Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Tafakkur deb nimaga aytiladi?
2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?
3. Tafakkur turlari qanday?
4. Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?


154
5. Tafakkur sifatlari deganda nimani tushunasiz?
6. Analiz, sintez, taqqoslash operatsiyalari haqida nimalar-
ni bilasiz?
7. Tasniflash va sistemalashtirishning farqi nimada?
8. Muammoli vaziyat nima?
3.5. Nutq. Nutq haqida tushuncha
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayo-
ni nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisoblash 
yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lish 
maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam muoma-
lani o‘zicha amalga oshiradi.
Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqt-
da nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki 
insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini avloddan av-
lodga o‘tkazib beradilar ham. Bola nutqni egallab olgandan 
so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabat-
da bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy hodisadir. 
Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Agar 
bola biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmasa, uning aqliy 
kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar edi. Yuqorida 
aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan bog‘lanib ket-
gan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumlalar tarzida, ichki 
nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi. Darhaqiqat, bir-ik-
ki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror narsa haqida so‘zlab 
ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari.
Nutq jarayoni 
periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati 
bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning peri-
ferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari kiradi. 
Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas olinadigan bo‘g‘iz), 
ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari) va ovoz muskulla-
rining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan ovozni kuchaytiruv-
chi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari, halqum) nutq organlari 
hisoblanadi. Eshitish organi nutqni, ko‘rish organi yozma nutq-
ni, shuningdek, og‘zaki nutqni to‘ldiruvchi imo-ishoralarni id-
rok etishni ta’minlaydi. Yozishda (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni 


155
o‘qitishda) nutq apparatiga qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham 
qo‘shiladi. Bola dastlab nutqni egallayotgan davrida uning nutq 
tovushlariga bo‘lgan rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega 
bo‘ladi. Masalan, agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan 
bo‘lsa u «tik-tik» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. 
Bolalarda hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan 
bo‘ladi.
Bosh miya po‘slog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va nutq-
harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq apparatining 
markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish markazi bosh mi-
ya po‘slogining chap chakka tomonidagi nutqning orqaroq qis-
mida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap yarimshar-
ning manglay qismida joylashgan. Bu markazning ishi buzilsa, 
ha rakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi gapira olmaydigan 
bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab turibdi deb faraz qi-
laylik. Bu holda bolada muskul harakat sezgilari paydo bo‘lishi 
bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni ushlash paytida u chiqar-
gan ovoz, bolaning eshitish nervini ham qo‘zg‘atadi, shundan 
so‘ng harakat vujudga keladi va nihoyat harakat bolaning ongida 
ancha kengroq aks ettiriladi: yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi 
qo‘shiladi.
I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv 
bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatish 
natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga 
keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita 
qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy 
bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufay-
ligina voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqe-
lik bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Nutq turlari
Ovoz chiqarib talaffiiz etiladigan nutq 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish