M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Davolash. Kuyishni davolash bir qancha umumiy va mahalliy 
chora-tadbirlardan iborat.
Umumiy  choralar  –  bemorning  ahvoliga  qarab  shokka, 
zaharlanishga,  suvsizlanishga,  sepsisga  va  kamqonlikka  qarshi 
kurashishdan  iborat  bo‘ladi.  Bemor  ko‘p  miqdorda  issiq  shirin 
choy,  mors  va  boshqalarni  (bir  kunda  4–5  litrgacha)  ichishi 
lozim.  Shuningdek,  suyuqlik  teri  ostiga,  mushaklar  orasiga  yoki 
huqna  holida  yuboriladi.  Yuqori  kalloriyali,  oqsil  va  vitaminga 
boy ovqat yeyish katta ahamiyatga ega.
Mahalliy davolash – birinchi darajali kuyishda kuygan sohaga 
sterillangan  vazelin  surtish  kifoya  qiladi.  Og‘riqni  kamaytirish 
uchun  kuygan  sohaga  1%  li  novokain  eritmasiga  ho‘llangan 


255
sterillangan salfetka yopiladi. Tozalash asosan, kuygan sohani va 
uning atrofini fiziologik eritma hamda 5% yoki 0,5% li nashatir 
spirt eritmasi bilan ohista yuvishdan, iflos qilib turgan narsalarni 
va  pufakchalarning  qolgan  qismlarini  olib  tashlashdan  iborat. 
Tozalashdan  keyin  har  xil  bog‘lamlar  qo‘yiladi:  quruq  aseptik, 
penitsillin yoki novokain eritmasi bilan ho‘l, ko‘pincha esa mazli 
bog‘lamlar  (vazelin  yog‘i,  sintomitsin  emulsiyasi,  vishnevskiy 
mazi)  va  boshqalardan  foydalaniladi.  Kuyishni  hech  qanday 
bog‘lamsiz ochiq davolash maqsadga muvofiqdir. III–IV darajali 
kuyishda  o‘lgan  to‘qimalarni  olib  tashlash  (nekroektomiya)  va 
terini ko‘chirib o‘tkazish tavsiya etiladi.
Kuyishni  mahalliy  davolashda  bir  necha  maqsad  ko‘zda 
tutiladi. Bunda infeksiyaning oldini olish yoki uni susaytirishga, 
plazma  yo‘qotishning  oldini  olish  yoki  kamaytirishga,  og‘riq 
sezgilarini  tugatishga,  kuyishdan  zararlangan  to‘qimalarning 
parchalanish  mahsulotlari  qonga  so‘rilishini  kamaytirishga  va 
nihoyat,  kuygan  badanni  epiteliy  bilan  tezroq  qoplanishiga 
intilish kerak.
Hozirgi  vaqtda  kuyishni  davolashning  ikkita  asosiy:  ochiq 
va yopiq usuli tatbiq etilmoqda. Ochiq usul bog‘lamsiz usul deb 
ham  ataladi.  Yopiq  usulda  har  xil  dorilar  surtilgan  bog‘lamlar 
ishlatiladi.
Ochiq usulda davolaganda maxsus vositalardan foydalaniladi. 
Kuygan  soha  birlamchi  tozalanib,  bemor  karkas  ostidagi 
sterillangan  choyshabga  yotqiziladi.  Karkas  ustidan  sterillangan 
choyshab  va  adyol  yoyiladi.  Karkas  ichidagi  lampalar  yoqilib 
bemor  isitiladi.  Qurigan  havo  isituvchi  ta’sir  etib,  kuygan  soha 
ustida strup zich quruq po‘st hosil qiladi. Bu esa, kuygan sohani 
yaxshi  himoya  qiladi.  Hozirgi  paytda  kuygan  jarohatga  terini 
ko‘chirib o‘tkazish usuli ham keng qo‘llanilyapti.
Ba’zan  yuz  va  yuqori  nafas  yo‘llari  kuyganda  (qaynoq  suv, 
bug‘ yoki gaz) halqum tez shishib, nafas qisganda traxeostomiya 
xirurgik davolash sifatida qo‘llaniladi.


256
Qo‘l-oyoq  to‘qimalari  qora  ko‘mir  bo‘lganda  tirik  to‘qima 
chegarasida amputatsiya qilinadi.
Kuygan  bemorlarni  parvarish  qilish.  Kuygan  bemorning 
to‘shagi  iflos  bo‘lmasligi  uchun  matras  bilan  choyshab  orasiga 
albatta  kleyonka  solinadi.  Ichki  kiyimlarini  umumxirurgik 
bemorlarga  nisbatan,  tez-tez  almashtirib  turish  kerak,  chunki 
bunday  bemorlarda  yara  yuzasi  katta  bo‘lganidan  kiyim 
ko‘pincha  yaradan  ajralayotgan  suyuqlikni  shimadi.  Uncha 
katta  bo‘lmagan  soha  kuyganda  terini  haftada  bir  marta  oddiy 
gigiyenik  vanna  qilib  tozalash  oson.  Ko‘p  joy  kuyganda  esa 
umumgigiyenik  vannalardan  tashqari,  terining  sog‘lom  joylari 
har kuni 2% li bor spirt eritmasi bilan artib turiladi. Davolashda 
va parvarish qilishda kuygan bemorni ovqatlantirish juda katta 
ahamiyatga ega.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish