2. Elektrlangan jismlarning o`zaro ta`siri
Elektrlangan jismlar faqat yengil buyumlargina emas, balki barcha buyumlarni ham o`ziga tortadi. Bunga isonch hosil qilish uchun o`tkir ichli tayoqchaga uzuligi taxminan 2sm bo`lgan metall nay o`rnatamiz. (Nay o`rtasining past tomonida tayoqcha uchun teshik ochilgan). Nayga elektrlangan tayoqcha yaqinlashtirib, unung asta-sekin tayoqcha tomon byrilganini sezamiz.
Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlargina emas, balki suyuqliklar ham tortiladi. Bunga ishonch hosil qilsh uchun idishdan oqib chigayotgan ingichka suv tizimiga elektrlangan tayoqchani yaqinlashtiramiz. Suv tizimi elektrlangan tayoqcha tomonga og`ganini sezamiz.
Elektrlangan jismlar gazlarni ham o`ziga tortadi: sham yoki gaz alangasiga elektrlangan tayoqchani yaginlashtirsak, alanganing ham tayoqcha tomon tortishini sezamiz.
Elekterlangan jsmlarning xossalari ularga boshqa jismlarning tortishi bilangina cheklanmydi. Agar biror jism kuchli elektrlansa va chirsillagan ovoz chiqadi. Jism qanchalik kuchli elektrlansa, uchqun shunchalik yorgin, chirsillagan ovoz esa shunchalik kuchli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |