12. Ishqalash usuli (pritirka)
Bu usul bilan ishlov berishda, tanavorning o’ziga qaraganda yumshoqroq materialdan tayyorlanuvchi ishqalash asbobi qo’llaniladi. Tanavorga ishqalab ishlov berish, ishqalash asbobi va tanavor orasida abraziv kukuni va pastalarini joylashtirish orqali olib boriladi. Bunda, dastlabki va yakunlovchi ishqalash usullari ishlatiladi. Dastlabki ishqalash bilan tanavorlarning geometrik shakl xatoliklarini to’g’rilash uchun kerakli bo’lgan yupqa qatlam olib tashlanadi. Yakunlovchi ishqalash bilan etkazilib ishlov berilib tozalik darajalarini oshirishga erishiladi. Bu usul 0,1 mkm aniqlikka va Ra=0,125-0,05 mkm yuza tozaligiga erishishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |