Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Bemor
gori zontal vaziyatda yotqiziladi, qorniga sovuq muolajalar
buyuriladi. Faqat yotqizilgan holatda transportirovka qilinadi.
Davo konservativ tadbirlardan boshlanadi: tamomila tinch
sharoit yaratiladi, qorniga muz xaltachalar qo‘yiladi, narkotiklar
beriladi. Venaga 10% li kalsiy xlorid eritmasi va epsilon
aminokapron kislota, muskul orasiga vikasol yuboriladi.
Oz-ozdan tomchilab qon quyiladi. Konservativ davo natija
bermaganda operatsiya qilinadi – me’dani rezeksiya qilib,
qonaydigan yara sohasi olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |