Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari Dars soati 4


Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va ijtimoiy sharoitlarning axamiyati



Download 40,59 Kb.
bet11/16
Sana10.09.2021
Hajmi40,59 Kb.
#170599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Labaratoriya mashg 7 (3)

Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va ijtimoiy sharoitlarning axamiyati.

Yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi odam organizmning reaktivligi, patogen qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi, tashqi muxit ta'siri va ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu omillarning munosabatiga qarab infeksion jarayon qo'zg'atuvchisi yoki xo'jayini o'limi yoki xo'jayin bilan parazit o'rtasida moslashuv yuzaga kelishi mumkin. Organizmning yuqumli mikrobga ta'sirchanligiga asab,endokrin, immun, va boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir ko'rsatadi. Ko'p hollarda organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish, nurlanish, alkogolizm va boshqalar sabab bo'ladi. O'z navbatida to'g’ri ovqatlanish, kerakli vitaminlarni vaqtida olish, sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga qo'yish, o'z vaqtida dam olish.organizmni chiniqtirish va sport bilan shug'ullanish yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Uzoq vaqt och qolish yoki to'g'ri, to'la-to'kis ovqatlanmaslik natijasida sil. ichburug', furunkulyoz kabi kasalliklar rivojlanadi. Infeksion xolatlarning rivojlanishida gipovitaminozlarning (ayniqsa A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining pasayishi organizmdagi patogen va shartli-patogen mikroblarning ko'payib xar-xil kasalliklar keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi.

Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning

rivojlanish davri.

Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz, zoonoz va sopronoz infeksiyalar tafovut qilinadi. Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug', vabo, qizamiq, zaxm so'zak va boshqalar) faqat odamlarga yuqadi, Antropozoonoz infeksiyalar (toun, kuydirgi, brutselyoz, quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda xayvonlar infeksiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Zoonoz infeksiyalar (tovuq, va itlar o'lati)da faqat xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba (suv, xavo tuproq va boshqalar) xisoblanadi. Patogen mikroorganizmlarning organizmga kiradigan a'zo va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi.

Yuqumli kasallik davri.

Yashirin (inkubatsion) davr, patogen mikrob organizmga tushganidan boshlab to kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lgungacha o'tadigan vaqt. Yashirin davrning muddati odam organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar ta'siri, patogen mikrobning tushgan miqdori va virulentligiga bog'liq. Agar organizm tushgan mikrobni ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin.

Prodromal davr. Bu davrda patogen mikrob o'ziga moyil a'zo yoki to'qimada ko'paya boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davr bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bu davrda kasallikga xos umumiy belgilar: tana xaroratining ko'tarilishi, bosh og'rig'i, darmonsizlik.lanj bo'lish, ishtaxa yo'qolishi va boshqalar paydo bo'ladi.

Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi. Bu davrda kasalik qo'zg'atuvchisi yanada ko'payib,organizmda gemotagen, limfogen va neyrogen yo'llar bilan tarqaladi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha davom etadi va patogen mikrob tutuvchi bemor atrofdagilar uchun xavfli xisoblanadi. Shu bilan birga.immun tizim omillari kasallik qo'zg'atuvchisi bilan kurasha boshlaydi. Agar bu kurashda patogen mikroorganizm g'olib kelsa bemor nobud bo'lishi mumkin. Aksincha, organizmning ximoya omillari yengib chiqsa, keyingi tuzalish davri (rekonvalesensiya) boshlanadi, bunda organizmning zararlangan a'zo to'qima va xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi.

Infeksiya shakllari va ularning tavsifi.

Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq.

Ekzogen infeksiya - patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar.

Endogen infeksiya - ma'lum bir sharoitda odamning normal mikroflorasiga kiruvchi shartli -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga kiradi.

Autoinfeksiya - endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro - va mikroorganizm o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib patogen mikrobni gematogen,limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur mikroorganizm qo'zg'atadigan kasalliklar (masalan, gripp, so'zak, zaxm, vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir necha tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning qaytalanishi bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya - bemor kasallikdan tuzalgandan keyin qisqa vaqt ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib kasallik paydo qilishi. Residiv - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum vaqtdan so'ng kasallik belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit.qorin tifi, sil va boshqalar. Superinfeksiya - bemor tuzalmasdan, xuddi shu tur patogen mikroorganizmning uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya.

Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi.

Tibbiyot amaliyotida yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen mikroorganizmlarni nobud qila olish xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy moddalar keng qo’llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo’llanilsa, kimyoterapiya, profilaktika maqsadida qo’llanilsa, kimyoprofilaktika deb ataladi.

1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma’lum bir kimyoviy moddalar bilan o’zidagi maxsus reseptorlari yordamida o’zaro ta’sirlashadi degan xulosaga keldi.

Kimyoterapevtik moddalarning ba’zi bir umumiy belgilari:

a) odam organizmiga toksik ta’sirining yo’qligi. Moddalarning zararsizligi kimyoterapevtik ko’rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi.

b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab ta’sir etishi, antimikrob ta’sir doirasi bilan aniqlanadi.

c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta’sirga ega. Bakteriostatik ta’sir deganda bakteriyalarning o’sishi va ko’payishini to’xtatish, bakterisid ta’sirda esa bakteriyalarning nobud bo’lishi tushuniladi.

d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga chidamli shakllarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega, ba’zi bir dorilarga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo’lsa boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi.

e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta’sir ko’rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo’qligi bilan bog’liq. Pirimidinga o’xshash idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon’yugktivit va uchuqni davolashda qo’llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning boshlang’ich davrida susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan remantadin gripp A virusiga juda samarali ta’sir ko’rsatadi;

f)chechak viruslari reproduksiyasini to’xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi naf beradi.

Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo’lishi kerak:

a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni davolashda ishlatiladi.

b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko’rsatuvchi malyariya kasalligini davolashda;

c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin. Sulfanilamidlarni ta’sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o’z ichiga oladi.shu sababli organizmda mikrobni ko’payishi to’xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya kuchlari ta’sirida mikroblar halok bo’ladi.

d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid.

2. Antibiotiklar: umumiy ma’lumotlar

Antibiotiklar—ba’zi mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug’lar, bakteriyalar) hayvon to’qimalari va ayrim yuksak o’simliklar hayot faoliyati natijasida xosil bo’ladigan va turli xil mikroblarning o’sishi hamda rivojlanishini to’xtatadigan organik moddalar. Bu terminni Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo’lib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan.

Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni o’ldiradi yoki o’sishini to’xtatadi. Ular turli mikroblarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta’sir qilmaydi. Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta’sir qilmay balki odam, hayvon va o’simlik organizmidagi to’qima va hujayralarini emiradi. Shuning uchun tibbiyot amaliyotida uning faqat zararli mikroblarni o’ldiradigan, ammo odam, hayvon va o’simlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi.

Kimyoviy tarkibi bo’yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo’linadi:

1.Betalaktamli antibiotiklar yoki betalaktamidlar-betalaktam xalqali azot tutuvchi geterotsiklik birikmalar. Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va yarim suniy penitsillin va tefalosporin.

2. Tetratsiklin va uning yarim suniy xosilalari; oksitetratsiklin, xlortetratsiklin, morfosiklin,

metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. Bular har xil radikallar tutuvchi to’rta benzol xalqadan tashkil topgan.

3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid

antibiotiklar.

4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin).

5.Levomitsetin(tabiiy turi xloramfenikol) suniy modda bo’lib, tarkibiga nitrofenil,dixloratsetamin

propandiol kiradi.

6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning yarim suniy hosilasi-rifampisin kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor.

7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir qancha tutash qo’sh bog’larga ega.

Antibiotiklar bakteriyalarga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 3 guruhga bo’linadi:

1. Bakteriostatik ta’sir-bakteriyaning o’sishi va ko’payishi faoliyatini to’xtatib qo’yadi. Buning natijasida bakteriya o’z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm)

2.Bekteritsid ta’sir qiluvchi antibiotiklar-bakteriyaning hujayra devori yoki nukleidning parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi.

3.Bakteriolitil ta’sir qiluvchi antibiotiklar-hamma turdagi bakteriyalarni eritib yo’q qilishga qaratilgan ta’sir.

O’z ta’siriga qarab esa 2 guruhga bo’linadi:

1.Tor doiradagi antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy yoki grammusbatlarga ta’sir etuvchilar.

2.Keng doiradagi antibiotiklar bir necha grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga,masalan, rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma va boshqalarga antimikrob ta’sir ko’rsata oladi.

Antibiotiklarning antimikrob ta’siri turlicha bo’lib u shartli TB bilan belgilanadi. TB-antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bakteriyaning maksimal o’limini keltirib chiqarishi tushuniladi. Har bir antibiotik uchun bu ko’rsatkich har xil. Antibiotic buyurilganda bemor yoshi, og’irligi aniqlanib, buni natijasida 1kg-TB olinadi.

Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.

I. Bakteriyaning hujayra devoir komponentlari sintezini to’suvchi antibiotiklar:

1. Penitsillinlar—tibbiyot amaliyotida ilk bor qo’llanilgan, uni Penicillium turkumiga kiruvchi zamburug’lar ishlab chiqaradi. Tibbiyotda tabiiy va yarim sun’iy penitsillinlardan foydalaniladi.

a) tabiiy penitsilinlarga: benzilpenitsillin, bitsillin va fenoksimetilpenitsillin kiradi. Tabiiy penitsillinlar tor ta’sir doirali antibiotiklar bo’lib, bekterial B-laktamaza me’daning kislotali muhiti ta’sirga sezuvchandir.

b) yarim sun’iy penitsillinlarga biologik va kimyoviy yo’llari bilan olinadigan har xil moddalar kiradi.

v) murakkab penitsillinlar tarkibiga penitsillin halqasi bilan birga klavulan kislotasi va sublaktam moddalar ham kiradi. Penitsilinlar odam hujayralariga ta’sir ko’rsatmaydi, chunki uning tarkibida peptidoglikan moddasi yo’q.

2. Sefalosporinlar molekulasi 6-aminopenitsillin kislotasi 6-APKva B-laktam halqadan tashkil topgan. Sefalosporinning antibacterial ta’sir mexenizmi penitsillinga o’xshash.

3. Boshqa B-laktam antibiotiklar. Bu guruhga monobaktamlar, karbapenemlar kiradi. Ular bakteriyalarning hulayra devoir sinteziga ta’sir ko’rsatadi.

4. Batsitratsinlar peptid antibiotiklari bo’lib, asosan, Bacillus subtilis va B.Licheniformis spora hosil qilishdan oldin ajratib chiqaradi. Tibbiyot amaliyotida batsitratsin A qo’llaniladi. Antimikrob ta’sirga ega.

5. Vankomitsin- glikopeptiddan tashkil topgan, Streptomyces ning har xil turlari ishlab chiqaradi. Hujayra devoridagi peptidoglikan sintezini to’xtatib qo’yadi, ko’pgina grammusbat bakteriyalarga antimikrob ta’sir ko’rsatadi.

6. Sikloserin- bu moddani ham Streptomyces ning har xil turlari ajratib chiqaradi. Ba’zi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi.
II. Mikroorganizmlarning sitoplazmatik membranasi funksiyasini buzuvchi preparatlar. Bu guruhga:

1. Polimiksinlar, bu antibiotiklarni Bacillus polymyxa va boshqa ba’zi bir bakteriyalar hosil qiladi. Bu guruhga polimiksin M, polimiksin B kirib bir-biridan farmokologik xususiyatlari bo’yicha farq qiladi.

2. Polienli antibiotiklar-nistatin, levirin, amfoteritsin B aktinomitsetlarning Streptomyces turi ishlab chiqaradi.

3. Gramitsidlar polipeptidlar bo’lib Bacillus brevis ishlab chiqaradi. Grammusbat kokklar va batsillalarga nisbatan bakteriostatik ta’sirga ega.


III. Bakteriya hujayrasi ribosomasida oqsil sintezini to’suvchi antibiotiklar. Bu guruhga aminoglikozid, tetratsiklin, levomitsitin, makrolid, azalid, linkozalid guruhlari kiradi.

1. Aminoglikozidlarning 50 dan ortiq turi aniqlangan. Bu moddalar 3 avlodga bo’linadi: 1-avlodga streptomitsin, kanamitsin, monomitsin, neomitsin; 2-avlodga gentamitsin; 3-avlodga sizomitsin, tobramitsin, amikatsin, netilmitsin, didezoksikanamitsin B kiradi.

Bu antibiotiklarning ijobiy ta’siri bilan birga nohush, ya’ni neyro- va nefrotoksik ta’siri ham bor. Masalan, streptomitsin eshitish a’zolariga nohush ta’sir ko’rsatadi.

2.Tetratsiklin guruhiga mansub antibiotiklar kang ta’sir doirasiga ega bo’lib bakteriostatik ta’sir etadi. Uning salbiy ta’siri esa disbakteriozga olib keladi.

3.Levomitsetinni aktinomitsetning Streptomyces venezueae turi ajratib chiqaradi. U grammanfiy anaerob va grammusbat bakteriyalarga, rikketsiyalarga, spiroxetalarga, xlamidiyalarga va boshqa mikroorganizmlarga bekteriostatik ta’sir etadi.

4.Makrolidlar tabiiy va yarim suniy guruhlarga bo’linadi. Asosan penitsillin va tetratsiklinga chidamli bakteriyalar guruhlariga, rikketsiyalar, xlamidiyalarga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi.

5.Azalidlar-bu guruhga azitromitsin kirib, keng ta’sir doiraga ega. Fagotsitlar o’rab olgan bakteriyalarga ta’sir ko’rsatadi.

6.Linkozamidlar guruhiga linkomitsin kiradi, uni aktinomitsetlarning ba’zi bir turlari ishlab chiqaradi. Patogen kokklar, bo’g’ma va kuydirgi bekteriyalari, ba’zi bir anaerob jarohat infeksiyalariga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi.

IV. RNK-polimerazani to’suvchi antibiotiklar. Bu guruhga rifamitsinlar kiradi, uni Streptomyces mediterranei ishlab chiqaradi. Rifamitsinlar yarim suniy o’xshashi rifampitsin bo’lib, keng antibekterial ta’sir doirasiga ega.

V.DNK replikatsiyasini to’sib qo’yuvchi antibiotiklar. Bu guruhga novobiotsin, mitomitsin C6, porfiromitsin va boshqa antibiotiklar kirib, bularni aktinomitsetlarning ba’zi turlari ajratib chiqaradi. Novobiotsin DNK polimerazaga ta’sir qilib, DNK sintezini buzadi. Bundan tashqari, RNK vabakteriya hujayra devorining sintezini ham to’sib qo’yadi.




Download 40,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish