Bar(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan, ichi joriy rang va usulda bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
Bar3D(X1,Y1,X2,Y2,a,b) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan parallelepiped chizadi. Bu yerda a – parallelepiped yon tomonining uzunligi, b esa mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati “rost” bo‘lsa parallelepipedning yuqori qirrasi chiziladi, “yolg‘on” bo‘lsa chizilmaydi.
5 –misol. Ichi qizil rangli qalin gorizontal chiziqlar bilin to‘ldirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va havorang paralelopiped chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘);
SetFillStyle(2, 4); Bar(10,10,400,200);
SetFillStyle(1,9); Bar3D(100,200,350,400,50,True);
Readln; CloseGraph;
End.
FillEllipse(X,Y,XR,YR) operatori markazi (X,Y) koordinatali nuqtada, X va Y o‘qlari bo‘yicha radiuslari (eni va bo‘yi) mos ravishda XR va YR ga teng, joriy rang va usulda bo‘yalgan ellips chizadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |