pilorus stenozi. Pilorus stenozi yoki chandiqli torayishi
me’daning pilorik qismida yoki o‘n ikki barmoqli ichakda yuz
berishi mumkin. Shu sohada joylashgan yara bitgan taqdirda
chandiqli bujmayish sodir bo‘ladi, natijada me’daning chiqish
bo‘limi torayib qoladi.
Klinikasi. Bemorlar ovqatdan so‘ng me’da sohasidagi
og‘irlik va to‘lib ketish sezgisidan nolishadi. Ovqat yeyilgandan
so‘ng bir necha soat o‘tgach, hazm bo‘lmagan ovqat qusib
tashlanadi, bemor ozadi, suvsizlanadi. Tashxis rentgenologik yoki
gastroskopik yo‘l bilan aniqlanadi.
Davosi – me’da rezeksiya qilinadi. Me’da shirasining kislo-
taligi pasayib holsizlangan va zaiflashgan bemorlarda istisno
tariqasida gastroenteroanastomoz operatsiyasini qilish mumkin.
Bu – me’da bilan ingichka ichakning boshlang‘ich qovuzlog‘i
o‘rtasida anastomoz vujudga keltirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |