ma’ruza matnlari –MA’ruza mavzu. ENERGIYA HAQIDA ASOSIY ma’lumotlar. Reja



Download 3,05 Mb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#204592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мавзу 1

Asosiy kattaliklar


т/р

Кattaliknomi

Belgisi

Formulasi

О‘lchovbirligi

1.

Zaryadmiqdori

q

Elektron

Kulon (Kl)

2.

Tokkuchi

I

I = q/t

Amper (A)

3.

Qarshilik

R

R = p l/s

Om

4.

Kuchlanish

U

U = I R

Volt (V)

5.

Quvvat

P

P = I U

Vatt (Vt)

6.

Energiya (Ish)

E (A)

E = I U t

Joul (J)

















Masalan mexanik energiya (kinetik va potensial energiyadan iborat), yorug‘lik energiyasi, kimyoviy energiya, atom energiyasi va xokazo. Energiya doimo bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi.Bu aylanish tabiatda sodir bо‘lishi yoki uni biz amalga oshirishimiz mumkin. Masalan Quyoshning nurlanish energiyasi dengiz va okeanlar sirtini qizdirib suvni bug‘lantiradi, bu bug‘lar shamolda materiklar bо‘ylab xarakatlanib sovishi natijasida tog‘larga qor bо‘lib yog‘adi. Quyosh nurida qor eriydi va bu suvlarning og‘irlik kuchi tasirida pastga qarab xarakatlanishidan daryo suvlari xosil bо‘ladi. Bu suvlar yо‘liga elektrostansiyalar qurib suvning potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantiramiz. Bu elektr energiyasi yorug‘lik, mexanik, issiqlik energiyalari kо‘rinishida ishlatiladi. Kо‘rinib turibdiki energiya doimo bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi va xayotni ta’minlaydi.

Energiya absolyut mavjud kattalik bо‘lib u tabiatdagi xarakatning manbaidir. Energiya abadiy mavjud. U saqlanish qonuniga ega. Energiyaning paydo bо‘lishi “Buyuk portlashg”ga borib taqaladi. Zamonavy fan tasavvurlariga kо‘ra olam bundan 14 milliard yil oldin buyuk portlash natijasida paydo bо‘lgan. Buyuk portlashning sxematik tasviri 1- rasmda keltirilgan.

Buyuk portlash



Dastlabki sekundlar

Bir necha minut

300 000 yil

Milliard yil

14 milliard yildan sо‘ng

1- rasm. Buyuk portlash, koinot va energiyaning paydo bо‘lishi.

Buyuk portlashdan oldin barcha mavjud koinot va galaktikalar atomdan xam kichik о‘ta kichik xajm ichida, о‘ta zichlashgan xolda joylashgan va gigant qisilish natijasida portlagan. Albatta buni tasavvurga sig‘dirish qiyin. Portlashdan sо‘ng koinot kengayb borgan va asta sekin dastlab elementar zarralar, sо‘ng atomlar, molekulalar, jismlar, eng sо‘nggida biologik hayot shakllangan. Koinotning kengayishi hozir xam davom etmoqda. Hozirgi zamon fani xulosalariga kо‘ra bizning galaktikamiz (somon yо‘li galaktikasi) va Quyosh sistemasi bir necha milliard yil avval paydo bо‘lgan. Quyosh о‘zidan doimiy ravishda energiya nurlantirib turadi. Bu energiyaning manbai Quyoshda sodir bо‘layotgan termoyadro reaksiyalaridir. Quyoshning nurlanishi Yerda xayotni shakllantirgan. Quyoshdan Yerga judda katta miqdorda energiya yetib keladi. Agar Quyosh energiyasining Yer yuzasiga tushgan barcha qismidan foydalana olsak, 30 minut davomida Yerga tushgan energiya Yer sharining bir yillik extiyojini qoplagan bо‘lar edi.

Energiyaning о‘lchov birligi sifatida elektrotexnikada kо‘proq Kiolvatt soat (kW soat) tushunchasi ishlatiladi. Masalan elektr xisoblagichlar xuddi shu kW soat ni kо‘rsatadi va biz bugungi kunda 1 kW soat elektr energiyasi uchun 190 sо‘m pul tо‘laymiz.

Fizikadan ma’lumki energiyaning о‘lchov birligi Joul (J). 1Joul energiya 1 W quvvatli sistemaning 1s da bajargan ishidir 1 J = 1W • 1 s. Demak 1kW•soat energiyani Joulda ifodalasak 1000 W • 3600 s = 3, 6 MJ. Endi xisoblab kо‘ramiz, demak biz 1 kW soat elektr energiyasi uchun 190 sо‘m tо‘lasak, u holda taxminan 19 kJ energiya 1 sо‘m bо‘ladi. Xо‘sh, bu energiya kо‘pmi yoki kammi, biz uning kо‘lamini tasavvur eta olamizmi? Buni oddiy choy qaynatish misolida kо‘raylik.Quvvati 2 kW bо‘lgan oddiy elektr choynagida 1 l suv 6 minutda qaynaydi (tajribadan). Choynakni elektr tarmog‘idan olgan energiyasi

E = P • t = 2 kW • 6/60 soat =0,2 kW soat = 720 000 J = 720 kJ.

Shu energiya uchun biz 38 sо‘m pul tо‘laymiz (0,2 kWsoat • 190 sо‘m = 38 sо‘m). Demak bir choynak suvni qaynatish taxminan 40 sо‘m ekan, bugungi kunda 40 sо‘mga yana nima olish mumkinligini о‘ylab kо‘rsangiz, elektr energiyasi qanchalik arzonligiga ishonch hosil qilasiz.



Elektr xisoblagich

.1 kW soat elektr energiyasi qancha yonilg‘ining energiyasini beradi? Buning uchun yonilg‘i va qattiq jismlarning yonish energiyasi eslaymiz. 1- jadvalda asosiy yoqilg‘ilarning solishtirma yonish issiqligi berilgan

1-jadval





Modda

Solishtirma yonish issiqligi

MJ/kg

kkal / kg

1

Quruq о‘tin

О‘rtacha 9,5

6400 -7500

2

Toshkо‘mir

О‘rtacha 27

6500

3

Benzin

44 - 47

10500 - 11200

4

Kerosin

44 - 46

10500-11000

5

Tabiiy gaz

41 - 49

9800 - 11700

6

Metan

50

11950

7

Vodorod

120

28600














Masalan 1kW soat elektr energiyasi 1000 W 3600 s = 3,6 MJ bо‘ladi, bu esa m = 3,6 MJ / 50 = 0,072 kg metan gazining yonishidan xosil bо‘lgan energiyaga teng.

Yuqoridagi misolda 1 l suvni qaynatish uchun 720 kJ energiya sarflandi. Agar shu energiyani о‘tinning yonishidan olsak, va о‘choqda о‘tin yoqib choy qaynatishning f.i.k. ni 25 % deb qarasak (amalda bundan xam kam bо‘ladi) choy qaynatish uchun qancha о‘tin kerakligini topish mumkin:

m = 720 kJ / 0,25 x 9500( kJ/kg) = 0,3 kg.



Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish