L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Maktab rejimiga qo`yiladigan gigienik talablar



Download 5,47 Mb.
bet69/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

4.8 Maktab rejimiga qo`yiladigan gigienik talablar
Xalq ta’limi tizimi oldida o`quv—tarbiya ishlarining sifatini oshirish, o`qitishning yuqori ilmiy darajasini ta’minlash, mehnatga muhabbat, g`oyaviy va ma’naviy tarbiyani yaxshilash, estetik va jismoniy barkamollikka erishish kabi vazifalar turibdi.
Maktabning asosiy vazifasi—ta’lim-tarbiya va hunarga jalb etish ishlarini yo`lga qo`yishni ta’minlashdir.
Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida hafta mobaynida o`quv soatlari quyidagicha belgilangan: 1-4 sinflarda 22 soat, 5-7 sinflarda 28 soat, 8-9 sinflarda 30 soat. Shunday qilib, respublikamizda barcha bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishining muhim bosqichlarini o`z ichiga olgan uzoq davom etadigan asosiy faoliyat davri — bu uzish davridir. Shu sababli o`quv mashg`ulotlari, darslarni tog`ri tashkil etish sog`liqni saqlash va mustahkamlashning garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga quyilgan gigiyenik talablar, dastavval bola organizmining turli yoshga xos bo`lgan morfofunksional jihatdan yetuklik darajasini, oliy nerv tizimi faoliyatining funksional imkoniyatini e’tiborga olishi lozim.
Bola organizmining turli—tuman va doimo o`zgarib turuvchi tashqi muhit omillari bilan bo`lgan munosabatini o`rganishi ham ahamiyatlidir. Tashqi muhit ta’siri faqat o`quv jihozlarining turini tanlash, ish joyini tug`ri tashkil etish va jixozlash, yorug`lik, mikroiqlim sharoitlariga bo`lgan talablarni aniq bajarish bilan gina chegaralanmaydi, binobarin, so`nggi vaziyatlarda mikroijtimoiy degan tushuncha ostida yotgan boshqa bir qator omillar ham e’tiborga loyiqdir.
O`qish faoliyatini gigienik baxolashda endogen (ichki) omillar hisoblangan ritmlar — bir kecha — kunduzga, yil va turli mavsumlarga oid ritmlarni, shuningdek, ekzogen (tashqi) ijtimoiy omillarga bog`liq bo`lgan mexnat va dam olishning bir haftalik ritmlarini bilish diqqatga sazovordir. Shuning uchun gigiyenik me’yorlarni belgilashda organizmning bir kunda bo`ladigan bioritmik faolligiga ijtimoiy omillarning ta’sirini hisobga olish zarur. Shunday qilib, ta’lim-tarbiya gigiyenasi oldida turgan vazifalarni hal etishda faqat gigiyenik tadqiqotlar va aqliy mehnatni o`rganish, xronobiologiya, psixologiya erishgan zamonaviy fiziologik yutuqlarning uyg`unligi asosida yondashish lozim. O`quv faoliyatining gigienasi oldida turgan aniq vazifalardan biri darslarga bo`lgan quyidagi talablarni bajarish: darsni to`g`ri tashkil qilish; — darslar va tanaffuslarning qancha davom etishini oqilona belgilash; — o`quv kuni va xafta davomidagi darslarning umumiy sonini me’yorlashtirish; — darslarni xafta va kun davomida oqilona taqsimlash; — ta’tillar vaqti va davomiyligiga rioya qilishdan iborat.
Bolaning 6— 7 yoshda maktabga borishi eng qiyin birinchi bosqich hisoblanadi. Bu bolaning majburiy sistematik o`qishga moslashish (adaptatsiya) davridir. Respublikamizda bolalar yetti yoshdan boshlab uzatiladi. 7 yoshli bolalar uchun ham o`qishning dastlabki davri mas’uliyatli hisoblanadi. 1—sinf o`quvchisi uchun 45 daqiqali dars haddan ziyod og`ir hisoblanadi. Dastlabki davrda 1—sinf o`quvchilari uchun kuniga 4 soat dars ham og`irlik qiladi. Shu sababli ular uchun o`qitish davrining dastlabki oylarida darslar sonini yangi talablarga muvofiq cheklash fiziologik jihatdan asoslangan. O`quvchilarning maktabga moslashish davrida bosqichma—bosqich tartibga rioya qilishlari o`rinlidir. Bu qoidalarga muvofiq I chorakda 30 daqiqali 3 ta dars, II chorakda 30 daqiqali 4 ta dars, o`quv yilining III —IV choraklarida esa 35 daqiqali 4 ta dars uzatilsa yetarli bo`ladi.
Kuzatishlar oquv mashg`ulotlarining bu tarzda uyushtirilishi 1—sinf o`quvchisida fiziologik ko`rsatkichlarning yuqori darajada bo`lishi bilan birga fanlarni yaxshi o`zlashtirishini ham ko`rsatdi.
O`quvchilarning ishlash qobiliyatini yuqori darajada uzoqroq paytgacha davom etishini ta’minlash va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda darslarni tug`ri tashkil etish, o`quv faoliyatining asosiy turlarini aniqlash, ularning davomiyligi va bir—biri bilan tug`ri muvofiqlashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar diqqat—e’tibori faol holatda 15— 25 daqiqa davom etadi.
Bu kichik yoshdagi bolalar uchun o`quv mashg`ulotlari ham mexnat talab etmaydi. Katta psixofiziologik va ko`z ko’rizishi bilan kechadigan harakatsiz holatni uzoq vaqt saqlab turishni talab etadi. Birinchi va ikkinchi sinflarda uzluksiz o`qish davomiyligi 8—10 minutni tashkil etadi, uchinchi sinfga kelib 15 daqiqagacha uzayadi. Mustaqil ishni darsning eng qiyin qismi sifatida dars boshi va o`rtasida o`tkazish hamda so`zlab berish, suxbatlashish bilan navbatma—navbat olib borish lozim.
Yozuv ishlarini bajarish darsning tez charchatadigan xususiyatlaridir. Shu sababli, dam olmasdan 3— 5 daqiqa yozib borish eng ma’qul yo`l hisoblanadi. Bunda bolalarning qaddi —qomati bukilishi ham mumkin, shu sababli bunga katta e’tibor berish kerak.
O`rta va yuqori sinflarda dars soatlari yangi fanlar hisobiga ortib boradi. Bu xolda o`qish jarayonining noto`g`ri tashkil etilishi oson bartaraf etsa bo`ladigan charchashga emas, balki qattiq charchashga olib kelishi mumkin. Qattiq charchash fiziologik holat emas, u patologik holatga o`tish bo`sag`asi bo`lib hisoblanadi. Qattiq charchash ishlash hamda dam olish ritmining bukilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Uni bartaraf etish uchun gigienik, ba’zan esa davolash chora—tadbirlari qo`llanadi. Gigiyenik tadqiqotlar charchashni kamaytirishda kun va xafta mobaynida darslarni to`g`ri tartibda tuzishning ahamiyati katta ekanligini ko`rsatdi.
Gigiyenistlarning kuzatishlari ko`pchilik o`quvchilarning ish qobiliyati dastlabki darslar mobaynida ortib borishi, uchinchi yoki to`rtinchi darsdan boshlab esa pasayishini (charchash hisobiga) ko`rsatdi. Shu sababli qiyin darslarni (masalan, astronomiya, matematika, fizika) oxirgi soatlarga qo`yish maqsadga muvofiq emas.
O`quv kunining oxirida mexnat, jismoniy tarbiya kabi darslarni o`tkazish maqsadga muvofiq. Ba’zida shunday "oson" darslar ikkita "qiyin" bo`lgan darslar haftasida ham qo`yilishi mumkin.
Dars jadvalini to`g`ri tuzishga turli yo`llar, dast-avval fanlarni to`g`ri taqsimlash orqali erishiladi. Bitta fanni ketma —ket ikki soat o`tmaslik zarur, hamda bir-biriga o`xshash turdagi darslarni ketma—ket o`tish ham (masalan, fizika, matematika, mexnat) maqsadga muvofiq emas. Chunki bir xil darsni uzoq vaqt davomida bajarish qattiq charchashga olib keladi.
Mexnat va jismoniy tarbiya darslari bor kuni o`quvchilarda oliy nerv f aoliyati ko`rsatkichlarining yuqori darajada bo`lishi aniqlangan. Bu xildagi darslarning 3— yoki 4— soatlarda o`tkaqilishi ish qobiliyatining oshishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Odatda o`quvchi bolalarda maktabga kelgunlariga qadar birmuncha charchoqlik paydo bo`ladi. Darslar esa organizm fiziologik funksiyalarining yanada pasayishiga olib keladi. Shu boisdan birinchi va bitiruvchi sinflar faqat birinchi smenada o`qishlari kerak. Boshqa sinflarda darslar vaqti — vaqti bilan birinchi va ikkinchi smenada o`tkaqilishi mumkin. Bu xolda bir sinf o`quvchilarining bir necha yil ketma-ket ikkinchi smenada o`qishlariga aslo yo`l qo`ymaslik kerak. Butun o`qish kuni mobaynida ish qobiliyatini yuqori darajada bo`lishiga erishish uchun tanaffuslarni to`g`ri belgilash katta ahamiyatga ega. O`zbekiston iqlimi sharoitida barcha o`quvchilar uchun tanaffuslar ochiq havoda o`tkaqilishi zarur, bunda organizm dam oladi, qon aylanish yaxshilanadi, miya po`stlog`i hujayralarining funksiyalari tiklanadi.
Bir faoliyatni boshqa turdagisi bilan almashtirish ham yaxshi dam olish mezoni bo`lib xizmat qiladi. Aqliy mehnatdan so`ng o`tkazilgan harakatli o`yin va yengil mashg`ulotlar bolaning ish qobiliyatini tiklaydi. Har qanday ob— havo sharoitida ham tanaffuslarni, ayniqsa, katta tanaffuslarni ochiq havoda o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu birinchidan, oquvchilarning ochiq zavoda bo`lish vaqtlarini uzaytirsa, ikkinchidan, ularning hatti—harakatlariga bo`lgan tabiiy fiziologik ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Ammo tanaffus vaqtida bolalarning o`yinga juda berilib ketishiga yo`l bermaslik kerak, chunki dars vaqtida ularning diqqat — e’tiborini o`qituvchi o`ziga jalb etishi qiyin bo`lib qoladi.
Uy vazifalarining bajarilishi uchun, eng avvalo, o`quvchilar uchun uyda alohida dars tayyorlaydigan joyning bo`lishi, u xonaning saranjom va tinch, havo ventilyatsiyasi yaxshi bo`lishi muhimligi uqtiriladi. Uyda dars qilish davomiyligi 1—2 sinf bolalari uchun 30— 45 minut bo`lsa, katta sinf bolalarida 3 soat atrofida bo`ladi.
O`quv yili mobaynida to’planib kelayotgan charchashni kamaytirish va ish qobiliyatining yuqori bo`lishiga erishish uchun uquv yili davomida o`quvchilar vaqti —vaqti bilan ta’tillarga chiqadilar.
Maktab o`quvchilarining ta’til kunlarini kuzgi — 5 kun, qishki — 12 k u n bahorgi — 8 kun hisobida belgilash maqsadga muvofiqdir. Respublikamizda ba’zi fanlarni (matematika, fizika, biologiya, kimyo va boshqalar) chuqur o`zlashtirishga moslashtirilgan sinflar va maxsus maktablar mavjud. Bunday fanlarga 1-2 barobar ko`p vaqt ajratiladi. Maxsus matematika va tilga ixtisoslashgan maktablar o`quvchilarining kun tartibida tungi uyqu davomiyligini 30 daqiqaga uzaytirish va 1,5 soat mobaynida ochiq havoda sport mashg`ulotlarini tashkil etish nazarda tutiladi.
Xulosa qilib aytganda, umumta’lim va maxsus maktablarda o`qish jarayoni va kun tartibini oqilona tashkil etish, uy vazifalari hajmini me’yorlashtirish, ochiq havoda jismoniy tarbiya va sport o`yinlarini o`tkazish zarurdir. Bularning hammasi bola salomatligiga ijobiy ta’sir etadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish