Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
uning «Hindis-ton» otliq kitobini qanday o‘qiganingiz esingizdami? 
Bobur G‘aznidan topib kelingan bu kitobning eski arab tilidagi nusxasini qiynalib o‘qigan 
bo‘lsa ham mazmunini juda yoqtirgan edi. 
— Ha, Hind hayotini Beruniychalik teran tahlil etgan olim kam bo‘lsa kerak. Beruniy ham 
mening Hindni ko‘rish ishtiyoqimni oshirdi. 
— Bilamen. Hindda sizni ohanraboday o‘ziga tortgan yana bir siymo Xisrav Dehlaviydir. 
— So‘zingiz chin, Mohim. Men Dehlaviyning ko‘p ash’orlarini «Muxtasar» kitobimda 
keltirmishmen. Dehlaviyning otasi amir Mahmud Qarshi bilan Shahrisabz oralig‘ida 
yashagan lochin ismli turkiy qabiladan edi. Men buni yaqinda bildim. Lochin qabilasi 
Chingizxon istilosidan qochib, Hindga borib qolgan ekan. Xisrav Dehlaviy Davlatnoz ismli 
hind muslimasidan tug‘ilmishdir. 
— Hazratim, — dedi Mohim Boburga muloyim tikilib, — siz ham shoirsiz, ham olimsiz. 
Men orzu qilardimki, barcha el-uluslar sizni ham Beruniydek, Dehlaviydek faqat yaxshi 
so‘zlar bilan tilga olsalar. 
Bobur Mohim begimning botinib aytolmagan so‘zlarini tushundi-yu, yuzi tundlashdi. 
Xayolida yana o‘sha sovuq izg‘irin qo‘zg‘aldi. 
— Siz mening podshoh ham ekanimni nechun eslatmoqchi emassiz? 
— Chunki men sizni ijodingiz olovi yongan iliq qutbda muqim turishga chorlamoqchimen! 
— Men ijod qutbida umrbod qolmoqchi bo‘lib, Dahkatda, Osmon Yaylovda yalangoyoq 
yurganimda nechun uchramadingiz? Endi kech!.. Podshohni barcha el-uluslar faqat 
yaxshi so‘zlar bilan tilga olishi — ushalmaydigan bir orzu. Men odamlarning maqtoviga 
ham, ta’nayu malomatiga ham rosa to‘yganmen! 
Bobur yaqinda yozgan bir g‘azalidan ikki satrini jo‘n so‘zga o‘xshatib ohangsiz, aytdi: 
— Ulusning ta’nu ta’rifi* menga, Bobur, barobardur, bu olamda o‘zimni chun yomon-
yaxshidan o‘tkardim. 
— Rost, bizning hech birimiz dunyoning achchiq-chuchugini sizchalik ko‘p tatib ko‘rgan 
emasmiz... Olamning berahm dag‘al jabru jafolarini bunchalik ko‘p ko‘ra turib shu qadar 
nafis she’rlar bitishingiz, shunchalik nazokatli ohangda kuylashingiz meni doim bir 
mo‘’jizadek hayratga solur. Hazratim, siz ulug‘ shoirlar davrasidan joy olmog‘ingiz kerak. 
Men goho qo‘rqamenki, jahongirlik, fotihlik sizning shoirligingizga soya tashlab 
qo‘ymasmikin? 
— Hind yurishidan voz keching, demoqchimisiz?! 
Mohim begim Boburni bu niyatidan qaytarolmasligini endi aniq sezdi. 
— Hazratim, hech bo‘lmasa Humoyunni Kobulda qoldiring! Axir siz Hindga ketsangiz, 
kimdir Kobulni boshqarishi zarur-ku! 
— Men yo‘g‘imda Kobulni siz idora etgaysiz, begim! 
— Nahot! Axir men ayol kishimen! Shariatga binoan xotinning mavqeidan o‘g‘illarning 
mavqei balandroq bo‘lur. Kobulda o‘g‘illaringiz mirzo Komron bilan mirzo Askariy borlar. 
Bobur bu muammoni birpasda sovuqqonlik bilan hal qildi: 
— Mirzo Komronga Qandahorni bergaymen. Askariy ikkalasi shu hafta Qandahorga 
keturlar. 
Qandahor bu yerdan otda bir haftalik yo‘l. O‘g‘illari ketsa, Gulruh begimning hovuri 
pasayib qolishi aniq. 
— Kobul mening xos shahrim, — deb davom etdi Bobur. — Uni hargiz o‘g‘illarga 
bermasmen, faqat sizga topshirib ketgaymen! Qosimbek qavchin xizmatingizda bo‘lur. 
Barcha haram ahli men yo‘g‘imda sizga bo‘ysung‘usidir! 
Kutilmagan bu inoyatdan Mohim begim endi hayajonga tushdi. Podshoh o‘z xotiniga 
bunchalik katta ishonch bildirishi juda kam uchraydigan hodisa edi. Ayniqsa, butun 
haram, hatto Gulruh begim ham Bobur yo‘g‘ida Mohim begimga bo‘ysunishi, bunga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish