Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Hissiy ton
(yunon. tonus – zo‘riqish, urg‘u berish) psixik 
jarayonning o‘ziga xos sifat jihati tarzida vujudga keladi. His-
siyot bu o‘rinda bilishga intilayotgan, o‘zgartirayotgan, egallayot-
gan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, ho-
disa va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati 
ma’nosida gavdalanadi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili 
hangoma, badbo‘y hid, behayo kino va h.k..
Emotsiyalar hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan 
biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotning insonda bevosita kechi-
shi jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani se-
vish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqa-
ni eshi tish, ijrochi mahoratiga tahsin aytish, undan huzurlanish 
kabilar salbiy va ijobiy emotsiyalar deyiladi. Qo‘rqish, dahshat 
hissiy kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks 
ettirib turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mumkin; odam dah-
shatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qilol-
may har tomonga uradi, hatto o‘zini xavf-xatarga tashlashi ham 
mumkin. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-
biridan farq qilishiga qaramay, bunday hissiy holatlar stenik (yu-
non. sthenos – kuch xususiyati) deyiladi. Bunday emotsiyalar 
dadil harakatlarga, ijobiy izlanishlarga kuch bag‘ishlaydi. Xur-
sandchilikdan parvoz qilish, kimlargadir yordamga shoshilish, 
faollik uning asosiy sifati bo‘lib qoladi.
Ba’zi hollarda esa emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi bilan 
ajralib turadi, bu astenik (yunon. acteniya – kuchsizlik, zaif-
lik) holat deb ataladi. Bunday holat kishini bo‘shashtiradi, xa-
yolparast qilib qo‘yadi, shaxsda paydo bo‘lgan rahmdillik befoy-
da kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa qo‘rqoqlikka 
aylanib qolish xavfi tug‘iladi.
Kayfiyatlar
deb nisbatan zaif, lekin ancha davom etadigan, 
kishining psixik jarayonlarida va uning butun xulq-atvorida aks 


176
etadigan umumiy hissiy holatlariga aytiladi. Kayfiyati yomon 
odam o‘zini g‘amgin his qiladi yoki har qanday asossiz sabablar 
bilan jahli chiqadi. Ba’zan esa hech bir sababsiz quvnoq ko‘rinadi, 
boshqacha kayfiyat paytida e’tibor bermagan narsalardan quvo-
nadi, hamma narsa unga chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Bir qarashda 
bunday holatlarning sababini aniqlash mumkin emasdek tuyila-
di. Kishining psixikasidagi hamma narsaning sababi bor. Bun-
day kayfiyatga ko‘ngilsiz voqea, uchrashuv yoki organizmning 
fiziologik holati sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshi o‘qish va sevim-
li mashg‘ulot sog‘lom hordiq chiqarish bilan almashtirib turilsa, 
odatda kishida tetik va quvnoq kayfiyat hosil qiladi.
Kayfiyat shod-xurram yoki qayg‘uli, tеtiklik yoki lanjlik, ha-
yajonlilik yoki ma’yuslik, jiddiylik yoki yеngiltaklik, jizzakilik 
yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo‘ladi. Jizzakilik va ma’yuslik 
biror xastalik boshlanganining ilk alomati bo‘lishi mumkin. Kay-
fiyatning turli xil buzilishlaridan bo‘lmish eyforiya va disforiya 
ham kеng tarqalgandir. Eyforiya bu ko‘tarinki, quvonchli kayfiyat 
bo‘lib, patologik bеlgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi barcha narsa-
lar quvonchli, jozibali bo‘lib ko‘rinadi. Ular bunga hеch qanday 
asos bo‘lmasada o‘zlarini dunyoda eng baxtiyor kishidеk his qi-
lishadi. Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, o‘z-o‘zidan va atrofda-
gilardan xafa bo‘lish, kеrak bo‘lmagan narsaga asabiylashavеrish 
bilan ifodalanadi. Bunga badqovoqlik, yoqtirmaslik va badjahllik 
ham qo‘shilishi mumkin. 
Bolalar o‘zlarining kayfiyatlarini katta odamlarga nisbatan 
mutlaqo idora qila olmaydilar. Yig‘lab turgan bolaning kayfiyatini 
arzimagan narsa bilan o‘zgartirib yuborish hеch gap emas. Buni 
hamma o‘z shaxsiy hayotidan biladi. Bolalarda kayfiyatning ana 
shunday nihoyatda bеqaror bo‘lishiga sabab ularda hali tormoz-
lanish jarayonining yaxshi rivojlanmaganligidir. Bog‘cha yoshi-
dagi bolalarda, xususan kichik guruh bolalarida hali qo‘zg‘alish 
jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi.
Ba’zan kishilarda psixik holatlarning shunday bir turi paydo 
bo‘ladiki u tez o‘tib ketadi, lekin kuchli va juda shiddatli namo-
yon bo‘ladi. Bular 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish