«mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti «Texnologik mashinalar va jihozlar»


-MARUZA Yoy razryadida fizik jarayonlar



Download 4,18 Mb.
bet15/62
Sana26.05.2022
Hajmi4,18 Mb.
#609827
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
Payvandlash jarayonlari nazariyasi maruza

14-MARUZA
Yoy razryadida fizik jarayonlar
Reja:
1. Elektr yoyida zaryadlarning ko`chishi.
2. Elektr yoy sohalari va ularda kechadigan jarayonlar.
3. Yoy ustunida ionlar va elektronlarning xarakatchanligi
Yoy razryadidagi elektr toki elektr zaryadlangan elementar zarrachalar, elektronlar va ionlar bilan ko‘chiriladi. Agar zarrachalarni manfiy zaryadlangan zarrachalar elektronlarning xarakati yo‘nalishida ko‘chirish jarayoni qarab chiqilsa, yoy razryadining uchta o‘ziga xos soxasini belgilash mumkin:
1. Katod sohasi
2. Yoy ustini sohasi
3. Anod sohasi
Katod sohasi. Metall o‘tkazgichda elektr toki faqat elektronlar bilan tashiladi. Ionlar metall panjarada mustahkam bog’langan. Razryad oralig’iga elektronlarini beradigan elektrod - katod deb ataladi. Chegara soxasida katodning sirti - gaz razryadli oraliqda tokning chegaraviy sirt orqali o‘tishini ta’minlovchi murakkab elektr jarayonlar yuz beradi.
Yoy ustuni. Yoy ustuni deb ataluvchi razryad oraliq sohasi orqali tokning o‘tishi yoy ustunida gazning ionlanishi uchun etarli gazning yuqori temperaturasi mavjudligi bilan ta’minlanadi. Gaz - razryadli oraliqda vujudga keluvchi elektr maydon yoy ustunida ionlar va elektronlarning yo‘naltirilgan xarakatiga sabab bo‘ladi, bu esa gaz razryadli oraliq orqali barqaror elektr tokini ta’minlaydi.
Anod sohasi. Gaz - razryad oralig’ining chegaraviy sohasida -ikkinchi elektrod sirti-anod sohasi deb ataladi, tokni chegaraviy sirt orqali ko‘chirish yoy ustuni sohasidan anod sirti orqali elektronlarning ichkariga xarakatlanuvchi elektronlar bilan ta’minlanadi. Katod soxasida yuz beradigan jarayonlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz.
Yoy ustuni. Yoy ustuni ichuda yuqori 6000 °K va undan yuqori temperaturalargacha qizitilgan.
Tyoust=810∙Uef. Bunday temperaturada razryad oralig’ida gaz atomlari va molekulalarining sezilarli ionlanishi yuz berib, bunda musbat zaryadlangan ionlar va elektronlar katta miqdori paydo bo‘ladi. Zaryadlangan elementar zarrachalar betartib issiqlik xarakatida bo‘ladi.
Yoy ustunida to‘plangan energiya zaxirasi atrof fazoga sarflanadi. Ustun energiyasining katta qismi nurlanishga sarflanadi; energiyaning bir qismi zaryadlangan zarrachalarning yoy ustuniga yaqin sohaga diffuziya tufayli yo‘qoladi; energiyaning bir qismi yoy ustunida uchib chiquvchi neytral gaz atomlari olib ketiladi (issiqlik o‘tkazish xodisasi) va energiyaning yana bir qismi yoy ustunidagi endotermik, kimyoviy reaktsiyalarda yo‘qoladi (murakkab molekulalar ionlashuvi, dissotsiatsiyasi va x.k).
Energiya yo‘qotishlari tashqi manba-tok generatori, yoy ustunida “Uus” kuchlanish tushish vujudga kelishi bilan to‘ldiriladi. Bunda tok manbai energiya sarflaydi:

bunda  - ustundagi sarflangan energiya, vatt
  –yoydagi tok kuchi, A;
 –ustunda kuchlanishning tushishi,
Shunday qilib: JE∙Uust=Rnur+Rdif+Riss+Rkimyo

ga teng yoy ustunida elektr maydondan kuchlanganligi yoy ustunida zaryadlangan zarrachalarning yo‘naltirilgan oqimini yuzaga keltiradi. Bu yo‘naltirilgan xarakat zarrachalarning tartibsiz issiqlik xarakati bilan qo‘shiladi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish