Maktabgacha yoshdagi


Aqli zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tu-



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

3. Aqli zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tu-
fayli psixik kamchiliklarni aniqlash
ga qaratilgan psixodiagnostik 
tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida ma-
sala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomo-
nidan foydalanishi mumkin.
4. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi 
psixik holatlarni tahlil qilish
uchun ilmiy maqsadda psixologok 
tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini qi-
ziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olingan 
natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi 
muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va 
testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama 
o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqot-
lar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan 
psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu 
psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. 
Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa 
chiqa rish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini 
qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental me-
todikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxsning 
ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa 
xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. Masalan: 
bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat 
uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakat-
larining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ularning sabablari ha-
qida ham bilsa bo‘ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlagani-
da, ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi 
o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga ki-


408
rishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushun-
ganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning 
muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik-
pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo‘llaniladigan meto-
dikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi 
bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda ularning tez charchashini hisob-
ga olish zarur. Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodika-
larni tanlashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, 
uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniq-
lash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim 
va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqot-
ga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola-
ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. 
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiynalayotganligini 
aniqlaydi va unga yordamlashadi.
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiag-
nostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa-
loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar-
ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni yoki 
og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi: 
qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan 
topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masa-
lan, 1–2 yoshli bolalar sensamotor sohasini tekshirishda an’anaviy 
metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qan-
day shakllanganligiga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘r-
satkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. 
Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakati rivojla nishida 
kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik 
taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifa-
tida qa ralishi kerak. Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z teng-
doshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish 
ham xatodir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jis-


409
moniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamay-
di. (R.N. Myussen, 1987).
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida
uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan 
harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan 
diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofida-
gi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred-
metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudligini 
aniq lab beradi. 
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodika-
lardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan bosh-
lab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna 
boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilish-
ga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimen-
tal psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish hola-
tida bo‘ladi.
Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish