Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
o‘sha oshiqlik paytidagidek nafis va jozibali ko‘rindi. O‘shda, qoyatosh ustida noxosdan 
begimning belidan olgan paytidagi shirin tuyg‘ulari uyg‘ondi-yu, yuragini zavqqa 
to‘ldirdi: 
— Hazrat begim, siz menga jonimni qaytarib bergandek bo‘ldingiz! Mo‘’jizani qarang! 
Orada shuncha yillar! Shuncha yo‘llar! Shuncha tog‘u daryolar! 
Mavlono Fazliddinni to‘lqinlantirgan zavq va quvonch Xonzoda begimga ham o‘tdi. Uning 
tovushida shodlik jarangi eshitildi: 
— Rostdan, bu loyihalar menga qo‘shilib juda ko‘p balolarni boshdan kechirdi. Men 
qancha joyga borgan bo‘lsam, bular ham bisotlarimu javohirlarim orasida men bilan 
sargardon bo‘lib yurdi. Faqat oxirgi marta Qunduzdan Samarqandga jo‘naganimizda 
tog‘laru daryolardan ko‘p yuk olib o‘tib bo‘lmadi. Sandiqlarimdan bir qismi Qunduz 
qo‘rg‘onida qoldi. Shularning ichida bu loyiha ham qolgan ekan. Samarqandga borib ko‘p 
achindim. Yoz kelsa Qunduzga odam yuborib olib keltirmoqchi edim... Keyin haligi 
falokatlar bo‘ldi... Qunduzga qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Boshqa sandiqlarimning 
hammasi Hisorda fitnachi mo‘g‘ullarning ilkida qoldi... Mavlono, qarang-chi, hamma 
varaqlari joyidami? 
Shunday deb, Xonzoda begim yuzidan harir pardasini boshi ustiga ko‘tarib qo‘ydi-yu, 
loyihalarga tikilib qaradi. 
— Hammasi joyida! — dedi mavlono Fazliddin uning yuziga minnatdorona ko‘z tash-lab. 
— Samarqandda faqir sizning huzuringizga kirishga jur’at etolmagan edim. 
— O‘zim sizni chorlamoqchi bo‘ldim. Ammo loyihalar Qunduzda qolganligi uchun 
andesha qildim... 
Mavlono Fazliddin Andijonda Xonzoda begimning suratini ham chizganini, hozir loyihalar 
orasida o‘sha surat yo‘qligini begimga eslatgisi kelib: 
— Balki... Suratlar yo‘qolib ketgandur? — dedi. 
Xonzoda begimning yuziga nafis qizillik yugurdi: 
— Hali ham musavvirlik qilmoqdamisiz, mavlono? 
— Hazrat begim, ko‘p yil mashq qilinmasa qo‘l musavvirlikdan chiqib qolar ekan... Hozir 
faqat me’morlik bilan mashg‘ulmen. 
— Andijonda chizgan suratlaringizni men alohida saqlamoqdamen, — deb Xonzoda 
begim mavlononing o‘g‘liga iymanib ko‘z tashladi. 
Bo‘y yetib qolgan bu yigit oldida o‘zlarining yoshlik muhabbatlarini eslatuvchi suratni 
Xonzoda begim ataylab olib chiqmaganini mavlono Fazliddin endi sezdi. 
— Lutfan siz haqsiz, hazrat begim... O‘sha suratlar endi umrbod sizniki bo‘lg‘ay! 
Buni juda istab turgan Xonzoda begim: 
— Saxovatingizdan toabad minnatdormen! — dedi. 
Mavlono Fazliddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, odob bilan bosh egdi. So‘ng gapni yana ochiq 
turgan eski loyihalari ustiga burdi: 
— Men endi bularni Hirotda o‘rgangan yangiliklarim bilan to‘ldirgaymen. Ana undan 
so‘ng bemalol amalga oshirsam bo‘lur... faqat... bu madrasayu qasrlar qaerga 
qurulmog‘i mumkin? Andijon... uzoqda qoldi. Kobulgami? 
Xonzoda begim ma’yus bosh chayqadi: 
— Kobul — biz orzu qilgandek qudratli davlat emas, mavlono. «Ulug‘ me’morlik obidalari 
qurmoq uchun ulkan davlatning qudratiga suyanmoq kerak» deganlar haq ekanlar. 
Nachora?.. 
Mavlono Fazliddin oldida ochiq turgan tarhlarga g‘amgin ko‘z tikib: 
— Ha, taqdir bizni notavon qilib yaratmishdir, — dedi. Ovozi keksalarnikidek g‘ijirlab 
eshitilganini o‘zi ham sezdi-yu, qo‘shib qo‘ydi: — Men endi qarib qoldim. Qirg‘inlar, 
to‘polonlar, fatoratlar bilan umrim o‘tdi. Lekin nahotki bu hammasi uzluksiz davom 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish