O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«TABIIY FANLAR VA GEOGRAFIYA» FAKUL’TETI
Geografiya yonalish 2-kurs 201-guruh talabasi
Akaboyev Ismatillaning
Jahon geografiyasi fanidan
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI
mavzudagi
KURS ISHI
Namangan-2014
MAVZU: MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI
Reja:
Kirish
1. Markaziy Osiyo, O’rta Osiyo, Turon va Turkiston atamalarining mohiyati
2. Qozog’iston Respublikasi
3. Qirg’iziston Respublikasi
4. Tojikiston Respublikasi
5. Turkmaniston Respublikasi
7. O’zbekiston Respublikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O'zbekiston va unga qo'shni bo'lgan Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari
O'rta Osiyo hududidagi mamlakatlardir. Qozog'iston O'rta Osiyo davlati deb tan olinmasa ham,
hududiy asosiy qismini ushbu regionda joylashganligini hisobga olgan holda, O'rta Osiyo
davlatlari qatoriga kiritish mumkin. O'rta Osiyo davlatlari jahon siyosiy xaritasida 1991- yil
kuzida, sobiq Ittifoqning barham topishi bilan paydo bo'ldi.
O'rta Osiyo sobiq Ittifoq davrida bir tomonlama, asosan xomashyo va yarim xomashyo
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Bu hudud sobiq Ittifoq paxtasining 93 foizi
Gahon paxtasining 12 foizi)ni, ko'plab mis, qo'rg'oshin, xrom, oltin, uran kabi rangdor metallarni
yetkazib bergan.
Geografik o'mining eng muhim xususiyatlaridan bin uning ulkan Yevroosiyo materigining
deyarli qoq o'rtasida, Dunyo okeanlaridan uzoqda joylashganligidir Mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq mintaqa davlatlari jahon bozorlariga olib chiqadigan yangi transport yo'llarini tashkil
qilishga kirishdilar. Natijada ilgarigi Rossiya orqali dengizlargacha olib boruvchi yagona
transport yoiagiga qo'shimcha Eron orqali Fors qo'ltig'iga, Kavkaz orqali Yevropaga, Xitoy
orqali Tinch okeanbo'ylariga yetkazuvchi temir va avtomobil yo'llari tashkil qilindi.
O'rta Osiyoning maydoni 4 mln. km
2
(jahon quruqlik maydonining 3,0 foizi), aholisi 57 mln.
kishini (jahon aholisining salkam 1,0 foizi) tashkil qiladi. Uning hududi g'arbdan sharqqa 3 ming
km, shimoldan janubga 2,5 ming km masofaga cho'zilgan bo'lib, Osiyoning o'rta kengliklarida
joylashgan.
Iqlimi, asosan, quruq, keskin kontinental.
Tabiiy namlik asosida bahorikor dehqonchilik O'rta Osiyoning Shimoliy Qozog'iston va
baland tog'oldi adirlari va tog'yonbag'irlarida olib boriladi. Mintaqaning oqar suv manbalariga
ega bo'lgan vodiy va vohalarda har jihatdan iqtisodiy rivojlangan hududlari joylashgan.
O'rta Osiyo
Do'stlaringiz bilan baham: |