Tilning asosiy funksiyalari:
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga
uzatish, bеrish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga kеladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning
xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;
3) til intеllеktual fao liyatning quroli sifatida xizmat qiladi
(muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yеchishni rеjalashtirish,
ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’i
nazar uni rеjalashtirib, buning yеchimi uchun vosita qidirish-
ning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quro-
li til hisoblanadi.
Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish,
o‘z shaxsiy harakatlarini rеjalashtirish va amalga oshirish maqsa-
dida tildan foydalanish jarayonidir.
Nazorat savollari:
1. Nutq deb nimaga aytiladi?
2. Nutqning tildan farqi nimada?
3. Nutqning qanday turlaridan foydalaniladi?
4. Nutqning qanday funksiyalari farqlanadi?
3.6. Xayol.
Xayol tavsifi, fiziologik asoslari
Predmet va hodisalarning obrazlari garchi kishining xayoliy
tasavvurlarida (obrazlarida) ilgari u shu holda idrok qilmagan
160
tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamisha kishi ha-
yotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kishi biror yangi predmetni, masalan, mashinani yaratar yoki
ixtiro qilar ekan, uni o‘zi qayerdadir ko‘rgan, unga (nazariy
yoki amaliy jihatdan) tanish qismlar va detallardan tuzilgan-
ligini fikran tasavvur qiladi. Hatto fantast yozuvchilar ham o‘z
asarlarining g‘ayritabiiy, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan qahramon-
larini hayotda kuzatgan narsalarning elementlaridan yaratadila-
di. Masalan, Gerbert Uells «Dunyolar kurashi» degan fantastik
romanida boshi metall silindrga o‘xshagan, qushning tumshug‘i
singari tumshug‘i, oyoqlari juda katta hasharotning qo‘l-oyoq-
larini eslatuvchi Mars odamlarini tasvirlaydi. Bu narsa ertak-
larda, dostonlarda va xalq fantaziyasi bilan yaratilgan obrazlar-
ga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ijod jarayonida hamisha ilgari
idrok qilingan narsalarning qayta ishlanishi ro‘y beradi. Xa yol
dеb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning
(assotsiatsiyalarning) qaytadan tiklanish va bir-biri bilan yan-
gicha qo‘shilishi orqali yangi narsa va hodisalarning obrazlarini
hosil qilishiga aytiladi.
Inson xayolining eng murakkab va eng fantastik obrazlari
idrok qilingan obrazlarni qayta ishlashga asoslanadi. Chunon-
chi, afsonaviy hikoyalardagi obraz lar – dеv, pari, suv parisi va
boshqalar ham inson xayolining mahsulidir. Bu afsonaviy hikoya
va ertaklar juda katta mubolag‘alarga qaramay, xalqning hayoti,
uni o‘rab olgan tabiiy muhit hamda manzaralarni yorqin obraz-
lar orqali aks ettiradi. Mana shunday afsonaviy, xayoliy ertak-
larda xalqning orzu-umidlari ifodalanadi, masalan «Ur to‘qmoq»,
«Ochil dasturxon», «Uchar gilam» kabilar.
Xayolni ko‘pincha fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan
«fantaziya» degan so‘z bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xa-
yolni tushunadilar. Xayolning boyligi idrok qilish ko‘nikmasiga,
predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatish va xotirada
saqlab qolishga bog‘liq bo‘lib, ular keyinchalik qayta ishlab chi-
qiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Tafakkur fan-
taziya natijalariga tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy baholaydi.
His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir ko‘rsatadi va ularning o‘zlari
ko‘p jihatdan xayolga bog‘liq bo‘ladi. Nihoyat kishining xayoli bi-
161
lan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun iroda zarur
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |