Malakaviy amaliyoti hisoboti



Download 0,92 Mb.
bet3/5
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#292612
1   2   3   4   5
Bog'liq
xisobot

Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.

Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.

Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi. Mis, qoʻrgʻoshin — rux ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida Qoʻrgʻoshinkon Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956 yil olingan, 1957 yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996 yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.

Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995 yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi.

Kombinat tarixi respublikamizda rangli, nodir va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda ularni qayta ishlashga qaratilgan mutlaqo yangi tarmoqning yaratilishi hamda yirik ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy Olmaliq shahrining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu tarix zamirida shonli an’analarni munosib davom ettirayotgan, butun bilim va tajribasi, mahorati, qalb qo‘rini o‘z ishiga baxshida etib, fidokorona mehnat qilayotgan ming-minglab odamlarning juda katta mashaqqatli xizmatlari mujassam.Korxonaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral boyliklarni keng ko‘lamda o‘zlashtirishga yo‘l ochib berdi.Sizlarga ma’lumki, bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida biz sanoat va iqtisodiy salohiyatimizni har tomonlama rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.Kombinat misolida oladigan bo‘lsak, bu borada o‘tgan yili qabul qilingan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror korxona faoliyati uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.Ushbu ulkan majmuaning ko‘p millatli va ahil jamoasi respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlar jarayonida, butun mamlakatimizni, milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotganini barchamiz yaxshi bilamiz va cheksiz qadrlaymiz.Hech shubhasiz, Vatanimizning kuch-qudrati o‘sishida, O‘zbekistonda qazib olinayotgan qimmatbaho va rangli metallarning yuksak sifati butun dunyoda alohida e’tirof etilishida iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblangan kombinatning 35minglik jamoasi salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilg‘or texnologiyalar asosida, yetakchi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal o‘zlashtirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oshirilib, ularning 70 foizdan ortig‘i.
Jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida ishlab chiqarishning o‘sishi va samaradorligini ta’minlash maqsadida kombinatning uzoq muddatli modernizatsiya dasturi ishlab chiqildi.


  1. OKMK”dagi mahsulotlar ularning boyitilish jarayoni

Mis katodi

Ishlab chiqarish jarayoni:



  • mis-molibden rudalarini qazib olish

  • flotasion usulda boyitłsh orqali mis va molibden boyitmalalini Olish;

  • mis boyitmasini eritib shteyn Olish; tnisli shteynlarni konvertorlash xomaki mis olish misni olovli łozalash orqali mis anodlari olish•,

  • mis anodlarini elektroliz qilish orqali mis katodiga o'tkazish.

Kabellar, mis asosidagi qotishmalar, elektrotexnika, mis trubalar, avtomobilsozlik, qurilish va boshqalar Shakli va qadoqlanishi:

Mis katodlari 820mtn x 850tnm x I Omm pakełlarga qadoqlangam po'lat tasmalar bilan o'ralgan bo'lib, og'irligi tonnagacha bo'ladi



Mis katodlari GOST 546-2001 talablari bo'yicha ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibi bo'yicha quyidagi markalar MOOk, MOk, Mlk ga to'g'ri keladi.













Markalar













Guruhlar bo'yicha aralashmalar.

ernas:













2




4

5







Cu

Bi

Se

Te

Sb




P

Pb

S

Sn

Ni

Fe




o







0,11002


































0,01







o (1005










0031







(1,002

„013 1










-1115











































002

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish