Marketing darslik


 Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

4.3. Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va
o„zaro bog„liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish 
Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur bo„lgan barcha moddiy, moliyaviy, me‟yoriy va boshqa 
resurslarning majmui bo„lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha 
xodimlar 
faoliyatini 
bir 
maqsadga 
yo„naltirish, 
uyushtirish 
va 
muvofiqlashtirishdan iborat. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa 
qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan 
nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab 
tizimdir. 
Marketingni 
boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad 
tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika 
va 
texnologiyasi, 
kadrlar 
va 
boshqalardan 
iborat. 
Marketingni 
boshqarishning maqsadi tizimning to„g„ri va murakkabligi darajasiga 


60 
qarab o„zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishi mezoni va maqsadi deganda 
marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya 
o„zgarishlari va tashqi muhit bilan o„zaro ta‟siri tushuniladi. Bu maqsad 
marketing faoliyat ko„rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda 
olishga yo„naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari to„rt bosqichdan iborat: 

bozor imkoniyalari tahlili; 

maqsadli bozorni tanlash; 

marketing kompleksini ishlab chiqish

marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. 
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing 
axboroti, marketing muhiti, bozorning tuzilishi, ulgurji va chakana savdo 
holati tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozorni tanlashda esa: 
- talab hajmi o„lchovi, 
- bozorni segmentlash jarayonlari ko„rib chiqiladi. 
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa tovar ishlab chiqarish
ishlab chiqarilgan tovarga narx o„rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va 
sotishni rag„batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida 
ishlar olib boriladi. 
Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik va 
taktik rejalashtirish jarayoni va marketing faoliyatinngi nazorat turlari, 
korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to„liq yoritib beriladi. 
Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori 
tashkilotlar faoliyatiga ta‟sir ko„rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va 
huquqiy omillar majmui tushuniladi, marketing ichki va tashqi muhitlar 
farqlanadi. 
Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan 
nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy 
tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog„liqdir. Nazorat qilinadigan 
omillarni tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu 
omillardan marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydiganlaridan 
ayrimlarini oliy rahbariyat boshqaradi. 
Quyidagi rasmda marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki 
omillar keltirilmoqda (4.5- rasm).


61 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish