Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining majburiyatlari



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining majburiyatlari 
 
Soliq majburiyatlarini qonunda belgilangan muddatlarda to‘lash 
va soliq to‘lovchilar ro‘yxatidan o‘tish majburiyatlari: 
– o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi; 
– qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, 
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi; 
– davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga 
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; 
– soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati 
organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab 
chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim 
etishi. 
Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organ-
larning talablarini bajarish majburiyati: 
– davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli 
organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talab-
larini bajarishi, shuningdek, mazkur organlarning, ular mansabdor 
shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart; 
– soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab 
chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli 
jamg‘armalariga o‘tkazishi; 
– soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan 
hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu 
jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob 
yuritishi lozim. 


456 
3. Soliq va boshqa yig‘imlar to‘lovchilarining vakillari 
Soliq to‘lovchilarning soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok 
etishi ularni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi 
shuningdek, vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday 
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmasligi 
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 24-25-moddalarida 
belgilab qo‘yilgan. 
Soliq to‘lovchi, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil 
orqali ishtirok etishga haqli. 
Vakilning vakolatlari Soliq kodeksiga va boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb 
ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida 
vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. 
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning 
soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan 
harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati 
(harakatsizligi) hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, 
bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari 
bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan 
soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq 
to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. 
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar 
Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z 
vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansab-
dor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi. 
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish 
to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning 


457 
mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosa-
batlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining 
manfaatlarini ifodalashga haqli: 
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish 
to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, 
shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning 
amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish 
bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; 
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirok-
chisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun 
foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq 
huquqiy munosabatlarda; 
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga 
oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq 
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan 
yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa. 
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma mud-
datidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning 
mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n 
birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi. 
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishti-
rokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfa-
atlarini ifodalash bo‘yicha soliq kodeks bilan o‘zlariga berilgan vako-
latlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki 
berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir. 
Quyidagilar vakolatli organlardir: 
soliq organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq 
inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) 
davlat soliq inspeksiyalari; 
bojxona organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona 
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, 
“Toshkent – AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; 


458 
yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat 
organlari va tashkilotlar. 
Jismoniy shaxslarning qonuniy vakillari – O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ishtirok etuvchi shaxslar 
hisoblanadi. 
– vakolatli vakillar ushbu vakolatlar yuklatilgan shaxslar 
hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning vakolatli vakillari soliq 
munosabatlarida ushbu vakolatlar yuklatilgan yuridik va jismoniy 
shaxslar bo‘lishi mumkin. Bularga soliq organlari, bojxona xizmati, 
davlatning ichki ishlar va byudjetdan tashqari fondlarining 
mansabdor shaxslari, sudyalar, tergovchilar, prokurorlar bo‘lishi 
mumkin. Vakolatli vakillar o‘z faoliyatini yuridik yoki jismoniy 
shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga 
muvofiq berilgan ishonchnoma asosida olib boradi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb 
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat 
olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z 
vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial 
tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish