bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qarz kafolatining, majburiyatining moddiy-
lashuvi, tabiiyki odamlarda mas’uliyatni oshirgan, zero «mol achchig'i
jon achchig‘i» degan xalq maqoli bejiz paydo b o ‘lmagan.
Bunda qo‘y qasamining bahosi bitta qo‘y qiymatiga teng bo‘lgan; qo‘l
qasami tom onlam ing qo‘l qisishi bilan shartlashilganligini bildirgan.
Ko‘rinib turibdiki, qasamlar tarkibida eng katta aasam -ekin aasamidir.
Bu shunchaki moddiy qasam emas, balki «eng yaxshi, eng serhosil
zamindagi ekin» qasamidir. Bunday qasam shartnoma m a’nosini bildiradi,
tomonlarning o ‘zlariga olgan majburiyatlarini aks ettiradi. 0 ‘z ahdini
buzgan tom on «eng serhosil zamindagi ekin» qiymati darajasida tovon
to ‘lagan. Ekin qasamini buzgan aybdoming to'qqiz yuz qamchin asnahix-
ashantra bilan, to‘qqiz yuz qamchin saravush-charana bilan savalash orqali
jazolanishi qat’iy belgilab qo'yilgan.
Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, qasamlarning eng zo‘ri,
mas’uliyati, iqtisodiy jazosi kuchlirog‘i «ekin qasamidir». Albatta, bunda
Axura Mazda tarafidan ilgari surilgan ilohiy m a’no bor. Bu- dehqonchilik
mahsuloti, dehqonchilik mehnati barcha mehnat turlari ichida mo‘tabarroq,
ulug‘roq, ilohiyroq ekanligi.
M a’lumki, shartnoma m a’lum iqtisodiy vazifalami, majburiyatlami o ‘z
zimmasiga olishni bildiradi. Zardushtiylik dinida inson lafzi, uning bir-biriga
bergan ahdi (qasami) Yaratganning oldidagi qandaydir farz
amalidek kuchga
ega bo‘lgan. Asarda ijara munosabatlari to‘g‘risida gap borganda xuddi
yuqoridagidek m as’uliyat yuklatilgan. M asalan, «Muxtasar» asarida
yozilishicha, ijara munosabatlari qarz majburiyati-kredit berish m a’nosini
bildiradi, ya’ni
«ijara oluvchiga ijara haqini o'sha zahotiyoq bermoq vojib
emas...» degan ilohiy qoida bitilgan. Albatta, bunday iqtisodiy munosabat-
ijara to ‘lovini m a’lum muddatga kechiktirilishi kredit oluvchining iqtisodiy-
ijtimoiy ahvolini yengillashtirgan.
Yana shu narsa muhimki, islomiy qoidaga
muvofiq mulk ijaraga olingan bo‘lsa-yu, undan foydalanilmasa ham yoki
undan ijara haqi darajasida samara olinolmagan bo‘lsa ham ijara haqini to‘lash,
mulkni but-butun qaytarish majburiyati yuklangan1.
Zardushtiylik dinida olingan qarz majburiyatini bajarmaslik shunchaki
iqtisodiy jazoga loyiq ish emas, balki shartnom ani buzganlik juda ham
katta gunoh hisoblangan, bunday odam Axura M azda nazaridan qolgan.
Ayni chog‘da, bunday ilohiy majburiyat qarz olgan tomonga kuch-quw at
ham bergan, shartnomani buzmaslikka undagan, majbur etgan.
Shartnoma-qasam m a’lum qarzdorlik munosabatini bildirib, omonat
1 M uxtasar, Т., 1994, 189-bet
20
yuzasidan
olingan
majburiyatni o‘zida ifodalaydi, omonatga xiyonat, qayta-
rilishini o'ylamaslik, uni o'ziniki qilib, o‘zlashtirib olish «o‘g‘rlangan bilan
barobardir» deyiladi, ya’ni beburdlik qilish o ‘g‘irlik bilan teng darajaga
qo‘yiladi. 0 ‘g‘irlik qilish esa zardushtiylikda katta jinoyat, gunoh hisoblangan.
«Avesto» kitobini umuminsoniy qadriyatlar haqidagi aasida deyish
mumkin. U nda odamlar o ‘rtasidagi mehr-oqibat, birodarlik, do‘stlik,
o'zaro yordam va madad berish g‘oyalari, bilim olish, o'tm ish donish-
mandlari, allomalari bilimlarini egallash kabi komil inson bo‘lishga xos
umumbashariy qoidalar, ularga asoslanib yashash lozimligi uqtiriladi.
Masalan, asarning 4-fargardi, ikkinchi qismida odamlar hech qachon
bir-birlaridan hech narsani darig1 tutmasliklari, qizg‘anmasliklari lozim.
Xususan, moddiy madad berish, din ilmini, kasb-hunar egallashni
birodariga bem innat o ‘rgatishi zarur, degan ko'rsatma berilgan.
Biroq, odam lar o ‘z ilohiy va dunyoviy vazifalarini bajarishlari uchun
tabiat n e’matlaridan, o ‘zlari ishlab chiqargan narsalardan iste’mol qilish-
lari, dam olishlari, rohatlanmoqlari ham zarur. Zero, dam olish, rohatla-
nish, m a’naviy oziq olish tirikchilik bilan, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ul-
lanish uchun kuch-quw at beriladi. Bularning zaminida «shiddat bilan
bilim olish» yotadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: