Qoraqalpoq va Rossiya munosabatlari.
Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlari o’rnatishga harakat qilgan. Bunday yaqinlashishga bir qator omillar sabab bo’lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung’orlarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo’ldi. 1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini jo’natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o’z elchisi M. Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo’natadi. Muzokaralar natijasida ham Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz xonligiga yasoq to’lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi-ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |