Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’lumotini oshirish va darslarni o’zlashtirish darajasini ko’tarishga ko’maklshish uchun sinf mashg’ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham o’tkazish zarur .Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulot deganda o’quvchilarni maatematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlarni tushunamiz.
Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o’quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o’quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
1. Qiziqarli matematika soatlari va daqiqalari.
2. Matematik to’garaklar uyushtirish.
3. Matematika gazetasi chiqarish.
4. Ekskursiya o’tkazish.
5. Matematik burchak tashkil qilish.
6. Matematika kechalarini o’tkazish
7. Boshlang’ich sinflarda matematikadan fan olimpiadasi o’tkazish.
SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISHDA QUYIDAGI QOIDALARGA ASOSLANISH KERAK.
1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning darsda oladigan bilimlarni, malaka ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik prinsiplari va o’quvchilarni harakatlari asosida tuziladi, hamda o’quvchilarning
individual talablarini hisobga olish.
3. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazilish shakliga ko’ra darslardan farq qiladi va ko’pincha qiziqarlilik harakteriga ega bo’ladi.
MATEMATIK KECHALARGA VA ERTALIKLARGA SENARIY YARATISHGA YO’NALISH.
Matematik kecha yoki ertaliklarni senariysini yaratishda quyidagilarga asoslanish mumkin.
1. Tanishtirish; Bunda guruhlar o’zlarini tanishtiradilar. Guruh nomlarini izohlaydilar. O’z guruhlariga chizilgan emblema yoki tamg’alarini tahlil qilib beradilar.
2. Birorta matematik olim haqida ma’lumotlar berish yoki hayoti va ijodi haqida lavhalar, sahna ko’rinishi ijro etilishi mumkin.
3. She’r bilan aytiladigan masalalar yechish .
4. Hazil masalalar yechish.
5. “Aql charxi’’ o’yini
6. Boshqotirmani yechish.
6. Boshqotirmani yechish.
7. Tezkor usullar.
8. Matematik topishmoqlardan foydalanish.
9. Matematik maqollardan foydalanish.
10. Arifmetik jumboqlar. Masalan: 5ta 3raqamdan foydalanib 37 sonini yozing; 37=33+3+3:3
Shunga o’xshagan bir nechta o’yinlarni tanlab olish mumkin
Mavzuni mustahkamlash; Talabalar yuqoridagi bosqichlarga asoslanib matematik kechalar, ertaliklar yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarni senariysini mustaqil yozib beradilar.
Mavzuni mustahkamlash; Talabalar yuqoridagi bosqichlarga asoslanib matematik kechalar, ertaliklar yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarni senariysini mustaqil yozib beradilar.
3. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta'riflarining to'g'ri bayon etilishi hamda ilmiy amata
malarning o'quvchilar ongiga sindirib borilishi.
4. Darslik materiallarining qo'shimcha adabiyotlar materiallari bilan boyitilishi.
5. O'quvchi va o'qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmi
y-nazariy jixatidan maqsadga muvofiqligi.
6. O'quvchilar mavzuni ilmiy jixatdan to'g'ri qisqa va mukammal bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
7. Dars davomida yangi mavzuni bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi ta'limni tarbiya bilan bog'liq olib borilishi.
Bu o'qituvchining o'z darsini ta'lim tamoyillariga amal qilgan xolda olib borganligi ta'lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoydalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to'g'ri xamda mukammal bayon etilganligini taxlil qilish demakdir.
Bu o'qituvchining o'z darsini ta'lim tamoyillariga amal qilgan xolda olib borganligi ta'lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoydalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to'g'ri xamda mukammal bayon etilganligini taxlil qilish demakdir.
1. Darsni o'qituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiya asosida olib borganligi.
2. O'qituvchi bayoning g'oyaviy jixatidan ta'lim-tarbiya talabalariga mos bo'lganligi.