«mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti «Texnologik mashinalar va jihozlar»


-MARUZA 2-modul. Elektr yoy nazariyasi



Download 4,18 Mb.
bet11/62
Sana26.05.2022
Hajmi4,18 Mb.
#609827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
Payvandlash jarayonlari nazariyasi maruza

11-MARUZA
2-modul. Elektr yoy nazariyasi
2.1-mavzu.Elektr yoyining elektrod va payvandlash metallariga ta’siri
Reja:
1. Elektr yoyi haqida tushuncha.
2. Elektr yoyida kechadigan reaksiyalar
3. Elektr yoyininin asosiy elektr hususiyatlari.
Elektr yoyi-gazlarda elektr razryadining turlaridan biri bo‘lib, u boshqa turdagi razryadlardan gazning yuqori temperaturasi (4000-15000 °C), yuqori tok kuchi razryadiga va razryadda nisbatan kichik elektr maydon bilan farq qiladi.
Yuqori tok kuchi (1,0-2000A), kuchlanish tushishi (10÷60V) yoyda razryad egallagan nisbatan kichik xajmlarda katta miqdordagi issiqlik energiyasining ajralishi imkonini ta'minlaydi.
Bu esa razryad ta’siri xududida payvandlanayotgan metallni yoy energiyasidan yuqori koeffitsient bilan foydalanib jadal eritishga imkon beradi, bu esa elektr yoyidan metallarni payvandlash uchun afzallik bilan foydalanishni ta’minlaydi.
Yoy fazasida gazlar o‘rtasidagi xamda gazlar va metallar o‘rtasidagi kimyoviy o‘zaro ta'sir; yoki bu kimyoviy reaktsiyalarning jadalligi asosan reaktsiya xududining temperaturasi bilan belgilanadi.
Elektr yoyi xududida gazlarning yuqori temperaturalari endotermik reaktsiyalarning ustuvor kechishini ta’minlaydi. Bunda biz H, O vа N kabi atomar gazlarning yoki NO,OH kabi birikmalarni kuzatamiz.
Elektr yoyi hududidagi yuqori temperaturalar yuz berayotgan reaktsiyalarning tezligini ancha ortiradi. Elektr yoyida yangi aktiv gazlarning vujudga kelishi gaz fazasining metall bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonini tubdan o‘zgartiradi, bu esa payvand choklarining va mos ravishda uning fizika-kimyoviy xossalarining katta o‘zgarishlariga olib keladi.
Elektr yoyining asosiy elektr xususiyatlari razryad tokining katta zichlikda bo‘lishi va razryad elektr maydonining nisbatan kichikligi xisoblanadi.
Razryadning zaruriy sharti gazda elektrning (tokning) razryad oralig’i orqali ko‘chirilishi amalga oshiriladigan elementar elektr zaryadlangan zarrachalar (ionlar, elektronlar) ning mavjud bo‘lishi hisoblanadi.
Ifodalangan zarrachalarning mavjudligi razryad oralig’ida gazlarning ionlanishi bilan ta’minlanadi.
Tokning turi va qutbi ham chokning shakli hamda o`lchamlariga ta’sir qiladi. To`g`ri qutbli o`zgarmas tok bilan payvandlashda suyuqlanib-qo`yilish uzunligi teskari qutbli o`zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 40–50% ortiq, bunga sabab anod va katodda ajralayotgan issiqlik miqdorining turlicha bo`lishidir. O`zgaruvchan tok bilan payvandlashda to`la payvandlash chuqurligi to`g`ri qutbli o`zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 15–20% kam bo`ladi.

2.3.1.rasm. O`zgarmas tokda payvandlashda ulanish turlari.
Yoyni yondirish uchun payvandchi elektrod uchini metallga tekkizadi, keyin tezda uni 2–4 mm chetlashtiradi. Shu vaqtda yoy hosil bo`ladi. Bu yoy doimo bir xil uzunlikda bo`lishi uchun elektrod erishiga qarab sekin-asta pastga tushirib boriladi. Yoy hosil bo`lguniga qadar payvandchi yuzini qalqon yoki maxsus qalpoq bilan to`sishi kerak.
Ikkinchi usul quyidagilardan iborat: payvandchi payvandlanadigan metall yuzasini elektrod uchi bilan uradi va so`ngra tezda sal orqaga chetlatib, yoyni yondiradi.
4.1 - rasm.Yoyni ikki xil yoqish usuli.
4.2 2.6.1- rasm. Yoyni yoqish texnikasi
Yoy mumkin qadar kalta bo`lishi kerak. Yoy kalta bo`lsa, chok yaqinida mayda metall tomchilari kam hosil bo`lib, elektrod bir tekisda uchqun sachratib osoyishta eriydi, payvandlanadigan metall yanada chuqurroq eritiladi.
Uzun yoy asosiy metallning zarur darajada chuqur erishini ta’minlamaydi. Elektrod metalli esa erishida juda ko`p sachraydi. Natijada notekis chok hosil bo`lib, oksid qo`shilmalar ancha ko`payadi.

2.6.2 - rasm. Yoyni yonish sxemasi
Yoyning uzun-qisqaligi haqida uning yonishida chiqadigan tovushga qarab aniqlash mumkin. Yoy normal uzunlikda bo`lganida bir tekisda va bir xil tovush eshitiladi. Yoy haddan tashqari uzun bo`lsa ancha keskin va qattiq, tez-tez uzilib paqillaydigan tovush eshitiladi.
Yoy uzilgan hollarda u uzilgan joy yaqinidagi payvandlanmagan metallda qaytadan yondiriladi, so`ngra yoyni uzilgan joyiga keltirish, yoy uzilishi natijasida hosil bo`lgan kraterni sinchiklab payvandlash va payvandlashni davom ettirish kerak.
Elektrodni chok uzra tebratmasdan to`g`ri surib borganda u erib ipga o`xshash ingichka valik hosil qiladi. Elektrod tik holda yoki oldiga qiyalatib yoki orqaga qiyalatib ushlagan holda payvandlanadi .

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish