Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

krizis
(inqiroz) davri
deb ataladi. Psixik taraq-
qiyotning ana shun day inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashay-
digan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. 
Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan in-
qiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish 
imkoniyatini beradi.
Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda turlicha fikrlar ju-
da qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri 
Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
1. Podshohlik davri – 5 yoshgacha. 
2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha). 
3. O‘rtoqlik, do‘ stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti 
davrini nazarda tutgan. 
Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar 
tomonidan bajarilishini, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bi-
lan kattalarni o‘ziga rom qilishini e’tiborga olinadi. 6–12 yosh-
gacha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan 
o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga 
o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim 
olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh 
berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ru-
hida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. 


238
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, 
ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda 
samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi. 
Shveysariyalik psixolog J. Piaje bola-
ning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyat-
lariga qarab: 
1) sensomotor intellekti (0–2 yosh-
gacha); 
2) operatsiyalardan ilgari tafakkur 
dav ri (2–7 yoshgacha) 
3) aniq operatsiyalar davri (7–12 
yoshgacha); 
4) rasmiy operatsiyalar davri deb 
ajratadi. 
Fransuz olimi, psixolog A. Valon 
bolaning jismoniy rivojlanishga qarab 
(homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 0–6 
oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor 
dav ri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5 yoshgacha; 
farqlash davri – 6–11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik dav-
ri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan.
Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobay-
nida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir 
yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biri-
dan keskin farq qiladi. 
L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivoj-
lanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va 
bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1. Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
2. Go‘ daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘ lgan davr, 
1 yoshdagi inqiroz. 
3. Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr –3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqi-
roz.
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri –14–18 yoshgacha, 17 yosh-
dagi inqiroz.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish