Ma’ruzalar matni


Mavzu  3:   Temir yul  transporti, uning texnik - iktisodiy xususiyatlari va



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana10.08.2021
Hajmi0,74 Mb.
#144354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
yagona transport tizimi va xar xil transportlar uzaro yondoshuvi

Mavzu  3:   Temir yul  transporti, uning texnik - iktisodiy xususiyatlari va 

rivojlantirishi ilmiy texnik muammolari 

 

Ma’ruza rejasi 

1. Temir  yul transportining asosiy texnik jixozlari . 

2. Temir yul transoprtida tashish  klassifikatsiyasi 

3. Temir  yul tansportini rivojlantirish muammolari 

Adabiyotlar 

1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti 

sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi 

prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari,  yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari, 

chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha. 

2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984 

 

Temir  yul  transporti  jixozlari  asosiy  elementlariga  yol  kurilmalari  (izlar),  sun’iy  inshoatlar, 



bekatlar,  transport  vositalar,  elektro  ta’minoti  kurilmalari,  poyezd    xarakatini    tartibga  solish  va  uni  

ekspluatatsiya kilish ishlarni boshkaruvchi maxsus vositalar kiradi. 

Mamlakatimiz  temir  yul    transporti  izlari  orasida  ichki  kengilik,  ya’ni  (koleya)    1520  mm  ga 

tengdir. Boshka davlatlarda temir yul transporti izlari kengligi 1435 -1676 mm dan  iborat. 

Transport  barcha  turlardagi  tashish    jarayonini  tashkil  kilishda  xarakat    xavfsizligini  talablarga 

binoan, temir  yullardagi kuprik va  transport  tunneldan, yuk passajir platformalarini  kurishda ularning 

temir  yul    izlariga    yakinlanish  oraliklariga  aloxida  talab    kuyiladi.  Shu  talabga  kura  asosiy  temir 

yullardagi kurilmalar balandligi 6400 mm va eni 4900 mm dan kam bulmasligi kerak. GOST  talabiga 

binoan.  Transport  vositalarning  ulchamlarining  balandligi  (ortilgan  yuklarni  xam  xisobga  olganda)  

4280  -  5300    mm  eni  3150  -  3600  m  etib  belgilanadi.  bunday  belgilash  xarakat  xavfsizligini  

ta’minlashni kuzda tutadi. 

Temir  yul    transportida  transport  vositasi  birligi  (lokomotiv  va  vagonlar)  ning  uzunligi  davlat 

standarti  bilan  cheklanib  kolmay,  u    xar  bir  metr  iz  "sortirovka  balandchalari"  dan  bemalol  utishga 

muljallab xisoblash yuli bilan  topiladi. Poyezdlar umumiy uzunligini  belgilashda esa bir tomon, tortish 

dinamikasi, ikkinchi tomondan, yuldagi bekatlar kabul kilish va junatish izlari uzunligini xisobga olish 

lozimdir. 

Transport  vositasi  va  izlarning    kurilish  sifati  kursatgichlari  urtasida  ma’lum  darajadagi  ogirlik 

tushish    chegarasi  bulib,  u  xar  bir  uk  va  pogonometr    iz    uzunligiga    tugri  keluvchi  ogirlik  bilan 

belgilanadi.  Xozir  magisral  temir  yullardagi  sun’iy  inshoatlar  va  xar  bir  pogon  metr    izlarga    tugri 

keluvchi  maksimal  ogirlik  yakka  va  kushma  gildiraklarli  yuk  vagonlari    ukiga    tushuvchi  maksimal 

ogirlik 22 t, lokomotivlarning xar bir uki uchun esa 23 t. dan  oshmaslik kerak.  

Temir  yul  transportida  bekatlar:  oralik,  uchastka,  poyezd  va  vagonlar  saralash.  Passajir  va  yuk  

bekatlariga bulinadi. 

Oralik  bekat  temir  yul    transportidagi  eng    kichik  bekat  bulib,  unda    asosiy  yuldan  tashkari  2-3 

izlar,  kichikrok  passajirlar  binosi,  ortish  -  tushirish  va  saklash  punktlari,  aloka,  signalizatsiya 

kurilmalari buladi. 

Uchastka  bekatlar  xar  100-1500  km    oralikda  kurilgan  bulib  unda  20  tagacha  izlar  lokomotiv 

denosi, yonilgi va moylash  materiallari, suv, kum, passajirlar binosi, aloka signalizatsiya va boshkalar 

buladi. 

Poyezd va vagonlar saralash bekatlari asosan yirik shaxar va sanoat markazlarda, dengiz va daryo 

portlari yakinida tashkil etiladi. Xar xil ishlarni bajarish uchun 50 dan ortik izlar kuriladi. 

Passajir  bekatlari  shaxarlarda  va  sanoat    markazlarida  kuriladi  va  kerakli  inshoatlar,  texnik 

jixozlar,  mamuriy  binolar,    mexmonxona  va  boshkalar  bilan  ta’minlangan  buladi.  Passajir    bekatlari,  



vokzal binosi va vokzal oldi maydonlari yagona  kompleksda  kurilgan bulib, ular  passajirlarga xizmat  

kilishda  kulaylik  yaratishni  va  passajirlar    xarakati  xavfsiz  bulishini    ta’minlaydi.  Yirik  passajir  

bekatlari  yakinida  lokomativ  va  vagon      depolari,  aloka    va  signalizatsiya  kurilmalari  bulishi  kerak. 

Odatda passajir bekatlarida passajirlar  bagajidan tashkari yuk  operatsiyalari bajarilmasligi kerak. 

Yuk bekatlari asosan katta  xajmdagi yuk ortish va tushirish ishlarini bajaruvchi bekatlardir. 

Yuk bekatlari uz navbatda kuyidagicha bulishi mumkin: 

yuk  junatishga  muljallangan  bekatlar.  Bunday  bekatlardan  asosan  yuk  junatilib,  kam    mikdorda  

yuk kabul  kilinadi. Kuplab  junatiluvchi yuklar, mijozlar, ya’ni sanoat  korxonalari, kumir korxonalar 

yuklari  shoxobcha yullarida ortiladi, chunki bunday yullar yuk  bekatidagi izlar bilan bevosita  ulangan  

buladi; 


yuk  kabul  kilishga  muljallangan  bekatlar  -  bunday  bekatlarda  asosan  yuk  kabul  kilinib.  oz  

mikdorda  yuk    junatiladi.  Kup  xollarda  bunday  bekatlar  elektr  stansiyasi,  katta  ulgurji  baza  va 

omborlar, yengil va ozuka sanoati korxonalari. Shoxobcha yullari bilan  boglangan buladi

yuk  ortish  -  tushirishga    muljallangan  bekatlar.  Bunday  bekatlar  kupincha  yuk    utkazuvchi  

punktlarida  yoki  davlatlar  aro  chegara    punktlarda  tashkil    kilinadi  va  bunday  punktlarda  yuklar  bir 

transportdan ikkinchisiga  utkaziladi; 

yuk junatish va kabul  kilishga  muljallangan bekatlar. Bunday bekatlardagi junatiluvchi va kabul 

kilinuvchi yuklar mikdori  taxminan teng buladi. 

Yirik  temir yul  uzellardagi yuk bekatlar aloxida yuk  turlarini: tosh kumir, yogoch, don, kurilish 

materiallari,  taralangan  yuklar,    konteynerlar  va  xakozolarnigina  kabul    kilish  va    junatish 

ixtisoslashtirilgan buladi. 

Yukorida sanab  utilgan  bekatlardan tashkari  ayrim texnika xizmatlarini  amalga  oshirish  uchun  

raz’yezdlar  tashkil    etiladi.  Raz’yezdlar  asosan    bir  izli  yullarda  karama-karshi  yunalishlarda 

xarakatlanuvchi va tez katnovchi  poyezlarni utkazib yuborish uchun tashkil kilinadi. 

Temir yul  transportidagi  vositalarga  lokomotivlar, vagonlar va uzi yurar motor-vagonlar kiradi. 

Yuk  tashishda  yoyik  vagonlar,  yarim    yoyik  vagonlar,    platforma  yoki  past  bortli  vagonlar,  

sisterna va izometrik vagonlardan foydalanadi. 

Temir  yul   transportidagi  vagonlar  yuk tashish  asosiy xarakteristikasiga    kuyidagilar kiradi:  yuk  

kutarish  kobiliyati,    vagonning  foydali  ichki  xajmi,  uklar  soni,  kushimcha  asbob  uskunalar  borligi  va 

boshkalar. 

Passajirlar    tashuvi  vagonlar  parikiga  yumshok    vagonlar,  kupe  vagonlari,  utirib  ketishga 

muljallangan vagonlar  xamda restoran, pochta va bagaj vagonlari xam bor. 

Temir yul  transporti asosiy texnika  jixozlariga elektr  ta’minoti xujaliklari, kontakt sim  tarmokli 

va  elektr  ta’minoti    podstansiyalari  xam  kiradi.  Xozir  temir    yul  transportidagi  umumiy    yullarning 

uchdan  bir  kismi    elektrovoz  tortish  kuchlariga  utkazilgan  bulib,  ular    juda  kup    mikdorda  dizel 

yonilgisi tejash imkonini beradi. 

Temir  yul  transporti  xarakatini  tartibga  solish  va    ekspluatatsiya  ishlarini  boshkarishni  tartibga 

solish va  kompleks avtomatika, telemexanika, elektronika va aloka kurilmalari xam  transport texnika 

jixozlari jumlasiga kiradi. Bunday  texnika jixozlari, temir yul   va avtomobil yullari kesilgan joylardagi 

shlagbaumlar  va  svetoforlar,    tegishli  signalizatsiya  buyicha  ishlaydilar.  Bunday  tashkari  bekatdagi 

strelka  va  boshka  signalizatsiya  markazdan  turib  avtomatika  yordamida    ishlatiladi  va    bu  markaziy  

dispetcherlik tizimi (MDT)  deb ataladi. 

MDT bir kishi, ya’ni navbatchi dispetcher 100-250  km  li  katta masofalarda poyezd  xarakatini 

markazdan  boshkarib    turadi.  Odatda  markazlashtirilgan  dispetcherlik  tizimi  kullanilganda  masofa 

oraligida  xamda  bulinish    punktlarida  navbatchilar  va  strelkachilar  bulmaydi.  Ular    bajaradigan 

vazifalari  telemexanika  va  avtomexanika  asboblari  orkali    markaziy    punktidagi  dispetcherning  uzi  

bajaradi. 

Xozirgi  davr  lokomotivlari  mustakil  ishlovchi  avtomatik  signalizatsiya  vositalari    bilan  

jixozlangan  bulib,  ular  markaziy  dispetcherlik  signalizatsiyalarini  xamda  poyezd    yakinlashib 



borayotgandan  svetofor  xolati  signallarini  kabul    kilish  uchun    xizmat    kiladi,  xarakat  uchun    xavf  

tugilgan vaktlarda poyezdlarni avtomatik ravishda  tuxtab koladi. 

 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish