Maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning


Maktab yoshidagi bolalar kiyimi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana01.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#421727
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning oziga xos xususiyatlari

Maktab yoshidagi bolalar kiyimi.
Bolalikning bu davrida nima yaxshi-
yu, nima yomonligi to`g`risida dastlabki tushunchalar paydo bo`la boshlaydi.
Bolani o`rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan,
o`yinchoqlar, kiyimlar uning e`tiborini torta boshlaydi, tug`ilayotgan son-
sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal
rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o`zgaradi, endi bosh va tananing
nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha
qoladi, lekin shakllarning bo`linishlarida o`zgarishlar bo`ladi. Ko`ylaklarning
kichkina koketkali, unchalik enli bo`lmagan qo`sh etaklar, plisse yoki
taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va
to`g`ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag`batlantirish
maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida
joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o`lchamlarida bo`lib, soni ko`p
bo`lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo`laklari yorqin applikatsiyalar,
kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari
serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo`lishi kerak. Ranglari yorqin va
tiniq, detallari o`zaro proporsional, bezaklari ifodali bo`lgan kiyim nafaqat
estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar,
mashg`ulotlar, yangi kun tartibi paydo bo`ladi. Bu yerda ular ongli ravishda
va reja asosida bilim olishni o`zlashtirib, yangi kollektiv hayotga
moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o`rganadilar.
Maktab o`quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport


13
kostyumlari, mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari
va o`ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar kiradi.
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o`zgarib, suyaklari qotib,
muskullar mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o`zgacha ko`rk
bag`ishlaydi, qorinnning chiqqani yo`qolib, bel ko`zga tashlanib qoladi.
10 yoshlarda qomat o`zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko`ra 1:6,5
ga teng bo`ladi. 7-8 yoshdagi o`g`il bolalar kiyimlari, asosan, kengroq va
badandan holiroq bo`ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o`g`il bolalar kiyimlari
uchun to`g`ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va
ko`ylakchalarning pastki qismiga belbog`lar, qisqichlar hamda vitochkalar
qo`yib, chiroyli holatga keltirish mumkin[8]. Bu yoshdagi bolalar o`zlarining
bo`sh vaqtlarida jon deb hovlida sport o`yinlari bilan mashg`ul bo`ladilar,
konkida, chang`ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy
shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy kiyimlarini ham shu
shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini beradi.
7-8 yashar qizlarning kiyimlari to`g`ri siluetda, yoki bel chizig`idan pastga
tomon kengaygan bo`ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq
bo`ladi, 7- 8 yoshdagi qizlarning ko`ylagi bel chizig`idan teparoqda, biroz
tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani ma`qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa
qomatga nisbatan kengroq bo`lib, turli vositalar yordamida pastga qarab
kengayib boradi. Ko`ylak bel chizig`I bo`yicha kesmali bo`lishi ham mumkin,
bunday tipdagi ko`ylakning old tomoni yaxlit bo`lib, bel chizig`i bo`yicha
ortidan yoki yonidan kesma bo`ladi. Pastki qismi to`g`ri siluetda jemper va
bluzkalarning kemasi esa bel chizig`idan birmuncha pastroqqa tushiriladi.
Ko`ylakning bunday joyiga klapanlar, cho`ntaklar, plankalar, xlyastiklar
qo`yiladi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish