimi, shoir "Sayohatnoma"larda o'z vatani va xalqini chuqur muhabbat bilan sevgan, uning qayg'usi va quvonchiga sherik bo'lgan vatanparvar shoir sifatida gavdalanadi.

Bir so’z bilan aytganda, Muhammad Aminxo'ja Muqimiy yangi o'zbek adabiyotini shakllanishi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan xalqparvar va vatanparvar ijodkordir. Muqimiy bugungi kun xayoli bilan yashagan, istiqlol nashidalari haqidagi orzu-o'ylarini yurak tubiga tukkan erkparvar shoir sifatida butun iste'dodi qudratini, qalb qo'rini, hayotini o'z xalqi ozodligi, erki va farovonligiga bag'ishlagan. Shuning uchun ham shoir Muqimiy doimo, nafaqat ilm ahlining, balki butun o'zbek xalqining e'tibori va e'zozida.
Tayanch tushunchalar:


  • Muqumiy

  • Hajviyot

  • Tanobchilar

  • Hajvi xalifai Mingtepa

  • Ko’sa

  • Gumashta

Savol va topshiriqlar:


    1. Shoirning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?

    2. Muqimiy adabiy merosining asosiy g'oyasini aniqlang.

    3. Muqimiyning hajviy qahramonlari haqida nima deya olasiz?

    4. "Tanobchilar" satirasida qanday hayotiy lavha aks etgan?

    5. Shoir lirikasi haqida nima deya olasiz?

    6. "Yolg'uz", "Toleim", "Navbahor" g'azallarini badiiy tahlil qiling.

    7. Murabba’ nima? Muqimiyning bu boradagi xizmatlari qan­day bo'lgan?

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005

Mavzu: Zokirjon Furqat
R E J A:

  1. Tarjimai holi.

  2. Furqat Toshkentda.

  3. Furqat chet ellarda.


Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat — qomusiy olim va serqirra ijodkor sifatida milliy ma'naviyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan adabiyotimizning zabardast vakili. U o'zbeklarning ilg'or ma'rifatparvar shoiri va birinchi jurnalisti bo'lgan. U o'zinmgyuqori saviyadagi ijtimoiy-siyosiy, ma'daniy-ma'rifiy maqolalari bilan jamiyat hayotiga faol aralashdi, hatto Furqatning bunday maqolalari bugungi kunda ham o’z qimmatini yo'qotgani yo'q. Bir so'z bilan aytganda, Furqat otashin lirik shoir va faol jurnalist, ulkan sayyoh va tarixchi sifatida boy ma'naviy meros qoldirgan yirik siymodir.

Tarjimai holi. Zokirjon Xolmuhammad o'g'li 1859-yilda Qo'qon shahrida mayda savdogar oilasida tug'ildi. Zokirjonning otasi Xolmuhammad zamonasining ilmlilaridan bo'lgan, shunmg uchun ham farzandinining o'qishiga ham be'etibor bo'lmaydi. Zokirjon 7 yoshga to'lganda, otasi uni Muhammad Olim ismli maktabdorga shogirdlikka beradi. Talabchan ota farzandini yaxshi o'qitishini talab qilib: "Zokirjon maktabga kelmasa, yo kelib darsni o'qimasa, tanbih qilg'aysiz, eti sizniki, ustoxoni meniki",— deydi.

Zehni o'tkir Zokirjon tez kunda mayda suralarni yod olib, so'ng "taxtaga" (alifbe o'rganishga) tushadi. 6 oy ichida haftiyakni tamomlab, Qur'onga tushadi, Qur'oni karim xatmidan so'ng "Chor kitob" mutolaasi bilan mashg'ul bo'ladi, xatlar mashq qiladi. 8 yoshida buyuk shoir Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" asarini 6 oy ichida o'qib tamomlaydi va undan keyin Mirzo Bedil va Hofiz devonlarini o'qiy boshlaydi.

9 yoshida Zokirjon Navoiyning "Chor devon"ini mutolaa qiladi. U ustozning asarlarini shu qadar berilib, sevib o'qiydiki, hatto Navoiyni tushida ham ko'radi. Tushida Navoiy va uning davrasidagi "aziz"lardan oq fotiha oladi. Ko'p o'tmay, tush ta'biri haqiqatga aylanib, 9 yoshli Zokirjonning yuragini allanechuk hayajon bosadi va quyidagi bayt paydo bo'ladi:

Mening maktab aro buldur murodim,

Xatimdek chiqsa imlo-u savodim.

Shundan keyin Mulla Qambarali degan xushxat kishidan xattotlik sirlarini o'rganadi. 11 yoshida Ashur Muhammad qori xizmatiga borib, Qur'on qiroati bo'yicha ta'lim oladi. 12 yoshida poshshaxo'ja ismli mudarrisga shogird tushib, arab tili va uning grammatikasi (sarf va nahvi)ga oid "Bidon", "Avomil", "Hara kot", "Kofiya" kitoblaridan tahsil oladi. 14 yoshida "savodi takmil uchun" madrasaga o'qishga kirdi. Ammo zamon nosozliklari o'qishni davom ettirishga imkon bermadi. Qo'qon xonligi tugatiladi, madrasalar yopiladi, bo'lajak shoir tirikchilik ishlariga nmshg'ul bo'lishga majbur bo'ladi. Zokirjonning bir tog'asi Yangi Marg'ilon shahrida do'kon ochib, savdo ishlari bilan shug'ullanar edi. Shu do'kondor tog'asining taklifi bilan 1878-yilda 19 yoshi­da Yangi Marg'ilonga borib, bir qancha muddat savdo ishlari bilan band bo'ladi. Bu yerda ham tahsil va ijodni davom ettiradi. Marg'ilonning Furqat Hoji domla, Qarshiy domla kabi ilg'or ma'rifatparvarlari bilan tanishib, ilmiy-adabiy anjumanlarda ishtirok etadi. Yana o'zi xususiy darslar ham beradi, mehnatkashlarning arizalarini yozib berib, ularning hojatlarini chiqaradi, bir so'z bilan aytganda, xattotlik ham qiladi. Bu yillarda u "Furqat" ("hijron","ayriliq" ma'nosini bildiradi) taxallusli she'rlari bilan butun Farg'ona vodiysiga tanilgan edi.

Furqat otasining da'vati bilan 1880-yilda Qo'qonga qaytib keladi, oila quradi, qalb istagidagi o'z davrasini topadi. Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlarning rauhitida shoir Furqat yanada jo'shib ijod qiladi. Do'stlar davrasi, she'r shukuhidan ilhomlangan Furqat shunday yozadi: "...Va asr shuarolarikim, chunonchi, mavlono Muhyi va mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai tab'larimizdin mushoara qilur erduk. Va ba'zi vaqt ishq tavsifi va husn ta'rifida g'azal mashq aylab va gohi qadimiy shuarolar devonlaridin bir sho'x g'azalni topib, anga har qaysimiz alohida muxammas bog'lar erduk..."

Ayni shu davrlarda Furqat faqat she'rlargina emas, balki "Hamniomi hayol" deb nomlangan risola ham yozadi. "Nuh manzar", "Chor darvesh" degan asarlarni fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Furqat 1886 —87-yillarda yana arg'ilonga kelgan va Jome' masjididan bir hujra olib, shu yerda istiqomat qilgan. Muhammad Sharif degan bir savdogar do'stining ko'magida do'kon ham ochgan. Bu yerda bir qancha shoirlar bilan do'stlashadi, adabiy aloqa o'rnatadi.



Furqat Toshkentda. Shoir Furqatning 1889- 1891-yillar Toshkentdagi hayotining taqdirida ayricha rol o'ynaydi. Furqat sayohat orzusida Marg'ilondan o'z yurtiga qaytib, u yerda bir kun turgach, Xo'jandga yo'l oladi. Xo'jandda u shoir Toshxo'ja Asiriy bilan uchrashadi. Bu yerda biroz betob ham bo'lib qoladi. Shunday bo'lsa-da, safarni davom ettirib, 1889-yilning iyun oyida Toshkentga keladi. Bu yerda Hoji A'zam de­gan g'oyibona do'sti bilan topishadi, uning ko'magida "Ko'kaldosh" madrasasiga joylashadi. 9 oy shu madrasada yashaydi. Xo'janddan kasallanib kelgan shoir hali batamom tuzalmagan edi. Bu vaqt ichida Hoji A'zam uning issiq-sovug'idan xabar olibr mehribonchilik ko'rsatib turdi. Bu kishining yordami bilan Toshkentning ilg'or ziyolilari - Sattorxon Abdug'afforov, Saidrasul Saidazimov, Sharifxo'ja Poshshoxo'ja o'g'li, Muhiddinxo'ja Hakimxo'ja o'g'li kabilar bilan tanishadi. Hatto Sharif­xo'ja suhbatlarning birida shoirga taxallusini o'zgartirish haqida maslahat beradi. Shoir Sharifxo'janing taklifiga ko'ra bir muddat "Furqat" ("ayriliq", " judolik") emas, "Farhat" ("shodlik", "xursandlik") taxallusi bilan she'rlar ham yozgan. Furqat Toshkentning madaniy hayoti bilan doimo qiziqib yashadi. Teatrlarga bordi, vistavkalarni tamosho qildi, gimnaziya darsxonalarini ko'zdan kechirdi va taassurotlarini "Gimnaziya", "Ilm xosiyati", "Vistavka xususida", "Suvorov haqida doston", "Nag'ma bazmi xususida" kabi asarlarida bayon qildi.

Furqatning "Turkiston viloyati gazeti" muharriri, Toshkent Erlar gimnaziyasining direktori N.P.Ostroumov bilan tanishuvi uni shu gazet bilan doimiy bog'ladi. Ma'lum muddat mazkur gazetaning tarjimoni bo'lib ham ishladi. Yuqoridagi she'rlari ham, keyingi yillardagi va safar taassurotlari ham "Turkiston viloyati gazeti"da batafsil berib borildi. Shuningdek, "Ho'qandlik Zokirjon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'onlari" deb atalgan tarjimai holi ham aynan shu gazetaning 1891-yildagi bir necha sonlarida bosilib chiqdi. Mutaxassislar esa uni "Furqatnoma" deb ataydilar.



Furqat chet ellarda. Shoir 1891-yilning mayida Toshkentdan chiqib, Samarqandga bordi. Bu yerda xat orqali tanishgan g'oyibona do'sti Mirzo Buxoriy bilan uchrashdi. Bir necha kun shu yerda yashadi, iyulning o'rtalarida Buxoroga yo'l oldi, oyning oxirlarida Buxoroning Kogon temir yo'l vokzalidan poezdga o'tirib, Marv, Ashxobod, Bokur Botum orqali ikki oycha yo'l bosib, sentyabrning oxirlarida Istanbulga yetib keldi. Kuz va qishni shu shaharda o'tkazdi. Bu yerda shoir toshkentlik qadrdonlarini sog'inib, ularga maktub tarzida 280 misrali "Sabog'a xitob" masnaviysini bitdi. She'rda shoirning Vatanidan chiqib ketganiga hali bir yil bo'lmasdan, yurtini, do'stlarini, ma'shuqasini sog'ingani, ularni qo'msayotgani, o'zini juda g'arib va musofir his qilayotgani aks etgan. Uning sog'inchlari samimiy. U Istan­bul "mardum" (kishi)larining sayru sayohat qilib yurganini ko'rar ekan, o'zining yor-u do'stlari yodiga tushadi va ularni entikib sog'inadi. Shayxontohurlik do'sti Mahmudxo'jani orziqib sog'inar ekan, uni "oshno" emas, "ag'o"dek bo'lib qolganini, unga qilgan ko'p "mehr-u shafqat", "ehson-u muruvvat'larini bot-bot eslaydi:

Muhtbbatlik menga bir oshnodur,

Na tanho oshno, balkim ag'odur.

Manga ko'p aylagan ul mehru shafqat,

Qilib haqqimda ehsonu muruvvat.

Furqat Istanbuldan Yunoniston (Gretsiya)ga o'tdi, Bulg'oriya (Bolgariya)da bo'ldi. 1892-yilning mayiyun oylarida Arabistonga borib, haj ziyoratini o'tadi. Shu yilning 25-avgustida Hindistonda bo'ldi, 10-sentabrda Bombeyga yetib keldi. U Bombeydan Toshkentdagi qadrdonlariga yozgan she'riy nomalarida shahar taassurotlarini shunday bayon etadi:



Yer yuzuda ko'rmadim Bombay kabi shahri azim,

Garchi kezdim, Misr ila Istambulu Bulg'orlar.

Bu yerda 6 oy chamasi yashaydi. 1893-yilning 20-martida Kashmirga keladi, undan Tibet va Xo'tan orqali Yorkentga o'tadi va shu yerda umrining oxirigacha yashab qoladi. Shoirning ikki yarim yillik safari Yorkentda yakunlanadi. Shoir Qashqardagi Rusiya Musulmon idorasida kotib bo'lib ishlaydi, ilmi nujum (astronomiya) va tabobat bilan shug'ullanadi. Ra'noxon degan qizga uylanadi. Nozimjon va Hakimjon ismli farzandlar ko'radi. Zokirjon Furqat 1909-yili 50 yoshida Yorkentda vafot etdi.



Ko'rinib turibdiki, Furqat hayoti vatandan judolikda kechdi. Uning chet elga ketishi va qolib ketishi shoir ixtiyori bilan sodir bo'lmagan. Adabiyotshunos olim Sh.Yusupov "Furqat yo'llarida" monografiyasida Furqat yirik shaxs ekanligi, uni yurtda yashab, ijod qilishligi rus davlatining "qudratini" uzoq saqlanishligiga g'ovbo'lishi mumkin degan hadikda qolgan N.P. Ostroumovning tazyiqi va ta'qibiga ko'ra Vatandan chiqib ketishga majbur bo'lganligini arxiv hujjatlari hamda ishonchli manbalar asosida e'tiborli, ilmiy mulohazasini bayon qilgan. Yuqorida biz shoirning rus ilmi va madaniyati haqidagi she'rlarini keltirgan edik. Shoirning bu she'rlari rus davlatining obro'sini oshirish maqsadida emas, balki Yevropa va rus madaniyatini o'z foydamizga xizmat qildirish zarur degan xulosani targ'ib qilish niyatida yozilgan asarlar edi. Tabiiyki, N.Ostroumov Furqatning donish va yuqori saviyali shaxs ekanligini juda yaxshi bilgan, shuning uchun ham shoirni Turkistonda yashashligi unga "xavf" bo'lib tuyulgan.
Tayanch tushunchalar:



  • eti sizniki, ustoxoni meniki

  • sura

  • haftiyak

  • Qur’on

  • Chor kitob

  • Gimnaziya

  • Furqat

  • Farhat



Savol va topshiriqlar:



  1. Furqatning yoshlik va balog'at yillari haqida gapiring.

  2. Shoir hayotining murakkabligini nimalarda ko'rasiz? Nega u vataniga qayta olmadi?

  3. Nega rusiya ilm-fanini ko'rdi-yu, istibdodini payqamadi?

  4. Furqatning mumtoz shoirlarimiz ijodiga bo'lgan muhabbatini nimalarda ko'rasiz?

  5. Furqatning Toshkentdagi hayoti uning shaxsiy taqdiridahamda ijodida qanday rol o'ynaydi?

Adabiyotlar:


  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



Mavzu: Furqat – ma’rifatparvar shoir.
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish