4. Mol-mulk solig‘i stavkasi (2020 yil).
A)
5,0%
B)
5,5%
C)
2,0%
D)
3,0%
5. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i qanday
muddatlarda to‘lanishi kerak?
A)
15-oktyabrga qadar
B)
31-dekabrga qadar
C)
yilning aprel va oktabr oyiga qadar
453
26-MAVZU: SOLIQ VA BOSHQA YIG‘IMLAR
TO‘LOVCHILARI VA ULARNING VAKILLARI
Reja:
1. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining huquqlari.
2. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining majburiyatlari.
3. Soliq va boshqa yig‘imlar to‘lovchilarining vakillari.
4.Bank muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari.
Kalit so‘zlar:
axborot olish huquqi, majburiyatlar, huquqlar,
vakolatli shaxs, vakil, soliq agentlari, bank.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Soliq va majburiy yig‘im
to‘lovchilarining huquqlari, majburiyatlari, ularning vakillari va bank
muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazishga
doir majburiyatlarini yoritib berish.
O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot mate-
riallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik,
o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar
O‘qitish usullari:
O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnolo-
giyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida
mavzuni qo‘shimcha yoritish.
1. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining huquqlari
Davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan
amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida axborot olish;
– o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq
xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud
ma’lumotlarni olish;
– soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini
shaxsan yoki o‘z vakili orqali ifoda etish;
Soliq menejmentidan foydalanish huquqi:
– O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksida, boshqa qonunlar
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab
454
qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish;
– Soliq kodeksida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
Ortiqcha to‘langan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish yoki
qaytarib olish huquqi:
– soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan so‘mmalarini hisobga olish yoki
qaytarib olish;
– soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l
qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
Rasmiy yozma muroojatlarni olishi hamda o‘z hatti-harakati
bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqi:
– soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv
dalolatnomalarini olish;
– soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati
organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir
masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
– davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli
organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Davlat soliq xizmati organlarining yoki boshqa vakolatli
organlarning noqonuniy talablarini bajarmaslik huquqi:
– davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va
ular mansabdor shaxslarining soliq kodeksiga va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan hujjatlari hamda
talablarini bajarmaslik;
– davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlar-
ning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining
qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rni
qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
Soliqqa oid munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqi:
– soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi
uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi
455
shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
– soliq to‘lovchi vakillarining mazkur soliq to‘lovchining soliq
munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati
(harakatsizligi) soliq to‘lovchining harakati (harakatsizligi) deb
e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |