Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Mol-mulk solig‘i stavkasi (2020 yil)



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

4. Mol-mulk solig‘i stavkasi (2020 yil). 
A)
5,0% 
B)
5,5% 
C)
2,0% 
D)
3,0% 
5. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i qanday 
muddatlarda to‘lanishi kerak? 
A)
15-oktyabrga qadar 
B)
31-dekabrga qadar 
C)
yilning aprel va oktabr oyiga qadar 
 


453 
26-MAVZU: SOLIQ VA BOSHQA YIG‘IMLAR 
TO‘LOVCHILARI VA ULARNING VAKILLARI 
 
Reja: 
1. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining huquqlari. 
2. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining majburiyatlari. 
3. Soliq va boshqa yig‘imlar to‘lovchilarining vakillari. 
4.Bank muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari. 
 
Kalit so‘zlar: 
axborot olish huquqi, majburiyatlar, huquqlar, 
vakolatli shaxs, vakil, soliq agentlari, bank. 
Mashg‘ulotning maqsadi:
Soliq va majburiy yig‘im 
to‘lovchilarining huquqlari, majburiyatlari, ularning vakillari va bank 
muassasalarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazishga 
doir majburiyatlarini yoritib berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot mate-
riallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, 
o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar
O‘qitish usullari: 
O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnolo-
giyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida 
mavzuni qo‘shimcha yoritish.
1. Soliq va majburiy yig‘im to‘lovchilarining huquqlari 
 
Davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan 
amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida axborot olish; 
– o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq 
xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud 
ma’lumotlarni olish; 
– soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini 
shaxsan yoki o‘z vakili orqali ifoda etish; 
Soliq menejmentidan foydalanish huquqi: 
– O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksida, boshqa qonunlar 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab 


454 
qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish; 
– Soliq kodeksida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda 
belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash; 
Ortiqcha to‘langan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish yoki 
qaytarib olish huquqi: 
– soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning 
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan so‘mmalarini hisobga olish yoki 
qaytarib olish; 
– soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l 
qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; 
Rasmiy yozma muroojatlarni olishi hamda o‘z hatti-harakati 
bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqi: 
– soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv 
dalolatnomalarini olish; 
– soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati 
organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir 
masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; 
– davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli 
organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; 
Davlat soliq xizmati organlarining yoki boshqa vakolatli 
organlarning noqonuniy talablarini bajarmaslik huquqi: 
– davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va 
ular mansabdor shaxslarining soliq kodeksiga va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan hujjatlari hamda 
talablarini bajarmaslik; 
– davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlar-
ning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining 
qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rni 
qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish. 
Soliqqa oid munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqi: 
– soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi 
uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi 


455 
shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday 
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 
– soliq to‘lovchi vakillarining mazkur soliq to‘lovchining soliq 
munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati 
(harakatsizligi) soliq to‘lovchining harakati (harakatsizligi) deb 
e’tirof etiladi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish