Matnning lingvistik tavsifi



Download 30,9 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2022
Hajmi30,9 Kb.
#511514
  1   2   3
Bog'liq
4-ma`ruza


Matnning lingvistik tavsifi.
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu yashagan zamonlardayoq so‘zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga ko‘chirish muammosi mutafakkirlar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan edi. Hatto bu notiqlik san’ati bilan bog‘liq bo‘lmagan ravishda, so‘zning, so‘zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‘liq ohanglar garmoniyasi buyuk faylasuflarga ilhom manbai bo‘lgan edi. Ular so‘z tarkibiga singib o‘ziga xos ma’no va ohang kasb etib ulgurmagan tovushlarga ham o‘zgacha mazmun berishga intilishgan edi. Masalan, «r» – tezlikning, shiddatning ramzi, «l» - viqorning, silliqlikning, yaltiroqlikning ifodachisi, «i» - torning, «a» - kattaning, «e» - abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan. Keyinroq tovushlar tabiati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar «u», «d», «r» tovushlari dahshatni yodga solishi, «i» xursandchilikning, «m», «n», «l» tovushlari nazokatning sirli ramzlari ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qilishgan.1
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar. Masalan:
1.Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho‘zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini cho‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta’kidlanadi.2 Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko‘rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov). Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo‘l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o‘yla-ab tursam, o‘g‘lim, dunyoni ishi qiziq.(A.Muxtor) «Sharq» sahnasi bilan «Turon»ning to‘rtta karnayi: g‘o-o-o-o-ot, g‘o-o-otu-u-u g‘o-o-o-ot! G‘ort-g‘ort-g‘ort! Ha, tovushing o‘chkur, ha, egasiz qolg‘ur!! (A.Qodiriy)
- Qadrlasangiz, qani, siz ham bir duo bering,-dedi muallim. – Bi-ir tomosha qilib, gullar terib kakliklaringizni sayrashini eshitib ketaylik.
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan:
- Marhamat... O‘-o‘, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g‘ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qo‘shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh. Xolmirzaev)
- O‘-o‘o‘, okaxon, tuda-suda to‘laysiz-da. (SH. Xolmirzaev)
-A-a-a, o‘sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yo‘qligimni qarang-a.(S.Ahmad)
Men o‘zimning odmi plashimni ham devordan daromad qilib yasalgan shifonerga ildim. – O-o! – deb yana o‘zi ichkariga yo‘l tortdi Tavakkal.- Yаxshi-ii... A, Gulsara? Bir kishiga bo‘ladi-da! (Sh. Xolmirzaev)
Mazkur fonografik usuldan badiiy matnda xitob, chaqirish, da’vat, tinglovchi e’tiborini jalb qilish kabi maqsadlarda ham foydalanilishini kuzatish mumkin. Masalan, chaqirish:
Ziyodni onasi paxtazor qarab-paxtazor qarab chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u!
Men Ziyodni onasi qo‘lidan tortib-tortib yig‘lab qo‘yaberaman.
Yuring ketamiz, momo! – deydi . – Yuring ketamiz, hozir samolyot keladi!
Ziyodni onasi gapimni korlamaydi. Entikib-entikib chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u!
Ziyodni onasi o‘pkasi to‘lib-to‘lib chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u! (T.Murod)3
2.Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me’yor bo‘yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo‘lgan so‘zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So‘zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, xursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga «aynan» etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me’yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda ro‘y berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar ifodalangan bo‘ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). O‘zim shu baytni yakkaxonlik qilmoqdaman: Dardi yo‘q - kessak, Ishqi yo‘q - eshshak! (A.Qodiriy)4

Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish