Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


Avlodlararo va avlod ichidagi sosial harakachanlik



Download 0,68 Mb.
bet74/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Avlodlararo va avlod ichidagi sosial harakachanlik. Avlodlararo sosial harakatchanlikda farzandlar ota-onalariga nisbatan o’z sosial mavqyelarini yuqoriroq ko’tarishlarini, yoki, aksincha, pastroq tushirishlarini anglatadi. Masalan, konchining farzandi muxandis bo’lib yetishsa yoki korporasiya prezidentining o’g’li oddiy ishchiga aylansa avlodlararo harakatchanlikni ko’rishimiz mumkin. Avlodlararo harakatchanlik sosial harakatchanlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Uning ko’lami u yoki bu jamiyatda tengsizlik avloddan avlodga o’tayotganligini qay darajada ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. Agar avlodlararo harakatchanlik u darajada katta bo’lmasa, bunday jamiyatda tengsizlik chuqur iz topganligidan, kishining taqdirini o’zgartirish imkoniyati o’ziga emas, balki tug’ilganidan belgilanganligidan dalolat beradi. Yetarli darajadagi sosial harakatchanlik bo’lgan holatda, kishilar jamiyatdagi mavqyelarini o’zlarining intilishlari bilan belgilashadi.
Avlod ichidagi sosial harakatchanlik bir individ o’zining umri davomida sosial mavqyeini bir necha marta o’zgartirganda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, u sosial karyera deb deb ataladi. Avlod ichidagi sosial harakatchanlikda individ tomonidan erishilgan eng yuqori mavqye-karyera umrning turli vaqtida amalga oshishi mumkin.
Sosial harakatchanlik foydali va zarurligiga ishonch hosil qilish har qanday demokratik jamiyat madaniyatining ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi. Yopiq sosial guruhlarga ega bo’lgan jamiyat individuallikning namoyon bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa qobiliyatli kishilarga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga yo’l qo’ymaydi. Yopiq guruhlar – nafaqat daromadlarning tengsizligiga, balki imtiyozli guruhga o’tishdagi tengsizlikka asoslangan barcha tabaqalashtirilgan jamiyatning poydevoridir. Sosial yopiqlilik – bu boshqa guruhlar hisobiga ma’lum manbalar va ustunliklar kafolati va himoyasiga yo’naltirilgan maqomli guruh harakati sanaladi. Qayerda ko’plab yopiq guruhlar namoyon bo’lsa, qayerda maqomli guruhga o’tishda chegaralanish jarayoni ketayotgan bo’lsa, o’sha yerda stratalar va substratalar soni ko’payadi. Yosh tez rivojlanayotgan jamiyatlarda vertikal sosial harakatchanlik intensiv ko’rinish hosil qiladi. O’rta, hatto quyi sinflardan chiqqan vakillar qulay vaziyatlar, qobiliyatlar yoki uddarabonlik tufayli tezda yuqoriga ko’tarila olishadi. Buning uchun ko’pgina vakant (bo’sh) o’rinlar mavjud bo’ladi. Bu o’rinlar egallanishi bilan yuqoriga ko’tarilish sekinlashadi. Sosial guruh yopiladi.
Sosiologlar yuqoriga ko’tarilish uchun imkoniyatlar qancha keng bo’lsa, kishilar ular uchun vertikal sosial harakatchanlikning kanallari mavjudliga shunchalik ko’proq ishonishadi. Ular bunga shunchalik ko’p ishonishsa, ular xizmat pillapoyalaridan ko’tarilish uchun qanchalik ko’proq kuch bilan harakat qilishadi. Ya’ni jamiyatda sosial harakatchanlik darajasi yuqori ekanligini ta’kidlashadi. Aksincha bo’lsa, tabaqali jamiyatlarda kishilar o’z sosial mavqyelarini boyliksiz, qarindosh-urug’siz yoki tanish-bilishsiz o’zgartirish imkoniyatlariga ishonishmaydi.
Barcha jamiyatlarga sosial yopiqlik tendensiyasi xos. U sosial hayotni barqarorlashi, rivojlanishning dastlabki bosqichidan yangisiga o’tishini hamda belgilandigan mavqyelarning ahamiyatni oshishini, erishiladiganlarini pasayishini xarakterlaydi.
Ammo yuqori darajadagi sosial harakatchanlik shakllanib bo’lgan jamiyatlar uchun foydali va o’rinli. Vertikal va gorizontal sosial harakatchanlikka jins, yosh, tug’ilish va o’lim darajasi, aholining zichligi ta’sir ko’rsatadi. Umuman olganda, yoshlar qarilarga nisbatan, erkaklar ayollarga qaraganda harakatchanroq bo’lishadi. Aholisi ko’p bo’lgan jamiyatlar ko’pincha emigrasiya oqibatlariga duch kelishadi. Tug’ilish yuqori bo’lgan jamiyatlarda aholi ko’proq yosh bo’ladi va harakatchan bo’lishadi, yoki aksincha. Yoshlarga professional, o’rta yoshlarga iqtisodiy, keksalarga esa siyosiy harakatchanlik xos.
5.Biz ijtimoiy harakatga asoslangan dinamik jamiyatda yashayapmiz. Oliy ma’lumotga ega bo’lish, yuqori darajada maosh to’lanadigan ishga joylashishimiz, turmush qurishimi va yaxshi daromad topishimiz sosial vertikal mobillikka mansub qiladi. O’qishni tashlagan, ish joyini yo’qotgan va turmushi buzilganlar (ayniqsa ayollarda) pastga qarab yo’naltirgan sosial mobillikka taalluqli qiladi. Istiqbolda sosial mobillik nafaqat alohida bir kishi o’zgarishining shakli, balki butun bir jamiyatning ham o’zgarishi hisoblanadi. XX asrda industrializasiya AQSh iqtisodini kuchaytirdi va bu holat kishilarning turmush darajasini oshishiga omil bo’ldi.
Oxirigi o’n yillikda AQSh dagi ayrim zavodlarning yopilishi quyiga qarab yo’naltirilgan sosial mobillik strukturasini paydo qildi. Natijada ko’pgina kishilarga iqtisodiy zarar keltirildi. Iqtisodiy pasayish 2007 yilning oxirida millionlar kishilar daromadini va imkoniyatlarini kamaytirdi va hozirda ham bu holat davom etmoqda.91
AQShda oq tanli kishilar qoralarga nisbatan imtiyozli pozisiyada bo’lishgan. 1980-1990 yillardagi iqtisodiy yuksalish tufayli ko’pgina afro-amerikaliklar boylar safiga qo’shilishdi. Biroq, umuman olganda qora tanliliklarning real daromad o’zgarmay qoldi. Bu mamlakatdagi lotinamarikaliklar daromadi ham oq tanlilarnikidan ancha farq qilishi kuzatildi.
Feministlarning ta’kidlashicha, tarixan AQShda ayollar vertikal mobillik uchun kamroq imkoniyatlarga egadirlar. Ayollar ishlaydigan asosiy sohalar: ofislardagi kotiba va boshqa lavozimlar xizmat pillaposidan ko’tarilish uchun yetarli imkoniyatlarni bermaydi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, nikoh ham sosial holatga ta’sir ko’rsatadi. Djey Zagorskiy (2006 yilda) qirq yoshlardagi ayollar va erkaklarni o’rganib, nikohdagi kishilar bo’ydoq yurganlardan ikki marotaba ko’proq daromad qilishlarini aniqladi. Juft bo’lib yashadiganlar ikki barobar daromadga ega bo’ladilar va va soliqlarning bu kkki daromaddan yarmini to’laydilar.
Shuningde, ish joyida nikohlilar pullarini ham tejaydilar. Buning sababi shundaki, ular faqat o’zlari uchun emas, balki o’zlariga qarashli bo’lgan boshqalar uchun ham yashashlarini to’liq anglaydilar. Agarda nikoh sosial holatni yuqoriga ko’tarilishiga xizmat qilsa, ajralishlar esa ansincha, sosial holatni pasayishiga sabab bo’ladi. Endi oilaviy daromad ikki oilani ta’minlash sarflanishi talab etiladi. Odatda ajralishda ko’proq ayollar aziyat chekishadi.
Chunki erkaklar ayollarga qaraganda ko’proq mablag’ ishlab topishadi, ajoalishdan keyin mulk ikkiga bo’linishi kerak va ayollar sog’liqni saqlash uchun mo’ljallangan sug’urtalarda ajralib qolishlari mumkin.92
Sosiologlar sosial holatning qisqa fursatli va uzoq muddatli shakllarini ajratib ko’rsatadilar. Avlodlar ichidagi sosial mobillik kishining butun hayoti davomida kechadi. Avlodlararo sosial mobillik bolarlarning ota-onalariga nisbatan past va palandga qarab kechadi. Bunda u jamiyatdagi uzoq muddatli o’zgarishlar – industrializasiya kabilarni ko’rsatadi.
Ayrim jamiyatlarda kishilar sosial mobillik masalasida qancha mumkin bo’lsa, shuncha harakat qilishimiz mumkin deb o’ylaydilar. Masalang, AQShlik Lady Gaga ma’lum qilishicha, uning ota-onasi quyi sinfda voyaga yetishgan. Uning o’zi esa o’tgan yili $ 60 mln daromad qildi.
Djonni Depp Kentukkida tug’ilib, o’sgan. Otasi muxandis,onasi esa ofisianka bo’lgan. Uning o’zi esa o’tgan yili $ 100 mln. Daromad ko’rdi. Demak, yuqoriga chiqish kanallari cheklanmagan bo’lib ko’rinadi.
Avlodlar orasidagi mobillikka bag’ishlangan tadqiqotlarga muvofiq: erkaklarning 32% otasi erishgan mobillik darajasida turibdi, 37% otasidan yuqoriroq darajaga erishgan, 27% ular o’rtasidagi mobllik o’zgarmaganligini ma’lum qilishdi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish