14. Boshqa usullarda ishlov berish
Mashinasozlikda yuqorida keltirilgan tanavorlar yuzalariga ishlov berish usullaridan tashqari, bu usullar bilan ishlov berib bo’lmaydigan juda ko’p turli xil materiallar mavjud. Bularga asbobsozlik materiallari, qattiq qotishmali, yuqori haroratlarga chidamli materiallar, olmosni o’rnini bosuvchi va olmosli materiallar, keramika, shisha kvars va boshqa qiyin ishlanuvchi konstruksion materiallar kiradi. Bunday materiallarga ishlov berishda: elektr-fizikaviy, elektr-kimyoviy, ultra tovush, elektron nur, plazma yordamida ishlov berish va lazer yordamida ishlov berish usullari muvaffaqqiyatli qo’llanilmokda. Bu usullarning har biri uchun maxsus tadqiqotlar o’tkazilib, har biri uchun maxsus texnik va texnologik qo’llanmalar va adabiyotlar chop etilgan. Bu texnik adabiyotlarni universitet va fakultet kutubxonalaridan olib foydalanishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |