Anafilaktik shok
Allergik reaksiyaning bir turi bo‘lib, organizmga kirgan
yot oqsil va organik kimyoviy moddalarga nisbatan qarshi
reaksiyasidir. Anafilaktik reaksiya organizmga dori preparatlari,
jumladan antibiotiklar, diagnostika preparatlari kiritilganda,
hasharotlar chaqqanda hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan so‘ng
ham rivojlanishi mumkin.
Anafilaksiya – o‘zo‘zini himoya qilish degan so‘zdan kelib chiq
qan va ko‘pincha allergen parenteral yuborilganda yuzaga chiqadi.
Shokning klinik belgilari: teriga toshmalar toshishi, tosh-
malarning butun badanga tarqalishi, burun bitishi, aksirish, burun
223
oqishi, nafas olishning qiyinlashuvi, quruq yo‘tal, xushtaksimon
nafas, teri, lab, tirnoqlarning ko‘karishi, bosh aylanishi, nutqning
buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq.
Anafilaktik shokning rivojlanishi 3 ta shaklda kechadi:
yashin tezligidagi shok – shok dastlabki 10 daqiqa ichida
rivojlanadi;
zudlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr
30–40 daqiqani tashkil etadi;
sekinlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr bir
necha soatni tashkil etadi.
Anafilaktik shokning turlari:
teri;
–
serebral;
–
astmoid;
–
kardiogen;
–
abdominal.
–
Teri shakli – terining qichishi, qizarishi, eshakyemi toshishi,
toshmalarning bir-biri bilan qo‘shilishi, Kvinke shish paydo
bo‘lishi mumkin. Teridagi o‘zgarishlar reaksiyadan so‘ng 30–40
daqiqadan keyin kelib chiqadi.
Serebral shakli – bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, paresteziya,
hushdan ketish, tutqanoqlar, beixtiyor siyish va defekatsiya
kuzatilishi mumkin. Bu epilepsiya tutqanoqlarini eslatadi. Agar
adrenalin bilan davo qilinganda yuqoridagi o‘zgarishlar yo‘qolsa,
anafilaktik shok diagnozi qo‘yiladi.
Astmoid shakli – bo‘g‘ilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Til, hiqildoq, traxeya shishishi oqibatida yuqori nafas yo‘llari
o‘tkazuvchanligi buziladi va nafas buzilishi kuzatiladi.
Kardiogen shakli – yurak sohasida siquvchi og‘riqlar, taxi-
kardiya, ritm buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
Abdominal shakli – qorinda shish, og‘riq, ko‘ngil aynishi,
qusish bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash:
1. Organizmga allergen tushishini to‘xtatish (jgut bog‘lash,
me’dani zondlash). Dori allergen vena ichiga yuborilgan bo‘lsa,
224
igna venada qoldiriladi va dori moddalar shu igna orqali
yuboriladi.
2. Bemorni tekis joyga yotqizish, toza havo kelishini ta’-
minlash, traxeyani intubatsiya qilish, oksigenoterapiya.
3. Adrenalin yuborish, teri orasi, vena ichiga va ingalatsiya
yo‘li bilan yuboriladi. Allergen kirgan joy atrofi adrenalin bilan
inyeksiya qilinadi.
4. Gormonlar – 60–90 mg (2–3 ml) prednizolon fiziologik
erit mada tomir ichiga yuboriladi.
5. Bronxospazmda – vena ichiga 2,4% – 10 ml eufillin yubo
riladi
6. O‘tkir yurak yetishmovchiligida – venaga yurak glikozid-
lari 0,05% – 0,5–l ml strofantin fiziologik eritmada tomir ichiga
yuboriladi.
7. Yuqoridagi davo yordam bermaganda sun’iy nafas va yurak
bilvosita massaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |