Ma’ruza mashg’ulotlari



Download 0,92 Mb.
bet45/111
Sana29.08.2021
Hajmi0,92 Mb.
#158390
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
Ma'ruza

Nazorat savollari:

1 Internet nima?

2 Internet deganda nimani tushunasiz?

3 Tarmoqning texnik vositalariga nimalar kiradi?

4 Server nima?

5 Konsentrator nima?



  1. Mavzu: Internet paydo bo’lishining tarixi

Reja:

  1. Global tarmoq haqida tushuncha.

  2. Internet tarmogi va uning paydo bo’lishining tarixi?

  3. ARPANET kompyuter tarmog’i.

Tayanch tushunchalar: Internet, TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet, Rrotocol), MILNet,NSFNet, SeRN (CERN), World Wide Web (WWW).
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali matn jo’natish bilan, qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki yangilik, o’z vaqtida, oddiy qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini qanchalik inqilobiy tarzda o’rin almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga moslashganligi singari kamchiliklarini, Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi. Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni masofaga maqsadli uzatish texnologiyasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamida yana bir o’ziga xos burilish yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini boshlab bergan bo’lsa, XX asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.

Biz sanab o’tgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining har biri, o’z zamonasi uchun muhim ahamiyat kasb etgani rost. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur singib, hattoki, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ham sabab bo’lgan. Xususan, yuqorida biz sanoqdan chetda qoldirgan – matbuotning taraqqiy etishi, jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa qo’shgan bo’lsa, radio va teletranslaytsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy va ma’naviy axborot olish vositasiga ega bo’lgan edi.

Bizning o’z zamonamizda, shundoqqina ko’z o’ngimizda startga chiqqan uyali aloqa vositalari va internet texnologiyalari taraqqiyoti esa, yuqorida sanab, qisqacha ta’riflab o’tilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’shini qudratiga yanada quvvat bag’ishladi. Ayniqsa internet global tarmog’i kelgusi asrlarda ham, bizning davrimiz uchun o’ziga xos tashrif qog’ozi sifatida namoyon bo’lsa ajab emas.

Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha telegrafdan boshlab ixtiro qilingan barcha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari – matnli xabar uzatish, tovush uzatish, tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit tizimga mujassamlashtirgan mukammal axborot-kommunikatsiya vositasiga aylandi. O’z ajdodlaridan farqli ravishda, endi internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi bo’lib qolmasdan, interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi. Bu jihatlariga ko’ra, internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir qatorda, insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan bo’lamiz.

Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim (e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda, tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda...

1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil etish xaqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini xarakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi.

80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta'sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta'minot yordamidagina kirish mumkin edi.

Gipermatnli inqilob: 1965 yil Nelson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SeRN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyixani taklif etdi. Bu loyixa fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni ximoyalash mavjud edi. Internetning statistik ma'lumotlari quyidagicha:

• 1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;

• 1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;

• 1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi;

• 1992 y. - 727000 kompyuter ulandi;

• 1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi.

Dunyoda ko’plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan ba’zilari bilan tanishamiz. ARPANET (1969- Advanced Researsh Projects Agensy Network). AQSHning mudofaa ministrligi tomonidan tashkil kilingan eng eski KTlari xisoblanadi. Uning afzalligi, tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor tarmoq bilan ishlash kobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshka KTlari bilan birlashtirilib, Internetning kismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET-Military NET (xarbiy tarmoq), CSNET-(Computer Science NETWORK) (kompyuter fanlari tarmogi), NSFNET (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmogi) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.

Bitnet (1981) - Because it’s Time Network (bugungi kun tarmogi) KT Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chikilgan Evropa, AQSH kit’asi, Meksika va boshka mamlakatlarni birlashtiruvchi tarmoq bulib, u aloxida ajratilgan kanallar bilan aloka boglaydi. U OSI-(Open System Interconnection-ochik xalkaro boglanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati - uzatilgan ma’lumotlar uchun xak tulanmaydi. Xukumat tomonidan mablag bilan ta’minlanadi. Uning kursatadigan xizmat doirasi fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning uzokdan turib ishlanishini ta’minlashdan iborat.

CSNET (1981) (Computer and Sciense Network -Kompyuter va fan tarmogi) a’zolik badallari va xizmat uchun tulovlar xisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bulib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasi ishlaydi.

EARN-European Academic Research Network BITMAP tarmogi bilan bevosita ulangan bulib, juda kup ilmiy tadkikot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bulib, ajratilgan kanallar orkali ma’lumot almashiniladi, uz-uzini xujalik xisobida koplash asosida ishlaydi.

EUNET - Europa Union Network (Evropa kompyuter tarmogi uyushmasi). Uning markaziy kismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IPda ishlaydi.

FIDONET (1984) - shaxsiy kompyuterlar bilan MS va RS DOS boshkaruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orkali uzatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan boglanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.

INTERNET - International Network (xalkaro kompyuter tarmogi) - butun dunyo kompyuter tarmogi. U kup KTlarni birlashtiradi va TSR/IP qaydnomalari ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys-GATEWAY (shlyuz) orkali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, ukuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy kilish va ularning shu soxadagi xarakatlarini birlashtirish uchun xizmat kiladi. Xozirda u butun dunyo kit’alarini uziga birlashtiradi. Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari CSNET, NSFNET - uz navbatida katta-katta tamoklar bulib, uzlari xam bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya kilishni NIC-(Network Information Centre) Stenfort universitetidagi SRI-Stanfort Researsh Institute, kupincha SRI-NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshkariladi.

Internetda TELNET (telefon tarmogi) uzokka uzatish, FTP (File Tranferd Protocol) faylni uzatish, SMTR-(Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta junatish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash sistemasi - DNS(Domen Name Systems) kullaniladi.

MCI Mail - savdo-sotik uchun muljallangan ICT xam Internet bilan boglangan bulib, uz mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini kursatadi.

NSFNET - AKSHning milliy ilmiy fondi tarmogi, AKSHdagi 1000dan ortik ilmiy-tadkikot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiradi. Amerikadagi eng yirik superkompyuterga ulangan bulib, murakkab masalalarni echishda undan foydalanish imkoniyatini beradi.

USENET (1979) - yangiliklar va elektron pochtaning xalkaro tarmogi. Universitetlar urtasida aloka urnatish maksadida ish boshlangan bu tarmoq xozirda AKSHning deyarli barcha universitetlarini KT orkali birlashtiradi. Xatto undan foydalanuvchilar juda kupayib ketgani tufayli ãrafikning ancha kismini UUNET tarmogiga topshirgan. UUNET tarmogi shu maksad uchun xam yaratilgan.

UUNET - savdo-sotik bilan boglik bulmagan tarmoq bulib, u USENET yangiliklarini UNIXda boshlangich matnlarni olishni va boshka ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tarmoqlararo interfeysga ega.

UUCPnet - Unix-to Unix Copy- xalkaro elektron pochta bulib, ma’lumotlar UUCP ismli programmalar yordamida uzatiladi. UUCP - uzatish uchun qaydnoma, kommunikatsiya maksadlari uchun fayllar tuplami, kommunikatsion programmalar uchun esa buyruklar tuplamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va telekonferensiyalarda katnashish maksadlarida keng foydalaniladi.




  1. Download 0,92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish