Mavzu 10. Yagona transport tizimida xar-xil transport uzellarining axamiyati - 2 soat.
Ma’ruza rejasi
1. Xaar xil transport uzellarining axamiyati.
2. Rivojlantirish ilmiy - texnik muammolari
Adabiyotlar
1. O’zbekiston respublikasida xalq xujaligini, shu jumladan avtomobil sanoatini bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzalari, xukumat qarorlari, yetuk olim va mutaxassislarning fikrlari,
chiqishlari va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha.
2.B.A.Xujayev-Yagona transport sistemasi, T:, 1984
Umuman olganda transport uzeli deyilganda yuk va passajirlar tashish jarayonida turli xil
(kamida ikki turli magistral) transportlar tutashadigan joy tushiniladi. Bunday transport turlari
tutashadigan joylar va katta shaxarlar, axoli yashaydigan punktlar, sanoat va kurort markazlari xamda
dengiz, daryo portlari, avtomobil va temir yul bekatlarida buladi. Mamlakat yagona transport
tizimida transport uzellarining asosiy vazifasi magistral, sanoat va shaxar transportlari tashish ishlarini
uzaro muvofiklashtirishdan iborat bulib, ularning bu faoliyati xujalik ishlarini yuritish uchun juda
katta ijtimoiy axamityaga egadir.
Transport uzellarida kuyidagi asosiy ishlar boshkariladi: tranzit yuk va passajirlar okimini bir
yunalishdan yoki transport turidan ikkinchisiga utkazish; mazkur uzelda sanoat korxonalari va axoliga
turli transportlar bilan xizmat kursatish; magistral transportlarda keltirilgan yuklarni temir yul va
avtomobil yuk bekatlari, portlar, ta’minot bazalari va yirik korxonalarning yuklash-tushirish
punktlariga yoki aksincha bunday punktlardan junatiluvchi yuklarni magistral transportigacha keltirish;
yuklarni is’temolchilarga yetkazib berish uchun transportning tashki turlaridan ichki yuk transportiga
(yoki aksincha) utkazish; turli xil transport vositalarini kabul kilish, junatish, sortirovka kilish, texnik
ta’minlash va ularga texnik xizmat kursatish va boshkalar. Transport uzellari sostaviga kuyidagilar
kiradi: temir yul uzeli, ayrim xollarda esa bitta rivojlangan bekat; daryo porti yoki necha port, ayrim
tumanlar va prichalar, kema yuradigan kanallardan iborat butun bir suv uzeli; mazkur axoli punktiga
xizmat kiluvchi avtomobil yullari uzeli; truboprovod transporti tarmogi; aeroportlar va xavo
transportining boshka jixozlari; sanoat korxonalarining shoxobcha yullari va bekatlari; umum
foydalanadigan shaxar transporti jixozlari. Transport uzellari tarkibiga kiradigan inshoatlar uz
vazifalariga kura ishlarni mazkur transport turi doirasidagi bajaradigan jixoz - kurilmalarga xamda
yuk va passajirlar okimlari bir transport turidan boshkasiga utkaziladigan tutash punktlarga bulinishi
mumkin.
Birinchi guruxdagi inshoatlarga asosan tutashtiruvchi temir yullar, raz’yezdlar, uchastka,
sortirovka va passajir bekatlari, ta’minlash punktlari xamda boshka temir yul transporti uskunalari,
magistral avtomobil yullari, uchish-kunish yullariga ega bulgan aeroportlar, magistral truboprovodlar
va xokazolar kiradi.
Transport uzellarining barcha inshoatlari shaxar kurilishi talablari, xar xil transport uzelini
okilona tashkil etish extiyojlari xisobga olingan xolda joylashtiriladi.
Axolisi ikki milliondan kup bulgan yirik shaxarlar transport uzellari kompleksini passajir va
yuk okimlari uchun ayrim -ayrim xolda rivojlantirishni takozo etadi, bunda shaxar atrofi-shaxar ichi
yullari temir yullardan foydalanish yoki ularni barno etish, metropoliten izlarini shaxar atrofi temir
yullarigacha chikarish, tez yurar tramvaylarni ishlatish yoki barno etish, bir necha aeroportlar kurish,
va boshka turdagi transportlarni rivojlantirish, shaxarlararo va shaxar atrofi avtomobil transporti
bekatlarini barno etish xisobga olinishi zarur.
Transport uzellarida tashishlarni ta’minlanmok uchun vazifalari turlicha bulgan saralash
(sortirovka) va yuk bekatlari kuriladi: Uzelning yangi kurilayotgan yoki rivojlantirilayotgan temir
yul bekatlari soni, ularning ixtisoslashishi, tipi va kuvvati mazkur uzel xamda aloka yullarning
loyxalanayotgan va mavjud bekatlari orasida ishni eng rejalari taksimlash, yuk okimlarining xajmi
va yunalishi, ichki uzel yullari utkazish kobiliyatining tulishi xisobga olingan xolda belgilanadi.
Yuk bekatlari urnashadigan joy shaxar planirovkasi bilan boglangan bulishi kerak, ular
konkret sharoitga karab, ichki uzel yullarida, atrof yullarida, tutashtiruvchi yullarda yoki bir kancha
korxonalarga xizmat kursatuvchi maxsus yullarda joylashtirilishi mumkin. Yuk xovlilarini ularni
uzel sortirovka va yuk bekatlari xamda shaxar tumanlari bilan kulay tarzda boglanish ta’minlaydigan
joylarda bulgani ma’kul. Passajir bekatlarini shaxar planirovkasi sharoitiga, passajirlar uchun
kulaylik yaratishga, passajir poyezlarining uzel doirasida eng kiska katnovga asoslangan xolda
shaxar kurilishi chegarasida joylashtirish maksadga muvofikdir. Bunday vokzal shaxar
planirovkasining umumiy arxitertura ansambliga kushilib ketadi.
Kichik va urta shaxarlarda bitta passajir avtomobil bekati tashkil etilib, odatda temir yul
vokzal yonida joylashtiriladi.
Xavo transporti bilan tashishlarni ta’minlash uchun transport uzellarida aeroportlar, shaxar
agentliklari va shaxar aerovokzallari xam joylashtirishda transportini ng boshka turlari bilan yakin
boglishish, shuningdek yakin orada joylashgan axoli punktlari va dam olish zonalarini shovkindan -
saklash asosiy talablar xisoblanadi. Shaxar ichki territoriyasida aerovokzallar xamda xavo transport
agentliklarining binolarini joylashtirish mumkin.
Transport uzellarida truboprovod transportining truboprovod shoxobchalari, bosh va oralik
kuchlanish bekatlari va kuyish punktlaridan iborat kurilmalari bulishi mumkin. Bu kurilmalarning
transport uzellarida joylashtirilishi, ularning mikdori va vazifasi, neftь va neftь maxsulotlarning
yirik is’temolchilari (neftь kayta ishlash va kimyo zavodlari, temir yul, suv, avtomobil, xavo
transporti kurilmalari), shuningdek yonilgi xavfsizligi talablari uzel bosh sxemasida belgilab
kuyilishi kerak.
Transport inshoatlarning birlashtirib joylashtirilishi suv ta’minoti, kanalizatsiya, energiya
ta’minoti, shoxobcha yullar yagona tarmoklaridan, shuningdek xar xil transport turlari trassasi va
kuprikli utish joylaridan foydalanish katta axamiyatga egadir.
Transport uzellariga xar xil transport turlarining birlashtirilgan bekatlari va vokzallari,
shuningdek chiptalar sotish buyicha birlashtirilgan shaxar agentliklari tashkil kilish maksadga
muvofikdir.
Birlashgan vokzallarda kassa zallari, kutish zallari va boshka xonalar umumiy bulib, bu tranzit
passajirlarga xizmat kursatishi yaxshilash imkoniyatigina emas, balki kapital mablag sarfi va
ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini xam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |