Mavzu : Plauntoifa o'simliklar Botanika fanidan tayyorlagan


QIRQBUGIMTOIFA - (EQUISETOPHYTA) O`SIMLIKLAR



Download 0,65 Mb.
bet3/3
Sana13.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#492749
1   2   3
Bog'liq
Plauntoifa o\'simliklar

QIRQBUGIMTOIFA - (EQUISETOPHYTA) O`SIMLIKLAR.

  • Ayrim adabiyotlarda bu bo`lim bugimlilar deb yuritilgan. Bunga sabab sporali yuksak o`simliklar orasida bo`lar tanasining. Ya`ni sporachi poyasining butim va bugim oraliklariga aniq ajralganligi hamda barglarining halqasimon joylanganligidir. qirqbugimlarning ko`pchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi turlari yer ostida gorizontal va vertikal o`suvchi ildizpoya xosil qiladi. Barglari juda kichchik, ular yon novdalari (tellom)ning o`zgarishidan kelib chiqkan.
  • Qirqbugim ko`p yillik ut o`simliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari esa bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5 m gacha yetgan. qirqbugimlarning utkazuvchi boglamlari kolloterial tipda. Ksilemasining utkazuvchi elementlari turli tipdagi traxeidlardan tashqil topgan. Floemasi tursimon naylar va parenxima xujayralaridan iborat. Sporofillari poyani spora xosil kiluvchi zonasidv yoki vegetativ barglar bilan navbatlashib yoki poyaning uchida faqat sporafillardan iborat holda yoki steril barglar bilan aralash holda spora boshoqlar (strabila) da halqasimon joylashgan.

Ko`pchilik qirqbugimlar teng sporali o`simliklar xisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil sporalilar bo`lgan. qirqbugimtoifa o`simliklar devon davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqkan, va toshkumir davrida yaxshi taraqqiy etgan. Trias davriga kelib ayniqsa daraxtsimon vakillari kirila boshlagan.
Bu bo`lim bittadan qabila,oila, turkum va 20 ta to`rni o`z ichiga oladi.
QIRQBUGIMNAMOLAR (Eguisetales) qabilasi yagona qirqbugimdoshlar (Eguisetaceae) oilasi va qirqbugim (Eguisetum) turkumidan iborat. Toshkumir davrida Yer sharida yashnab o`sgan qirqbugimnamolardan bizning davrimizgacha faqat bitta turkum vakillari saqlanib qolgan. Bu turkum yer sharida keng tarqalgan. O`zbyokistonda ikkita turi o`sadi. qirqbugim sporafitining yer ostidagi ildizpoyasida, ildizi va tuganaklari joylashgan.
  • Ildizpoyalari 2 xil: gorizontal va vertikal tipda bo`ladi. Gorizontal ildizpoyasi kuchli taraqqiy etgan, bugim oraliklarining uzunligi 25 sm gacha boradi. Yer ostida 0,5 m dan 2 m gacha cho`qurlikda joylashgan. Tik (vertkal) ildizpoyasi esa ancha ingichka, bugim oraligining uzunligi ham 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoyasi gorizontal ildizpoyadan taraqqiy etadi. Ildiz xosil kiluvchi ko`rtaklarini taraqqiy etishi tufayli yangi ildizlar xosil bo`ladi. Gorizontal va vertikal ildizpoyalarning ayrim yon ko`rtaklaridan tugunaklar xosil bo`ladi. Bu tugunaklar kelib chiqishi jihatidan qisqargan va yug`onlashgan novda bo`lib, o`zida ko`p mikdorda ozuka modda, ya`ni kraxmal tuplaydi, hamda vegetativ ko`payish vazifasini bajaradi.

Qirqbugim turkumining vakillari yer usti poyasining morfologiyasiga ko`ra ikkita guruhga bo`linadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil to`zilishga ega. Ularda spora boshoqlari (strabil) bosh poyasining uchida, ayrimlarida yon novdalarining uchlarida xosil bo`ladi. Bu guruhga O`zbyokistonda keng tarqalgan shoxlangan qirqbugim E.ramosissimum kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi qirqbugim turlarining yer usti pallasi ikki xil bo`ladi. Birinchisi kungir yoki yashil rangli, spora xosil qiladi, ikkinchisi yashil rangli, vegetativ poya deb ataladi. O`zbyokiston sharoitida o`suvchi dala qirqbugimida (E.arvense) spora xosil kiluvchi poya erta baxorda o`sib chiqib, spora xosil kilgandan so`ng kuriydi.
U xlorofillsiz kungir rangli bulishi va shoxlanmaganligi, ya`ni bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi. Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, yashil rangli bulishi va sershoxligi bulishi bilan ajralib turadi. qo`yida O`zbyokiston sharoitida o`suvchi dala qirqbugimi (E.arvense) bilan tanishamiz.
Dala qirqbugimi ko`p yillik ut o`simlik. U dars yokalarida, arik buylarida ba`zan esa ekin maydonlarida begona ut sifatida o`sadi. Ildizpoyasi yer ostida 1 m gacha cho`qurlikda joylashgan. Ildizpoyasi bugimlarga bo`lingan bo`lib, xar qaysi bugimdan ildizlar taraqqiy etadi. Ildizpoyadan tugunaklar ham xosil bo`lib, unda ozuka modda to`planadi va vegetativ ko`payish vazifasini bajaradi. Yer usti poyasiniki har xil. Erta baxorda shoxlanmagan, kungir rangli, generativ poyasi o`sib chiqadi. Bu poya spora xosil kilgandan so`ng o`z vegetasiyasini tugatadi.
  • Ikkinchisi yoz oylarida chiquvchi yashil, sershox vegetativ poya. Xar ikkala poya ham ko`p kirrali va poyasining ichi bush bo`ladi. Barglari poya bugimlarida halqasimon joylashgan, juda mayda, asosi qo`shilgan, xlorofillsiz. Shuning uchun barg vazifasini yashil novdalarda bajaradi. Poyani tashqi tomonini epidermis urab olgan. Unda labcha xujayralari joylashgan. Epidermis ostida xlorofill donachalariga boy assimilyasiya tukimasi joylashgan. Undan ichkarisida yupqa pustli, dumalok shakldagi asosiy parenxima xujayralari bo`ladi.

Dala qirqbugimining jinssiz ko`payishida, poyasining uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshogi (strabil) xosil bo`ladi. Boshoqning markaziy ukiga halqasimon shaklda sporafillar o`rnashgan Xar qaysi sporafilldagi sporangiyalarda teng sporalar xosil bo`ladi. Ular yetilgandan so`ng sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muxitga tarqaladi. Tuproqka tushgan sporalar qo`lay sharoitda o`sib gametofitni xosil qiladi. Gametofitlari yashil plastinka shaklda, ayrim jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib, arxegoniydagi urg`ochi tuxum xujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum xujayradan xosil bo`lgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbugimning sporafitiga aylanadi.
Dala qirqbugimi dorivor o`simlik. Uning yozgi poyasi konni to`xtatish va siydikni xaydash xususiyatiga ega.
E’tiboringiz
uchun raxmat !
Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish