M. T. Ahmedova tdpu pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi



Download 6,27 Mb.
bet32/525
Sana11.01.2022
Hajmi6,27 Mb.
#352832
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   525
Bog'liq
Пед конф. УМК-2020.docx

Konfliktogenlar ko‘payib, ular majmuaga aylanganda, konflikt tug‘iladi. Konfliktogenlar eskalatsiyasi qonuniy ravishda konfliktga olib keladi. Bizga kelayotgan axborotlar konfliktogenlar bilan to‘lgan bo‘lsa, biz unga tabiiy ravishda o‘zimizdagi konfliktogenlar bilan javob beramiz. Talabalar o‘rtasida turmush qurgan yangi kelinlar bo‘lganligi sababli, kelinlar hayotidan bir misol: faraz qiling, oila. Qaynona va kelin. Kelin yangi tushgan. Hali oilaning tartiblarini yaxshi o‘zlashtirmagan hamda ovqat pishirishni bilmaydi. Bu borada qaynona erinmay hammaga axborot berib o‘tadi. Kelinining uddaburon emasligidan muntazam noliydi. Kelin o‘zicha eziladi, yaxshi kelin bo‘lishga astoydil harakat qiladi, ammo unda tajriba yo‘q. Kelin qaynonaga o‘zining ahvoli haqida gapirishdan qo‘rqadi. “Ular meni tushunmaydi, o‘zim aybdorman”, deb o‘ylaydi. Asta-sekin turli qochirim gaplardan zerikkan kuyov ham kelinni ovqat pishira olmaslikda ayblay boshlaydi. Aslida kelin ovqat pishirishni bilmasa ham, yaxshi inson bo‘lishi mumkinligi hech kimning aqliga kelmaydi. Kelin – ovqat pishirishi shart! Vassalom. Mazkur axborot, ya’ni kelinning qo‘li shirin emasligi atrofdagilar ongiga singib boradi. Kelin esa ovqat pishirishni astoydil o‘rgana boshlaydi. Shu bois, kelin ancha yaxshi ovqat pishira boshlaganini ular sezishmaydi. Kelin esa yangi oiladagi yaqin qarindoshlardan o‘ziga nisbatan yaxshi muomala kutadi. Biroq, uning asta yaxshi pazanda bo‘lib qolganini xech kim kelinga aytmaydi va bildirmaydi. Uning peshonasiga umrbod “ovqat pishirishni bilmagan kelin” muhri bosilib bo‘lingan va uni o‘chirishning ilojisi yo‘q.

Kelinning ko‘nglida qaynonaning muntazam ayblari asosida konfliktogenlar haddan ziyod ortadi, ular yig‘ila boshlaydi. Izza bo‘lgan kelin qalbi har qanday axborotlarni passiv va salbiy tarzda qabul qilishga qo‘nikib boradi. Qaynona kunlarning birida, yana bir marta, qaynotasi, qarindoshlar va kelinning o‘zi oldida, uning ayblari haqida gap boshlaganda, qaynona konfliktogenlari kelin konfliktogenlari bilan to‘qnashib, kelin qalbida emotsional portlash yuz beradi. Mazkur emotsional portlash hammani dovdiratib qo‘yadi. Kim aybdor, kim haqligiga o‘rgangan odamlar darrov o‘zini oqlashga o‘tishadi. Bir tomonda kuyov - o‘z xotini va o‘z onasi o‘rtasida kimning yonini olishni bilmaydi. Qaynota, kelindan ko‘ra, o‘z xotiniga ko‘proq ishonadi. Har holda kelinning qo‘li shirin emasligi ayon. Natijada, oila hayotiga “rejali ravishda kiritilayotgan, tarbiyalanayotgan va o‘stirilayotgan” janjal - konfliktogenlarning haddan ziyod ortishi oqibatida kutilmagan holda kirib keladi. Aslida mazkur holatda oilaviy janjalni “kutilmagan” deyish noo‘rin, chunki adolatsizlik adolat o‘rnatilishini talab etadi. Haddan ziyod yerga urilgan insono‘z haqqi va huquqlari uchun kurasha boshlaydi.

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ularning barchasini umumlashtirgan narsa shundaki, insonlararo konfliktogenlarning to‘qnashuvi konfliktga olib kelishidir. Agar siz hayotingizda ro‘y bergan biror konfliktni mana shunday tarzda tahlil qilsangiz umumiy ssenariy o‘xshash bo‘lganligiga iqror bo‘lasiz.

Yuqoridagi oilaviy muojaroning xususiyati shundaki, unda na qaynona, na kelin, na boshqalar mana shu holat juda qattiq ziddiyatga olib kelishini tushunmaganlar, yoki bilmaganlar. Qaynona “Kelinni tarbiyalayapman” deb o‘ylagan, kelin “Men rosa harakat qilyapman” deb o‘ylagan. Ularning ikkalasi ham, biz oilamizda ataylab janjal ko‘taramiz, - deb harakat qilmagan. Yuqoridagi vaziyatda qaynonaning ham, yoki kelinning ham o‘z oilasida konflikt chiqqanidan xursand bo‘lgan deb ham bo‘lmaydi. Ular buni istamagan edi, ammo janjal bo‘ldi. Mazkur vaziyatning davom etishi oilaviy janjal bilan tugashi tabiiy edi.

Konfliktogenlar tahdidiga uchragan odam, odatda, o‘zining psixologik va emotsional holatini himoya qilishga o‘tadi. Shu bois, u konfliktogenga nisbatan o‘zidagi emotsional tahdid bilan munosabat bildiradi. Mazkur emotsional tahdid ko‘pchilik hollarda ovoz, mimika, intonatsiyadagi agressiya bilan ifoda qilinadi. Agressiyaga doim o‘ziga yarasha agressiya bilan javob qaytariladi. Ammo o‘ziga qaratilgan agressiyani bosib ketish uchun javobiy agressiya yanada kuchliroq bo‘ladi. Chunki odam “buni adabini berib qo‘ymasam, shunday bo‘laveradi”, - deb o‘ylaydi. Natijada har ikki tomonda konfliktogenlar miqdori keskin orta boradi. Inson emotsional va psixologik holati unga qarata yo‘naltirilgan haqorat, piching, kesatiq, so‘kish, nafsoniyatga tegish, zo‘ravonlik, o‘z fikrini o‘tkazishga intilish, taziyq kabilarga, doimiy ro‘y beradigan adolatsizlikka bundan o‘zgacha munosabat bildira olmaydi.

Insonlar orasidagi turli munosabatlarni tartibga solish uchun har bir millatda etik va estetik qadriyatlar shakllantiriladi. Shu bois, odamlar milliy axloqiy qadriyatlar va normalar asosida tarbiya qilinadi.



Bizga eng kichik paytimizdanoq birovni bekordan bekorga hafa qilmaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik, so‘kmaslikni o‘rgatishadi. Ammo hamma ham ana shu normalarga rioya qilmaydi. Eng qiyin bo‘lgan narsalardan biri, o‘zingni juda qattiq hafa qilgan odamni kechirish hisoblanadi. Ayb qilgan odamni kechirish lozimligi hamma dinlarda uqtiriladi. Xristian dinida “sening bir yuzingga urgan odamga, ikkinchi yuzingi tut”, deb aytiladi. Islom dinida muqaddas bayramlarda dushmanlar bir-birlarining gunohlaridan o‘tishi lozimligi tayinlanadi. Ammo real hayotda birovning aybidan kechgan odamlar juda kam topiladi. Shu bois, o‘zbek xalqi “kechirimli bo‘lish mardning ishi” deydi. O‘zini muhofaza qilish insondagi tabiiy va eng kuchli instinktlardan hisoblanadi. Shu sababli odamlar zarracha bo‘lsa ham o‘ziga zarar bo‘lmaslikka urinadi.


Download 6,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish