Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash 

293. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari 

hisoblanadi: 

jonli va jonsiz olamni kuzatish, ta’riflab berish; 

inson tana a’zolarini o‘rganish. 

294.  Quyidagilar  5  yoshdan  7  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  atrof  muhitni  o‘rganish  va  anglash 

indikatorlari hisoblanadi: 

tabiat hodisalariga qiziqish bildirish, o‘simliklar va hayvonot olami to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; 

hayvonlar yashaydigan turli muhitlarni (baliqlar suvda, bo‘ri esa o‘rmonda yashashini) aytib berish; 

tog‘, o‘rmon, dengiz, daryo singari o‘ziga xos geografik atamalarning nomlarini bilish; 

ayrim hayvonlar va o‘simliklar bilan bevosita muloqot qilishning xavf-xatari to‘g‘risida bilish; 

oddiy sabab-oqibat aloqalarini tushunish; 

o‘zi uchun yangi bo‘lgan narsalarni ko‘rib qolganda, uning xususiyatlarini bilib olishga urinish; 

xato qilish va yanglishish yo‘li bilan amaliy vazifalarning yechimini topishga harakat qilish; 

o‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, katta yoshdagilar mehnatiga taqlid qilish; 

o‘zining mustaqil dalillarini keltirib, voqealarni muhokama qilish; 

yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutishning elementar qoidalarini bilish; 

odamning bir necha organlari va ularning xususiyatlarini bilish; 

odam va hayvon o‘rtasidagi bir necha farqlanuvchi va umumiy jihatlarni aytib berish. 

295. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

jonli va jonsiz tabiat obyektlari bilan tajriba o‘tkazish uchun imkoniyat yaratish; 

bolani turli hayvonlar, o‘simliklar, geografik atamalar to‘g‘risidagi suhbatlarga jalb qilish; 

bolaning  jonli  va  jonsiz  tabiat  to‘g‘risidagi  bilimlarini  oshirish  uchun  kitoblar,  rasmlar,  maxsus 

teleko‘rsatuvlardan foydalanish; 

bolaning sabzavot va mevalar tarkibida mavjud bo‘lgan vitaminlar, uy hayvonlarining roli to‘g‘risida 

so‘zlab berishini rag‘batlantirish; 

bolaning faoliyatiga katta yoshdagilar ishtirokida hayvonlar va o‘simliklarni parvarishlashni kiritish; 

bolaning kundalik faoliyatida mustaqil ravishda davomli kuzatishlarni tashkil qilish; 

bolaning  turli  tahlil  etish  vositalari  yordamida  (ko‘zlarini  yumib,  qo‘llari  bilan  paypaslab  ko‘rish 

orqali) buyumlarni o‘rganishini rag‘batlantirish; 

bayramlarni birgalikda nishonlash, ko‘ngilochar tadbirlar, tabiatga ekskursiyalarni tashkil etish; 

bolaga odamning tuzilishi to‘g‘risidagi turli rasmlarni taklif qilish; 

bolaga jonli tabiatni kuzatish va solishtirishga imkon berish, bolaning hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi 

tafovutlarni topishini rag‘batlantirish; 

bolaga tana a’zolarining nomi, joylashuvi va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish. 

296. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga 

rioya qilish lozim: 

ekskursiyalar va boshqa tadbirlarda bolalarni albatta kuzatib yurish; 

bolaning haddan ortiq hayajonlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

bolaning o‘rganish va tajriba qilish istagini qo‘llab-quvvatlash; 

bolaga  ko‘chada  notanish  odamlar  bilan  uchrashganda,  uyda  bir  o‘zi  qolganda,  daydi  hayvonlar 

uchraganda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish; 

bolaning kompyuter oldida 10 — 15 daqiqadan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

bolaga zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishga ruxsat bermaslik. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish