Kutubxonasi


  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov      www.ziyouz.com



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

3 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
 
Amudaryo tomondan tog‘ oshib uchib kelgan turnalar Kobulning ustidan janub-sharq 
tomonga o‘tmoqda edilar. Arkning tillakori ayvonida Mohim begim bilan nonushta qilib 
o‘tirgan Bobur turnalarning qisqa va sirli tovush bilan «qurey»lashini eshitdi-yu, o‘rnidan 
turib, ayvon chetiga bordi va osmonning ovoz kelayotgan tomoniga tikildi... Ko‘kda 
egilib-chayqalib kelayotgan bir shoda qora marjonni ko‘zlari bilan qidirib topgandan 
keyin turnalarning tovushi unga go‘yo aniqroq eshitila boshladi. 
Go‘zal va tiniq «qur-ey», «qur-ey»larda qandaydir horg‘inlik ohanglari borga o‘xshardi 
va turnalarning uzoq-uzoqlardan uchib kelayotgani esga tushar edi. Balki ular shu 
kelishda Andijonning ustidan uchib o‘tirgandirlar? Yoki Toshkent va Samarqand 
atroflaridagi so-kin suvlar bo‘yiga qo‘nib dam olgandirlar? 
Bu o‘ydan Boburning qalbini alamli bir sog‘inch tuyg‘usi chulg‘ab oldi. Hatto shu turnalar 
ko‘rib kelayot-gan joylarni u endi borib ko‘rolmaydi. Ko‘li Malikda va G‘ijduvonda 
yengilib, Hisorda fitnachilar xiyonatidan abgor bo‘lib qaytganiga, mana, o‘n uch yil 
bo‘lyapti. Bobur shundan beri qaltis harbiy yurishlardan o‘zini tiyib yuribdi. Mo‘g‘ul 
beklarining xiyonatlarini Qunduzdayoq bila turib, yana o‘shalarga va qizilboshlarga 
tavakkalchilik bilan suyanib ish qilgani uning vataniga qaytadigan barcha yo‘llarini 
bekitib tashlagan edi. 
Turnalarning uzoqlashib so‘nib borayotgan tovushlari ta’sirida Boburning ko‘ngliga: 
«Endi tug‘ilib-o‘sgan yurtingga umrbod qaytolmaysan!» degan alamli o‘y keldi-yu, yuzi 
birdan tundlashdi. Orqasiga o‘girilib, savdarboshiga chog‘ir keltirishni buyurdi. 
Mohim begim dasturxon yonidan Boburga tomon kelar ekan: 
— Hazratim, ertalabdan chog‘ir? — deb taajjublandi. Hozir farzandlaringiz salomga 
kelurlar... Ana, mirzo Hindol atkalari bilan kelmoqdalar. 
Boshiga kichkina ipak salla o‘ragan, murassa’ kamariga kichkina qilich taqilgan sakkiz 
yoshli mirzo Hindol ayvonning baland zinapoyasidan kattalarday qo‘l qovushtirib, ta’zim 
qilib chiqdi. Otasi buni ko‘rib beixtiyor jilmaydi. Hindolni yelkasidan quchib erkalatdi, 
keyin uni yoniga olib, zarbof ko‘rpacha ustiga o‘ltirdi. 
— Qilich taqib olibsiz, amirzodam, jangga bormoqchimisiz? — deb hazillashdi. 
Hindol katta-katta ko‘zlarini chaqnatib Mohim begimga bir qarab oldi. Mohim begim 
«Ayting!» deganday bosh irg‘adi. Shunda Hindol burro til bilan otasiga: 
— Meni ham olib boring, — dedi. 
— Qayerga? 
— Hin... Hindistonga. 
— Hindistonda nima qilmoqchisiz? 
— Yo‘l... yo‘lbarsni ko‘ramen... 
— Ana xolos! — deb Bobur kuldi. — Biz sizga Hindol ismni bersak, siz faqat Hind 
yo‘lbarsini tomosha qilmoqchisiz xolosmi? 
Bola qizarib: 
— Yo‘q, — dedi va jajji qilichining sopini qisimiga oldi. — Agar yo‘lbars... «eyman» desa, 
men mana shu qilich bilan uni uramen! 
Bobur Hindolni yana yelkasidan quchib erkalatdi: 
— Barakallo! Unday bo‘lsa sizni Hindistonga albatta olib borurmiz... 
Shu payt ayvon zinapoyasidan oltin ko‘zachada chog‘ir olib chiqayotgan sharbatchi 
ko‘rindi. Mohim unga qo‘li bilan «Qayting!» ishorasini qildi. Sharbatchi Boburga qo‘rqa-
pisa ko‘z tashladi-da, uning o‘g‘li bilan ovunib, chog‘irni esidan chiqarganini sezdi va 
zinadan sekin qaytib tushib ketdi. Bobur Hindoldan xat-savodni qanchalik o‘rganganini, 
qanaqa she’rlar yod bilishini so‘radi. 
— Men qur’on oyatlaridan yod bilurmen. Kulhu ollohu ahad... 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish