Mavzu 13. Mijozlarga transport-ekspeditsiya kursatish xizmati- 2 soat.
Ma’ruza rejasi
1. Transport boshkaruvini tashkiliy tuzilishi.
2. Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Xozirgi kunda avtomobil transporti bilan temir yul transportida yiliga juda katta mikdorda
yuk tashiladi. Bu bilan boglik bulgan yordamchi transport operatsiyalarning asosiy kismi kup
xollarda yuk oluvchilar yoki yuk yuboruvchilar bajaradi. Axborot ishlari, xujjatlarni rasmiylashtirish,
yuk tashishini rejalashtirish, yuklarni komplektlash, xisoblashlar va boshka yordamchi operatsiyalar
xam kupincha markazlashtirilgan tartibda bajarilmaydi. Bunda yuk tashishning yagona transport
jarayoni 2-3 mustakil kismga bulinib ketadi. Bunday sharoitda me’rli ishlab turgan yagona transport
tizimi oldida yuklarni "junatuvchi omboridan yuk oluvchi omborigacha" tashish operatsiyalarni yuk
junatuvchi va oluvchi ishtiroksiz yagona xujjat buyicha amalga oshirilishi vazifa kilib kuyilishi
mumkin. Bunday xollarda transport jarayoni uzluksiz amalga oshirilishi bilan birga yagona transport-
ekspeditsion xizmati kursatish ishlari markazlashtirilgan usulda bajariladi. Barcha yordamchi ishlardan,
ya’ni yuklarni temir yul bekatlarga, daryo portlariga avtomobil transportida olib kelish yoki aksincha
ulardan olib ketish xamda yuklarni junatuvchi omboridan yuk oluvchi omborigacha eltib berish
ishlaridan yuk egalari ozod kilinib, bunday ishlarni transport-ekspeditsion xizmatlarini bajaruvchi
maxsus tashkilotlar bajaradi.
Xozirgi mavjud maxsus transport-ekspeditsion tashkilotlarning ish tajribasi ular faoliyati
yukori darajada samarali ekanligini kursatmokda. Bunda ekspeditorlar va yuk ortuvchi ishchilar soni
keskin kiskaradi, avtomobillardan foydalanish yaxshilanadi, ayrim xollarda yuk tashish xarajatlari 2-3
marta kamayadi, vagonlar, avtomobillar, ortish-tushirish mashina va mexanizmalarning bekor turib
kolish vaktlari sezilarli darajada kiskaradi, yuklarni bir transport turidan ikkinchisiga utkazishni
rasmiylashtirish bilan shugullanadigan xodimlar soni keskin kamayadi yoki umuman kerak bulmay
koladi, temir yul bekatlari va portlardan olib ketilmagan koldik yuklar xajmi kamayadi.
Transport- ekspeditsion xizmatini kelajakda keng tarkatish va mamlakat transport tizimining
transport turlarini bir-biriga boglab turuvchi ajralmas kism bulib kolishi kerak.
Tajribalar shuni kursatdiki, yuk tashib keltirish va olib ketishdan xamma operatsiyalar
transport-ekspeditsion xizmati bilan tula ta’min etilganda bir yilda xalk xujaligidagi transport
xarajatlarni taxminan bir necha million sumga kamaytirish mumkin. Shuni kayt kilish kerakki,
xarajatlarni bunday kamaytirishga kushimcha kapital mablag sarflamay, fakat tashkiliy tadbirlar
utkazish yuli bilan erishiladi.
Passajirlarga kompleks transport-ekspeditsion xizmati kursatish kup xollarda transportdan
foydalanuvchilarga chipta sotib olish, kul yuklarni va bagajlarni keltirib berish, transportning bir
turidan ikkinchisiga utish uchun bir kancha kulayliklar yaratadi.
Transport-ekspeditsion xizmatni tashkil kilishda barcha turdagi transportlarda xam passajirlar va
ular kul yuklarni xamda bagajlarini tashish ishlari bir xil, chipta xujjatlari iloji boricha yagona bulishi
takozo etiladi.
Bu narsa bir necha passajir transporti turlaridan foydalanganlarida passajirlarga kulayliklar
yaratadi. Shuni yana bir bor takrorlash zarurki, passajirlarga kulayliklar yaratishda chiptalarni bir necha
(15) kun ilgari sotish va passajirlar bagajlarini keltirib berish va bir transport turidan ikkinchisiga
utishda ularga zarur xizmat kursatish juda katta axamiyatga egadir. Passajirlarga transport-
ekspeditsion xizmati kompleks tashkil kilinganda ularga kushimcha xizmatlar xam kursatish mumkin.
Masalan, aloxida turistik xizmatlar kursatish (mexmonxonalarga joylashtirish, kino, teatr va
muzeylarga bilet sotish va x.k.) yulga kuyilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |