Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet12/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


REJA:

  1. Mustazod haqida ma’lumot.

  2. Ogahiy –mukammal mustazod kashfiyotchishi

  3. “Arzimas” g’azali tahlili.

Ogahiy muhabbat timsolida ma'rifatni ham targ'ib qiladi, ayollarnida ilm-ma'rifatli bo'lishmi xohlaydi, ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qiladi. Ogahiy ajoyib she'riy shakl sanalmish mustazodning namunalarini yaratdi. Ma'lumki, mustazod "orttirilgan" degan ma'noni bildiradi, ya'ni g'azalga monand she'r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi, natijada har qatori bir misralik she'r paydo bo'ladi. Bu she'riy shakl o'zining oshiqona mazmuni va musiqiy ohangdorligi bilanda ajralib turadi. San'atkor shoir Ogahiy mustazodning an'anaviy qofiya tuzilishini takomillashtirib, har qaysi yarim misradan so'ng yana ya­rim misra orttirib, har qaysi qatordagi qofiyalar sonini uchtaga yetkazadi:

Ey yorr sango ushbu jahon bog'i aro gul

bir oshiqi, hayron,

diydoringa shay do.

Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul,

ham holi parishon,

ham boshida savdo.

Ham sarv qading jilvasini ko'rgali qumri

har dam chekibon oh,

bilkul borur o'zdin,

Ham gul yuzunga mahvi jamol o'lg'ali bulbul,

tun-kun chekar afg'on,

tinmay dami aslo...

Ogahiy mustazodi sof oshiqona ruhdagi asar bo'lib, uning boshdan-oyoq mazmuni oshiqning mahbubuni vasf etishi va unga dil izhorini ifodalashiga qaratilgan.



"Arzimas" g'azali. Ogahiy ijodidagi dunyoqarash, ruh, badiiy mazmun tasavvuf ta'limoti bilan yo'g'rilib ifoda etilgan asarlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Uning "Arzimas" radifli g'azalida ham insoniylikni mukammal jabhalari sari ko'tarilish g'oyalari, tasav-vufning umuminsoniy masalalari orifona talqin etiladi. Bu asar shoirning hayotiy sarguzashtlarining xulosasi, uning dunyo' qarashidagi haqparastlik, haqiqatbinlikning shakllanishidan tug'ilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu g'azal dunyoning g'atfiu anduhidan zardob bo'lgan shoir qalbining afg'onidir.

Badiiyat ilmini chuqur egallagan shoir, uni she'riyatida о'гni bilan qo'llay oladi va badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib ajabtovur she'riy manzaralar chizdi. Mazkur g'azal ham boshdan-oyoq tazod san'ati asosida qurilgan bo'lib, bu bir tomondan o'quvchiga fikrni chuqurroq anglatishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, she'rxon idrokini charxlashga yordam beradi. G'azal baytlarida tazodning turli xil suratlari sayqallangan. G'azal matla'sidanoq buni anglash qiyin emas:

Dahr bazmu ayshi anduh-u g'amiga arzimas,

Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.

Shoir bu dunyoning ayshu ishratlari, o'tkinchi rohat-farog'atlari uning g'am-u anduhlariga arzimasligini, vaqtincha jonbaxsh etuvchi sharbatlari esa jon oluvchi zahri zaqqumga aylanishini chuqur ta'kidlaydi.



G'azalning ikkinchi baytida silsilaviy taftish yanada takomillashadi. Shoir iqroricha, agarchi yuz yil yor vaslining munavvar tongidan bobahra bo'lsangiz ham, bu shodlik "bir zamonlig'" hajrning, ayriliqdagi zulmatning zulmidagi qayg'uga arzimaydi:

Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig’ subhida,

Bir zamonlig' hajri - shomi muzlamig'a arzimas.

Lirik qahramon yana shunga amin bo'ladiki, inson umr bo'yi hayotini davr-u davronda, to'y ustiga to'yda, bazm ustiga bazmda o'tkazsada, bir nafaslik g’am, motam musibati, ayriliq zulmati hammasini yuvib ketadi va bu o'tkazgan surur damlar hech narsaga arzimaydi:

Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,

Bir nafas yetgan malol-u motamig'a arzimas.

Inson yuragi va tafakkuri ortiqcha sevinchni ham, g'amni ham ko'tara olmaydi. Haddan ziyod sevinchdan hovliqib, atrofidagilarni ham taniyolmay qoladi yoki ozgina g'amdan mutlaqo tushkinlikka tushib egilib qoladi. Shoir sevinchli kunlar abadiy uning o'rnini qayg'uli onlar egallashi mumkinligini an-baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi, ya'ni o'limni eslatadi:

Lalidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,

Naz vaqti paykaring pech-u xamig'a arzimas.

Zero inson har qanday chog'da ham o'limning haqligini yodda tutmoq darkor. Baytning mazmunidan, yor vasliga vosil sarmast qalb baxtiyor damlarda har narsani unutadi, ammo ajal vaqti yetganda, vujudini o'lim tahlikasi bosganda, tanasi о'lim bilan olishayotgan damdagi azobdan titraydi o'sha qalb. Demak, shoir xulosa qiladiki, visol murodiga yetmoqlik jon berish azoblari oldida hech gapmas, arzimas hoi.

Ko'rinadiki, g'azalning barcha baytlari bir-biri bilan bog'liq, bir-birini to'ldiradi, mazmuniiii chuqurlashtiradi, dalillaydi. Tubandagi baytda ham yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan:

Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,

Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas,

Ya'ni til shunday narsaki, u insonni bir lahzada ko'kka chiqarsa, bir lahzada yerga kirgizdirib yuboradi. Shuning uchun o'sha bir lahzalik madh va maqtovdan esankiramaslik darkorki, bu madhlar bir og'iz achchiq so'zga yoki qalbni og'rituvchi qa'pol muomalaga arzimaydi, chunki bu birgina badso'z sizning qalbingizni sindiradi.



Navbatdagi bayt lirik qahramonning o'z-o'ziga va o'zgalarga taskin-o'g'it aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Uning iqroricha: bu dunyoning boru yo'g'iga sabr qilish, borlikda kekkayib, yo'qlikda egilib qolmaslik, ko'pida ham, ozida ham o'zini teng tutish iozim. Zero, borlikdagi baxt kamlikdagi g'amga arzimaydi:

Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas. Shoir g'azalni naqadar zukko mushohada bilan boshlagan bo'lsa, shunchalik teran hayotiy o'g'it bilan yakunlaydi: Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim, Dahr bazm-u ayshi anduhi g'amiga arzimas. Shoir insonga doim raxna solib kelgan nafs balosidan ogoh etadi, nafsni deb, o'tkinchi aysh-ishratni deb o'z boshiga ortiqcha g'am-tashvish orttirmaslikni maslahat beradi. Zotan, har qanday "bazm-u aysh" "anduhi g'amga arzimaydi deya xulosalaydi.

Bu nazmiy falsafa va xulosa hali hanuz o'zining hayotiy qudratini saqlab kelmoqda. U Ogahiy zamondoshlari uchun qanchalik qadrli bo'lsa, bugungi kun va kelajak uchun ham undan-da ko'proq saboq bo'lgulik ahamiyatga ega.

Har davr va zamon uchun mashhur va manzur bo'lgan bu g'azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida (foilotun-foilotun-foilotun-foilun) bitilgan.

Ogahiyning adabiy merosi xalqimiz ardog'idagi umrboqiy, mo'tabar ma'naviy xazina. Olimlarimiz e'tirof etganlaridek, Ogahiy ijtimoiy hayotning ilg'or shaxsi sifatida ham, adabiy jarayonning yuksak iste'dodi sifatida ham qadr-qimmati zamon o'tgan sari ortib bormoqda. Uning pandnoma, oshiqona, rindona g'azallari, muazzam tarjimalari-yu nodir tarix kitoblari bugungi istiqlol kunlarimizda, milliy ma'naviyatimiz, milliy ongimiz qaytadan shakllanayotgan bir davr da dasturil amal bo'lib xizmat qilishi tabiiy. Bu ulkan ma'naviy boylik har birimizning siyratimizga singmog'i, qalblarimizga jo bo'lmog'i lozim.
Tayanch tushunchalar:


  • mustazod

  • “Taviz ul- oshiqin”

  • Mirob

  • "Gulsham davlat"

  • "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi )

  • "Riyoz ud-davla" ("Jannat bog'lari")

  • , " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i")

  • "Jome ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi")


Savol va topshiriqlar:


  1. Mustazod qanday turdagi she'riy asar?

  2. Ogahiy g'azallaridan birini yod oling.

  3. Uy daftaringizga shoir she'rlarining badiiy tili va timsollari tarkibini badiiy tahlil qiling.

  4. Shoirning iyhom, tashbeh, irsoli masal, husni ta'lil kabi badiiy san'atlar qo'llash mahoratini misollar asosida sharhlang.

  5. Ogahiyning adabiy merosi o'z davrida va bugungi kunda qanday qimmatga ega?

Adabiyotlar:



  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmi o'zbek adabiyoti
R e j a:

  1. Turkistonning qora kunlari.

  2. Madaniy hayot.

  3. Adabiy hayot.


Turkistonning qora kunlari. Buyuk sohibqiron Amir Temur saltanat va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan tuzuklarida o'z vorislariga "millatning dardiga darmon bo'lish", "zaiflarni ko'rish va yo'qsillarni boylar zulmiga tashlamaslikni uqtirgan hamda "adolat va yaxshilik qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin", deya vasiyat qilgan. Ammo uning o'g'itlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o'zaro ixtilof va ichki kurashlar, jang-u jadallar evaziga davlat zaiflashib, mamlakat inqiroz va parokandalikka yuz tutdi. Voqelikning muxtasar bayoni shundaki, Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoda o'zbek davlatchiligining barcha jabhalarini tag-tomiri bilan yo'q qilish va rusiy idora uslublarini qat'iy joriy etishni jiddiy maqsad qilib qo'ydi hamda ma'muriy-boshqaruv tizimim ana shu maqsadga qaratgan holda Turkiston o'lkasi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya guberniyalariga aylanishi uchun barcha siyosiy, iqtisodiy madaniy va ma'naviy choralarni ko'rdi. Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi xalqqa qimmatga tushdi, negaki, o'z-o'zidan og'ir va ayanchli mustamlakachilik siyosati hukm surdi. Chor Rossiyasi yurt boyliklarini taladilar va Rossiyaga tashib olib ketdilar. Mustam­lakachilik o'lkada yerli xalqlarning ma'naviy qadriyatlariga, tili, dini, milliy urf-odatlariga tajovuz qildi. Davrning bunday dahshatli voqealarga to'la manzarasi o'sha tarixiy-badiiy asarlarida, xususan, Xiva bosqinini o'z ko'zi ko'rgan M.Yu. Bayoniyning "Shajarai xorazmshohiy" kitobida Rossiya imperiyasining butun kirdikorlari aniq-ravshan tasviri berilgan. Darhaqiqat, Rossiya imperiyasi Turon elining erki, insoniy huquqlarini poymol qilib moddiy boyliklarini tortib olish bilan ham chekinmay, o'lkamizning ma'naviy mulkini ham talon-taroj etib, ularni parokanda holiga keltirganlar. Xivaning tobelik yillari 1873-yilga to'g'ri keladi. Bu yillarda Xiva xoni Muhammad Rahimxon soniy Feruz Arkda kitoblar saqlaydigan maxsus xonalar ajratgan edi. "Shajarai xorazmshohiy"da keltirilishicha, "Kaufmon kelib, Arkka kirib, taxti Xorazmshohiyda o'lturgandan" keyin Xorazm xazinasidan juda katta boylik Peterburgga jo'natiladi, qimmatbaho narsalar bilan birgalikda, xon alohida saqlaydigan 300 jilddan ortiq nodir qo'lyozma kitob ham Peterburgga yubor-gandan Bayoniy juda qattiq achinadi. Kitobda bu voqeani yurakdan norozi va ichki taassuf bilan shunday yozadi: "Yana bir uyda uch yuz mujallad yozma muzayyan kitoblar bor erdi va choroynavu sovutlar va dubulg’alar... va o'q-yoylarning hammasiki mutasarruf boqildi, chun hammasi murossa' va mujahar va bahodor nimarsalar erdi, Peterburgg'a yuborildi".

Rus chorizmi Markaziy Osiyoda dahshatli rnustamlakachilik siyosatini olib bordiki, bu siyosatning bosh maqsadi va yo'nalishini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V. Krivoshein shunday ta'kidlaydi: "Bu markaziy masalada uch ko'rinish mavjud. Agai birinchisida yarqirab turgan yozuv "Paxta" bo'lsa, ikkinchisida "Sug'orish" va nihoyat, uchinchisida uncha ko'zga tashlanib tur~ magan bo'lsa ham, aslida hammasidan muhimi "ruslarni ko'chirib keltirib o'rnashtirish" yozuvi turibdi".



Maqsad amalga deyarli oshdi. Turkiston paxta bazasiga aylantirildi, yetishtirilgan paxtalar rus, arman, yahudiy zavodchi boylar qo'liga o'tdi, paxtachilik rivoji Chor hokimiyati xazinasini boyitdi. Ruslashtirish masalasi ham "oliy maqomda" hal bo'ldi Rusiyadan yuz minglab mujiklar keltirilib, hududlarga o'rnashtirildi va bir zumda rus shahar va qishloqlari paydo bo'ldi. Jumladan, Petro-Aleksandrovsk (To'rt ko'l), Skobelev (Farg'ona), Chernyaevka (Avliyoota) kabi shaharlar shu tariqa vujudga keldi. Bunday mahalliy aholini ruslashtirish, islomni izdan chiqishi uchun yaxshi vosita bo'la olar edi. Aslida chor ma'murlarining yashirin maqsadi ham shu edi.

Shu asnoda ulug' shoir Abdulhamid Cho'lpon nolasini tinglang:

Kulgan boshqalardir,Yig'lagan menman,

O'ynagan boshqalar, ingragan menman

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

Qnllik qo'shig'ini tinglagan menman...

Erkin boshqalardir, qamalgan menman,

Hayvon qatorida sanalgan menman.

Bu milliy, mahalliy va ma'naviy zulmlarning og'rig'idan chiqqan ingroq sado edi.



Madaniy hayot. Turkiston zabt etilgan bo'lsada, uning mil­liy tarixiy taraqqiyoti to'xtamadi, xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik va ijodkorlik faoliyati og'ir sharoitlarda ham ilgarilab bordi. Toshkent milliy-maorif, fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun markaz bo'lib o'rin topdi. Bosmaxona (1868-yil), kutubxona (1870-yil), maktabu madrasalar paydo bo'la boshla­di. Professor B.Qosimov bu haqdagi ma'lumotlarni quyidagicha belgilab ko'rsatgan: "1884-yili Qrimdagi Boqchasaroy shahrida Ismoilbek Gasprali "usuli jadid" ("usuli savtiya") degan yangi o'quv usuliga asos soladi. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o'zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo'ladi. U bilan birga kelgan shirvonlik Majid G'anizoda esa Samarqandda 40 kun qolib, "usuli savtiya"ni o'rganadi. Bunday maktablar Toshkent, Andijon kabi shaharlarda ham ochila boshlaydi. A.V.Peskovchkiy ma'lumot berishicha, 1895— 1901-yillarda Toshkentda 4 ta usuli jadid maktabi bor edi. 1900-yili Andijon da ham shunday maktab ochildi. 1907-yili Turkistonda 30 jadid maktabi bo'lib, 1300 bola o'qir edi. Chor hukumati bunga qarama-qarshi holda rus-tuzem maktabiga zo'r berdi. 1884-yili Tosh­kentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi". Bu rus-tuzem maktablarining soni Turkistonda XIX asrning oxirida 100 dan oshdi, 1917 yilga kelib 170 taga yetdi. Professor B.Qosimov bu maktablarni "rus ma'murlariga mahalliy xalq orasida ruscha biladigan yordamchi xizmatchilar yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi, aslida, rus hukumatiga so'zamol, haqtalab xizmatchilar emas, ruschani tutilib-tutilib gapiradigan chalasavodlar, xo'jayin tomoq qirsa dik etib xizmatga turadigan itoatkorlar kerak edi. Bu maktablarning ko'proq shunga xizmat qilishi ko'zda tutilgan" deb baholagan.

Bu davr madaniy hayotida birinchi o'zbek matbuoti sifatida 1870-yil 28-aprelidan "Turkiston viloyati gazetasi" chiqa boshlaganligi katta voqea bo'ldi. Ushbu gazeta bugungi kun uchun ham davr ijtimoiy voqeligi va adabiy-madaniy hayotini o'rganishda muhirn manba bo'lib xizmat qiladi. Gazetaga Nikolay Ostroumov 34 yil (1883-yildan to 1917-yilga qadar) muharrirlik qiladi, shuning uchun ham uning davr­ida rus ilm-fan va madaniyati dabdaba bilan "ilg'or rus madaniyati" sifatida keng tarqaldi.

Nazarimizda, "Chor hukumati o'zining mustamlaka rejimini" nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohada, balki milliy-madaniy, milliy-diniy sohalarda ham qat'iy o'rnatdi, ya'ni milliy-madaniy taraqqiyot mustamlaka manfaatiga bo'sundirildi. "Turkiston viloyati gazeti" buning yaqqol dalili. Gazeta muharriri Nikolay Ostroumov (1846-1930)ning sa'y-harakatlari bilan rus madaniyati, ilm-fani, hatto urf-odatlari muhabbat bilan targ'ib-tashfiq qilindi, Rusiyani "madaniyat o'chog'i" sifatida talqin etdi, albatta, bularning barisi O'rta Osiyo mamlakatlari madaniyatini ko'kka sovurish, kamsitish, an'anaviy urf-odatlarimizdan yuzo'girtirish evaziga ro'yobga chiqdi. Bir so'z bilan aytganda, gazeta O'rta Osiyo xalqlarini chorizmga muhabbatli va sadoqatli qilib tarbiyalashda vosita vazifasini bajardi. Shunday bo'lsada, o'zbek ad­abiyoti va san'atiga oid materiallar, Ogahiy, Komil, Muqimiy, Kamiy, Nodim kabi shoirlarimizning she'rlari ilk marotaba shu gazeta sahifalarida chop etildi. Gazetaning biz uchun ahamiyatli bo'lgan tomoni ana shunda. Shu tariqa Turkistonda vaqtli mat-buot tarixi o'zining ilk qadamini tashladi. 1898 yilda Toshkent­da "Russkiy Turkestan", 1904-yildan Samarqandda "Samarqand", 1906-yilda Toshkentda birinchi marta o'zbek tilida "Taraqqiy" kabi gazetalar chiqa boshladi. Bu o'zbek milliy matbuotining ilk debocha gazeti edi, shundan keyin jadidlar tomonidan chiqarib gan "Sadoi Turkiston" gazeti ham o'z ishini boshladi.

Adabiy hayot. XIX asrning II yarmi — XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti mumtoz adabiyotimizning an'analarini saqlaganr o'zida yangiliklar yaratib, XX —XXI asr adabiyoti uchun poydevor bo'lgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida mumtozlarimiz qo'llagan tur va janrlar (g'azal, ruboiy, tuyuq, muammo, muxammas, musaddas, muamman, masnaviy, ta'rix kabilar) bilan bir qatorda sayohat taassurotlari tasviri sifatida sayohatnoma (Muqimiy, Furqat, Nodim) janri, she'riy hikoya (Muqimiy, Furqat) janri, maktubot (Mu­qimiy, Nodim) janrlari inkishof etildi va rivojlantirildi. Va yana matbuotning maydoni publitsistika va badiiy ocherk kabi turlari paydo bo'lishi uchun omil bo'ldi. Mazkur davr ijodkorlaridan Yusuf Saryomiy (1845—1912), Ziyovuddin Haziniy (1867— 1923) tasavvuf g'oyalarini kuylagan so'nggi shoirlar bo'ldi.

Tadqiq etilayotgan davr adabiyotiga yangi ruh, yangi g'oya kirib keldi. Adabiyotning mavzu doirasi kengaydi, mazmun tarkibi o'zgardi. Davr adiblarining aksariyati o'z asarlarida mahalliy boy va amaldor to'ralarning o'tkazgan zulmkorlik siyosatidan to'ygan xalqning achchiq qismatinigina kuylab qolmay, bu zulmdorlarni aniq ko'rsatgan, kirdikorlarini aniq adresi bilan ob'yektiv, real tasvirlarda ayovsiz fosh etib, achchiq kulgili lavhalar yaratdilar. Demak, badiiy adabiyotda hajviyotning o'ziga xos tomoni pay­do bo'ldi va taraqqiy etdi. Davr adiblari millat qayg'usi va uning muammolarini ko'tarib chiqibgina qolmay, balki uning yechimini ham topdilar va bu yechim millat onggi va tafakkurini isloh qilish va shu mazmundagi asarlar yozishda deb bildilar. Shoirlarimiz xalqning iztirob va qayg'ulari, orzu-istaklari bilan qadam-baqadam bordilar.



Yangi davr adabiyoti ijodkorlarining aksariyati zullisonayn shoir sifatida ijod qildilar, chunki ularning deyarli ko'pchilik qismi madrasa ko'rgan va arab, fors-tojik, hatto ba'zilari rus va ajnabiy tillarni ham yaxshi bilgan. Zullisonaynlik an'anasi izchil davom etayotgan bu davrda, albatta, tarjimachilik maktabining ham paydo bo'lishi tabny-Xorazmda Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniy, Toshkentda Al" inaiy, Samarqandda Sidqiy Xondayliqiy, Siddiqiy Ajziy, Vasliy Samarqandiy kabi ijodkorlar tarjima maydonida munosib ijod qildilar. Adabiy-madaniy harakatchilikning bosh markazi sifatida Toshkent har jihatdan tez taraqqiy eta boshladi. Xiva, Qo'qon, Sa-inarqand, Buxoro shaharlarida ham adabiy harakat va taraqqiyot ixiavsumi yuqori bosqichda bordi.

Xiva adabiy-madaniy hayotida shoh va shoir Muhammad Rahimxoni Soniy Feruz (1844— 1910) rahnamoligida rivoj topdi va taraqqiy etdi. Uning tashabbusi bilan bosmaxona paydo bo'ldi, tarjima maktabining, tazkirachilik an'anasining yangi shakllari paydo bo'ldi. Bu zamon va makon K.Xorazmiy, Feruz, Bayoniy, Tabibiy, Avaz О'tar va shu kabi adabiy-badiiy tafakkurning ulug' siymolarini yetishtirib berdi.Tadqiq etilayotgan davr tabiatning achchiq qismati va uning barobarida keng shafoatiga duch keldi. Achchiq qismatini yuqorida ko'p gapirdik. Taqdirning marhamati nimada ko'rinadi? Qarangki, bu vaqtdagi Xiva hukmdori Feruz O'rta Osiyo xonlari orasida eng aqllisi va ziyolisi ham yaxshi shoiri bo'lgan. U o'z saroyida baquvvat adabiy muhitni maydonga keltirdi. Bu maydon qanchadan-qancha adabiyot, she'riyat va san'at muhiblari-ni kashf etdi. Ahmad Tabibiy (1869-1911), Muhammad Rasul Mirzo (1840-1922), Avaz О’tаг (1884-1919) kabi shoirlar shu davrada yetishib, kamol topdilar.

Buxoroda ham aynan shu davrda siyosiy hayotnigina emas, adabiy hayotning ham e'tiborli kishisi bo'lgan Amir Abdulahadxon (1859-1910) hukmdor edi. Uning amirlik davri 1885-1910 yillarda, ya'ni yurtda ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham adabiy hayot qaynayotgan, murakkab va ziddiyatli davrga to'g'ri keldi. Abdulahadxon—"Ojiz" taxallusi bilan she'rlar yozgan sohibi devon shoir. Shuningdek, Buxoroda Afzal maxdum Pirmastiyning "Afzali ut-tazkor fi zikrish-shuaro val ash'or" ("Shoirlar va she'rlar haqida Afzal tazkirasi") (1904), Ne'matulla Muhtaram (1910), Mirsiddiq Hashmat va Abdilarning "Tazkiratush-shuaro" kabi tazkiralari ham Abdulahadxonning rag'bati va rahnamoligida dun -yoga keldi. Buxoroda adabiy hayot mana shu tarzda kamol topdi Ko'ringanidek, ikki makonning ikki hukmdori qalam sohibi adabiyotga daxldor vakillardan bo'lgan. O'z-o'zidan ma'lumki, yurtda adabiy-madaniy hayot hech qanday to'siqsiz ravnaq topganligi, ularning xizmati va rag'bati bilan qancha-qancha yangi nomlar va yangi asarlar kashf etililganligi tayin. Bu,albatta, tabiatning ko'rsatgan in'omi bo'ldi.

Qo'qon adabiy muhiti esa vodiy shoirlari bilan yana to'lgan 'edi. Furqat (1854- 1909), Muqimiy (1850- 1903), Zavqiy (1853-1911), Muhayyir (1845-1918), Usmonxo'ja Zoriy (1839- 1916), Muhyi (1853-1921), Hazmiy (1867-1923) kabi ko'lami keng, yuqori maqomdagi davraga marg'ilonlik Xo'ja Jonxo'ja Rojiy (1839-1918), namanganlik Nodim Namangoniy (1844-1910), Ibrat (1862- 1937), xo'jandlik Toshxo'ja Asiriy (1864- 1916), sayramlik Yusuf Saryomiy (1845—1912), toshkentlik Karimbek Kamiy (1865— 1922)larning qo'shilishi davraga fayz va o'zgacha ruh, yangi mazmun va yangi shakllar olib kirdi. Do'stlar davrasi, she'r shukuhi va kuy avji ijtimoiy voqelik bilan yo'g'rilib, uning ifo-dasi she'riyatning yangi shakllarida, yangicha talqinda hosil bo'ladi. O'tkir hajvlar, rus istibdodiga oshkoro isyonlar (Furqatning "Munojati musaddas"i, "Begim" g'azali, "Bo'ldi" radifli muxammasi) shu davraning mahsuli bo'ldi.

Komil Xorazmiy (1825-1899). Muhammadniyoz Komil 1825-yilda Xivada ziyoli oilasida tug'ildi. Zamondoshlari uni "Niyozmuhammad", "Polvonniyoz", "Matniyoz" deb ham chaqirishgan. "Komil" (etuk, mukammal ma'nosini beradi) adabiy taxallusi bo'lib, "Xorazmiy" tug'ilgan makoniga nisbatan olingan. Bo'lajak shoir yoshligidanoq madrasa tahsilini mukammal egalladi, arab, fors tillarini o'rgandi, she'rlar mashq qildi. 25-30 yoshlaridayoq shoir sifatida tanildi, hatto zamonining ulug'laridan bo'lgan Ogahiydek shoirning nazariga tushdi va uning "Gulshani davlat" kitobidan o'rin topdi, 1856-yilda Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon Komil Xorazmiyni saroyga tortadi va uni saroy xattoti qilib tayinlaydi. Muhammad Rahimxoni Soniy Feruz hukmfarmonligi davrida esa mirzaboshilik (xattotlarga boshliq) lavozimida ishladi.

Mutaxassislarning ma'lumotiga qaraganda, Komil Xorazmiy Moskva, Peterburg shaharlarida bo'lgan. 1891, 1896- 1897-yillarda Toshkentga ham kelgan. Umrining oxirlarida shoirning ko'zi ojizlanib qoladi. Tosh­kentga ikkinchi marotaba kelganida ko'zini davolatadi, biroq foydasi bo'lmaydi. 1899-yilda Xivada 74 yoshida vafot etadi.

Komil Xorazmiy tadbirkor davlat arbobi, zo'r xattot, ajabtovur musiqago'y, mohir tarjimon va navras fikrli shoir edi. Komil Xorazmiy qo'lyozmalarni ko'chirish, kitob tayyorlash ishlarini qoyilmaqom qilib bajardi. Hatto o'z davrida nomdor shogiralar yetishtirdi. Davlat arbobi sifatida esa o'tkir siyosatdon edir ya'ni "Gandimiyon shartnomasi" nomi bilan tarixga kirgan Rusiya va Xiva xonligi o'rtasidagi shartnomaning asosiy tashkilotchisi ham Ko­mil Xorazmiy bo'lgan.

Musiqa san'atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiy bastakor sifatida ham shuhrat topdi. U "Murabbai Komil", "Peshravi Ko­mil" kabi kuylar yaratdi. Bu kuylar "Rost" maqomiga bog'lab yaratilgan va notaga ko'chirilgan. Komil Xorazmiy Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiy (adabiy taxallusi Mumtoz)ning "Mahbubul-qulub" ("Ko'ngullarning sevgani") (XVIII), Faxriddin Ali Safiyning "Latoyifut-tavoyif" ("Turli toifalarning latifalari") (XVI) asarlarini o'zbekchalashtirib, Xorazm tarjima maktabiga salmoqli hissa qo'shdi va uni quvvatlantirdi.

Komil shoir sifatida xalq e'tibori va e'tirofiga sazovor bo'ldi. U sharqning devon tuzish an'anasini davom ettirgan sohibi devon shoir edi. Shoir devonidan g'azal, ruboiy, mustazod, murabba (to'rtlik), muxammas, musaddas (oltilik), musabba (ettilik), muammo kabi lirik janrdagi she'rlar o'rin olgan. Uning "Sen-sizin, ey dilrabo, jannatda g'ilmon bo'lmasun", "Meni Majnun bo'lubman bir pari ishqida devona", "Ohkim, bir sarvi gulruxsora oshiq bo'lmisham" misralari bilan boshlanuvchi she'rlarida an'anaviy yor ishqini kuylasa, "Ahbob" ("Do'stlar"), "Oftob", Hadis" radifli g'azallarida axloq, pand-nasihat masalalariga alohida e'tibor qiladi, "Fuzalo" ("Fozillar"), "Shuaro" ("Shoirlar"), "Ju-halo" ("Johillar") singari she'rlarida esa ilm-fan va ijod ahlining og’ir va ayanchli hayotidan, zamon adolatsizliklaridan noliydi. Bir so'z bilan aytganda, Komil Xorazmiy ijodi va faoliyati XIX asr o'zbek adabiyotining o'ziga xos yorqin sahifasini tashkil qiladi.

Ahmad Donish (1826-1897). Ahmad Donish taxallusi bilan mashhur bo'lgan Ahmad Mahdum XIX asr Buxorosining qomusiy olimi bo'lib, u yirik ma'rifatparvar olim va faylasuf, yozuvchi va astronom, tarixchi va arxitektor, musavvir va musiqago'y sifatida o'z davrining ma'lum va mashhurlaridan. Uning bizgacha "Qomus al-a!zam" ("Ulug qonun"), "Muntaxab al-ahkom" ("Tanlangan qarorlar"), "Navodir ul-vaqoe"' ("Nodir voqealar"), "Risolai muxtasare az ta'rixi saltanati xonadoni amironi Mang'it" ("Mang'it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi"), "Majmuai hikoyati Ahmad kalla" (Ahmad kalla hikoyatiari to'plami) (1877), "Isloh miyoni shia va sun" ("Shia va sunniyni yarashtirish haqidagi malumot") kabi risolalari, "Daftari taqvim" ("Kundaliklar") kabi muhim ahamiyatli asarlari yetib kelgan. Ahmad Donish 1826-yilda Buxoroning Shofirkon tumanida mudarris oilasida nash'u namo topdi. Ilk ibtidoiy tahsilni otasidan oldi. Yoshligidanoq har narsaga qiziquvchan, zehnli Ah­mad ulg'aya borgach, naqqoshlik, rassomlik, xattotlik san'atini o'rgandi. Tarix va falsafa ilmidan ham boxabar edi. Ana shu fazilatlari bilan el orasida nomi chiqa boshlaydi. Buxoro amiri elchisining kotibi vazifasida bir muncha muddat ishlaydi. Xizmat yuzasidan uch marta Rossiyada bo'ldi. Bu safarlar taassuroti tushirilgan qog'oz, ya'ni Ahmad Donish o'z qo'li bilan yozgan 16 qo'lyozma asari O'z FA Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar fondida saqlanadi.

Ahmad Donish qarashlari faylasufona, o'g'itlari go'yo jon ozig'i. Uning "Navodir ul-vaqoe1" asari (1870— 1885) falsafiy memuar asar. Bunda Rusiyaga qilgan safar taassurotlaridan tortib, inson bilan bog'liq barcha voqeliklarni — ota-ona va farzand munosabatlari, olimlik va johillik, mol-dunyo, safar qoidalari, ilm-ma'rifat foydasi, taqdir tilsimlari, Bedil baytlari-yu hadis talqinlarigacha fikr mulohazalar sodda va jonli ifodalarda berilgan. Bu asarni shoirning falsafasi deyish yoki hayotiy tajribalarining xu-losasi sifatida talqin qilish va yana ilm-fanning buyuk namoyondasining avlodlarga vasiyatnomasi deb ham atash mumkin. Bu vasiyatnoma ta'limiy-axloqiy jihatdangina emas, ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham muhimdir. Donish ana shunday yuqon arashlari bilan ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Dilshod Otin (1800— 1905). Bir asrdan ko'proq umr ko'rgan Dilshod Otin adabiyotimizda "Dilshodi Barno", "Barno" nomlari bilan mashhur. 1800-yil O'ratepada so'fiy xonadonida dunyoga keldi. Ilk savodni otasi Rahimqul so'fidan oldi. 13 yoshida onasidan va yana hech qancha vaqt o'tmay otasidan ayrildi. 90 yoshlik bu-visinmg qo'lida qoldi, ip yigirib tirikchilik qildi. Bundan keyingi hayotida turli taloto'pli voqealar to'lib toshadi. 1816 yili Qo'qon xoni Amir Umarxon O'ratepaga yurish qiladi, ko'plab muhojirlarni asir qilib, Toshkentga olib keladi, bular orasida Dilshodi Barno ham bor edi. Biroq amir uni bir mahramiga tortiq qiladi, oliyhimmat mahram esa qochirib yuboradi. Shundan keyin qo'qonlik Tosh maxdum ismli 50 yoshlardagi faqirgina bir kishiga turmushga chiqadi. Dilshod bu xonadonda o'zbek tilini o'rganib, qaynonasi bilan birga maktabdorlik qildi. Qaynonasining vafotidan keyin 51 yil maktabda muallimalik qildi. Bu vaqt da 900 ga yaqin qizga xat-savod o'rgatdi. "Tarixi Muhojiron"da bu haqda shoira shunday yozadi: "Men sakson sakkiz yoshimgacha ham oynaksiz ко'rib, maktabdorlik qildim. Ellik bir yil maktab tutib, o'rta, avsot hisobida yigirma uch toliba tutub, sakkiz yuz to'qson bir qizni bosavod qildim. Alardan qariyib to'rtdan biri tab'i nazm erdilar". Bu vaqtlarda Dilshod otin "Barno" taxallusli she'rlari bilan xalq ichida tanilgan edi. Dilshod otin maktabdorlik kezlarida shogirdlarini xat-savodini chiqarish bilangina cheklanmaydi, ularga yuqori saviyadagi tahsilni ham beradi. Buyuk mumtozlarimiz Hofiz, Navoiy, Bedil asarlari va ularning sir-asrorlari bilan tanishtirib, ularda adabiyotga mehr uyg'otadi. Shoira o'zi ijodkor bo'lgani uchun ham maktabda tahsil ko'ruvchi qizlar orasidan she'riyatga moyil bo'lgan shogirdlariga ayricha e'tiborda bo'lgan.

Dilshod otin o'quvchilarining har to'rttadan bittasi she'r havasmandi bo'lgan. Shular qatorida shoira Anbar Otin ham Dilshod Barnoning eng suyumli shogirdlaridan edi.
Tayanch tushunchalar:


  • Guberniya

  • Mustamlakachilik

  • Masnaviy

  • Anbar Otin

  • Muammo

  • Muxammas

  • Musaddas

  • Muamman


Savol va topshiriqlar:


    1. Nima uchun Rusiya imperiyasi rus-tuzem maktablarini O’zbekistonning barcha shaharlarida ochishga harakat qilgan?

    2. Rusiay imperiyasi davrida ijod qilgan qomusiy olimlar, yozuvchi va shoirlardan kimlarni bilasiz?

    3. Komil Xorazmiy kim bo’lgan?

    4. Ahmad Donish va uning adabiy merosi to’g’risida nimalarni bilasiz?

    5. Dilshod Barno haqida so’zlab bering.

Adabiyotlar:



  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

Mavzu: Muhammad Aminxo'ja Muqimiy.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish