M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

oksigenoterapiya
oksigenoterapiya – bu to‘qimalarga yetib borayotgan kislorod 
miqdorini  turli  texnik  vositalar  yordamida  oshirishga  qaratilgan 
usul  va  harakatdir.  Oksigenoterapiyadan  maqsad  gipoksiyani 
yo‘qotish va gipoksiya kelib chiqishining oldini olishdir.
Organizmga  qo‘shimcha  kislorodni  ingalyatsiya,  giperbarik 
oksigenatsiya (GBO), enteral (oshqozonga), venaga, ekstrakorporal 
usullar bilan berish mumkin.
Kislorod  ingalyatsiyasi  –  amaliy  tibbiyotda  eng  ko‘p 
tarqalgan.  U  nafas  olinayotgan  havodagi  yoki  gaz  aralash-
masidagi  kislorodning  foiz  miqdorini  oshiradi.  So‘ng  plazmada 
kislorod parsial bosimi ko‘tariladi, gemoglobinning kislorod bilan 
to‘yinishi ortadi. Kislorodning plazmada eruvchanligi kuchayadi. 


263
Kislorod  ingalyatsiyasi  samarasiga:  bemorga  berilayotgan 
konsentratsiyasi  nafas  yo‘llari  ochiqligi  alveolalar  soni  va 
funksional holati, alveokapillar qon aylanishi (mikroserkulatsiya), 
alveokapillar  va  eritrotsitlar  membrana  o‘tkazuvchanligi, 
gemoglobinning  kislorodni  o‘ziga  bog‘lab  keyin  to‘qimalarga 
berish  xususiyati  va  to‘qimalarning  kislorodni  o‘zlashtira  olish 
xususiyatlari  ta’sir  qiladi.  To‘qimalar  metobolizmi  qancha 
yuqori  bo‘lsa  (gipertermiya)  shuncha  kislorodga  ehtiyoj  ko‘p 
bo‘ladi.  Oksigenoterapiyaga  ko‘rsatmalar:  turli  gipoksiyalar. 
Gipoksiyaning  klinik  belgilari:  sianoz  (lablar,  tirnoq  osti  teri 
qoplamalari),  hansirash  (taxipnoe  bradipnoega  o‘tib,  keyin  nafas 
to‘xtaydi),  taxikardiya  (dekompensatsiya  bo‘lsa,  bradikardiyaga 
o‘tib  so‘ng  yurak  to‘xtaydi)  arterial  gipertenziya  yoki  gipo-
tenziya,  es-hushining  yo‘qolishi  –  psixomator  qo‘zg‘alish  sopor, 
koma,  tonik  va  klonik  talvasalar.  Kislorod  ingalyatsiyasi  uchun 
intranozal  (burun)  naychalar,  bosh  tentlari,  yuz  niqoblari  (shu 
jumladan  Ambu  qopchasi),  mikrotraxeostoma  (teri  orqali 
traxeyaga  qo‘yilgan  naycha  vositasida),  intubatsion  nay, 
traxeostoma qo‘llaniladi. Ko‘proq burun naychalari va kanulalari 
ishlatiladi.  Yumshoq  rezina  yoki  elastik  kateter  burun  katagiga 
shunday  yuboriladiki,  uning  uchi  og‘iz-halqum  ko‘rilganda 
yumshoq  tanglaydan  pastda  bo‘lishi  kerak,  ya’ni  kateter  pastki 
burun  yo‘lida  turishi  kerak.  So‘ngra  kateterni  yopishqoq  tasma 
bilan burun qanotlariga mahkamlab qo‘yiladi. Chunki u sidirilib 
tashqariga  chiqsa,  ingalyatsiya  samarasi  pasayadi  va  aksincha 
ichkariga  kirib  ketsa,  qizilo‘ngachga  kislorod  yetib  oshqozonni 
shishirib yuborishi mumkin.
Kateter  qo‘llanilganda  «o‘lik  masofa»  ko‘paymaydi,  lekin 
nafas  kontori  germetik  bo‘lmagani  uchun  kislorod  yuqori 
konsentratsiyasini  hosil  qilish  qiyin.  Kislorod  ingalyatsiyasi  3–6 
litr/  daqiqa  bo‘lganda  u  qitiqlovchi  va  qurituvchi  ta’sir  ko‘rsatib 
bemorda  negativ  reaksiya  paydo  bo‘ladi  (ingalyatsiyadan  bosh 
tortadi).


264
Kanulalarni  esa  faqat  tashqi  burun  yo‘liga  kiritiladi.  Ular 
qulay  bo‘lib,  bemor  qiynalmaydi.  Sanchqisimon  burun  kanulasi 
bilan  ingalyatsiya  o‘tkazilayotgan  paytda  gaplashish,  ovqatlanish 
mumkin.
Hamshira  kislorod  ingalyatsiyasi  uchun  apparatni  tayyorlashi 
va muolajani texnika xavfsizligiga amal qilib otkazishi kerak.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish